Kirish magistrlik dissertatsiyai mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/43
Sana20.12.2022
Hajmi0.73 Mb.
#1040120
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43
Bog'liq
Спорт магистр диссертация Восстановлен

Shu o’yin, faqat uchliklar 2,3,4 zonalarni egallaydi (2.2.4 rasm ). 








74 
Mazkur tezkorlikni shakllantirishga mo’ljallangan o’yin mashqlari. 
Voleybolga xos maxsus tezkorlikni shakllantirishga mo’ljallangan qator maxsus 
o’yinlar tanlab olindi va ular o’yin xususiyatiga moslashtirildi: 
3.6 nafar shug’ullanuvchilardan iborat guruh 2 jamoaga bo’linadi va o’z 
maydonlaridagi 1, 6, 5 zonalarda joylashib, har xil harakatlarni (o’tirish-turish, 
o’z atrofida sakrab o’ng va chap tomonlarga sakrash, to’pni pastdan va 
yuqoridan ikki qo’llab qabul qilish va uzatish, to’siq qo’yish va zarba taqlidlari) 
ketma-ket bajarib turadilar. Boshlovchi (trener) zona nomerini e’lon qilgan 
zahoti, ikki tomondagi shu zonalarda joylashgan o’yinchilar maksimal tezligida 
yugurib 2, 3, 4, zonalardan ketma-ket to’siq qo’yish taqlidini ijro etadi. Birinchi 
bo’lib va sifatli bajarganlar e’tiborga olinadi. Birinchi kelganga har bir zona 
uchun bir ochkodan, sifatli bajarganga ikki balldan beriladi. Kech qolganlarga 
nol ochko, sifatsiz bajarganlarga nol ball beriladi. Eng ko’p ochko va ball 
to’plagan jamoa g’olib deb topiladi (2.2.5 rasm). 
2.2.5 rasm 
Shu o‘yin, faqat xujum zarbasi bilan ijro etiladi (2.2.6 rasm). 
Bir jamoa a‘zolarining 3 tasi ikkinchi jamoaga, ikkinchi jamoadan 3 tasi 
birinchi jamoaga o‘tkaziladi va barcha ishtirokchilar orqa chiziq ortida erkin 
joylashadi. Boshlovchi signal berishi bilan ishtirokchilar 2, 3, 4, zonalarda 
chizilgan aylanaga tezlik bilan joylashib, zarba berish taqlidini bajaradi. 
Birinchi bo‘lib bajarganlarga 2 ochkodan beriladi. 0‘yin 3 marta takrorlanadi. 


75 
Eng ko‘p ochko to‘plagan jamoa g‘olib deb topiladi (2.2.6 rasm). 
(2.2.6 rasm). 
Jamoalar o’z maydonlarining orqa chiziq ortida joylashadi. Boshlovchi 
signal berishi bilan qarama-qarshi zonalarda chizilgan aylanalarga joylashib, 
to’pni pastdan ikki qo’llab uzatish taqlidini bajaradi. 0’yinchilar 1 dan 6 gacha 
nomerlanadi. Zonalarni birinchi bo’lib egallagan jamoaga 5 ochko beriladi. 
O’yin 3 marta takrorlanadi (2.2.7 rasm). 
2.2.7 rasm 
1. Shu o’yin, faqat to’pni yuqoridan ikki qo’llab uzatish taqlidini ijro etib 
bajariladi. 
2. Ishtirokchilar devordan 3 m oraliqda devorga nisbatan yon tomon bilan 
bir qator bo’lib saflanadi. Ulardan 3m oraliqda trener to’p bilan joylashadi. 
Trener to’pni yuqoridan 1-chi turgan ishtirokchiga yuqoridan ikki qo’lab 
uzatishi bilan u shu to’pni yuqoridan devorga burilib, yerdan 4m balandda 
devorga chizilgan diametri 40 smli aylanaga yuqorida ikki qo’llab aniq uzatadi. 


76 
Har bir ishtirokchi ushbu mashqni 5 marta takrorlaydi. Eng ko’p marta aniq 
uzatgan ishtirokchi g’olib deb topiladi. Bir yoki undan ko’p o’yinchi bir hil 
aniqlikda to’p uzatsa final musobaqasi o’tkaziladi (2.2.8 rasm). 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling