73
o’yinchiga baland va aniq uzatadi. Ushbu test mashqi har bir bolada 5
marta
takrorlanadi. Aniq va noaniq uzatilgan to’plar hisobga olinadi.
Pedagogik tajriba. Pedagogik tajriba Termiz shahri 15-umumiy o’rta
ta’lim maktabida 2021 yilning sentyabr oyidan 2022
yilning may oyigacha
o’tkazildi. Tajribaga har bir 6 nafardan iborat nazorat
va tajriba guruhlari jalb
qilindi.
Nazorat guruhiga mansub bolalar mashg’uloti an’anaviy
mazmundagi
dasturga muvofiq tashkil etildi.
Tajriba guruhidagi mashg’ulotlarda quyidagi o’yin mashqlari qo’shimcha
vosita sifatida qo’llanildi:
1.
Voleybol maydonining ikki orqa chiziqlari ortida 3 nafardan ishtirokchi
joylashadi. Trenerning signali berilgan zahoti ikki
uchliklar qarama-qarshi
maydon bo’lagida maxsus belgilangan 1,6,5
zonalarga maksimal tezlikda
joylashishi talab qilinadi. 0’yin uch marta takrorlanadi. Eng ko’p marta birinchi
bo’lib joylashgan uchlik g’olib deb topiladi ( 2.2.3 rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: