Morfiy preparatlaridan narkomaniyaning kelib chiqishi. Morfiy preparatlariga pantopan, amnopon, laudonon, pregorikopionon, morfiy, kodein, tebain, geroin, dionin, papaverin, narkoten laudanin va sintetik preparatlar fenadon,
promedol kiradi.
Kokainli narkomaniya. Kokainni qabul qilganda odam o‘tkir yoki surunkali zaharlanadi. O‘tkir zaharlanishda teri qoplamlarining oqarishi, umumiy quvvatsizlik, yurakni tez qisqarishi, nafas qisish, ko‘z qorachig‘ini kengayishi va boshqa holatlar sodir bo‘ladi.
Xronik zaharlanish kokainni uzoq muddat qabul qilish natijasida vujudga keladi. Kokainga tez o‘rganib qoladi. Narkomanlar ishlagisi kelmaydi, juda injiq egoist bo‘lib qoladi. Narkomanlarnmg ishtahasi kamayadi, og‘zi quriydi, ko‘z qorachig‘i kengayadi. Ba’zi narkomanda gallutsinatsiya, rashk qilish va boshqalar kuzatiladi. Bunday narkomanlar jinoiy ishlar qilishga tayyor bo‘ladilar. Teriga turli yaralar toshadi, organizm kuchsizlanib qoladi.
Manba: Fayllar.org
Avitsenna.uz
Tayyorladi: Kudratov Muhiddin
TFI Bitexnologiya fakulteti
104-a-guruh talabasi
Do'stlaringiz bilan baham: |