Kirish magistrlik dissertatsiyai mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Спорт магистр диссертация Восстановлен
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yengil atletika
- Birinchi bob bo’yicha xulosalar
Gimnastika mashqlar
Bu mashq qo‘l-oyoq, gavdani narsa va narsasiz rivojlantirish, takomillashtirishdir. Bu epchillik va chaqqonlikni: aylanma, oldinga va orqaga dumbaloq oshish, qo‘l bilan tik turish, bosh va qo‘l bilan ko‘prik hosil qilish va boshqa mashqlardan iboratdir. Narsalar bilan o‘tkaziladigan mashqlar: to‘pni otish, ilib olish, halqalardan sakrash, tennis, futbol, voleybol, basketbol, qo‘l to‘pi-koptoklari, milliy xalq o‘yinlaridan foydalanish va boshqalar. Turnikda tortilish, gimnastik o‘rindiqlarda, bruslar, arqonga tirmashib chiqish, sakrash mashqlardan foydalanish. Yugurib kelib arqon, to‘siqlardan, sakrash, to‘ldirma to‘plardan foydalanib mashqlar bajarish. Yengil atletika Qisqa va o‘rta masofalarga yugurish, turgan joyda va yugurib kelib ikki va bir oyoqda uzunlikka, balandlikka sakrash, uch hadlab sakrash. Bir, ikki oyoqda tayanib balandlikka sakrash, o‘ng va chap qo‘l bilan yadro, lappak, granata, nayzalarni uloqtirish. Suzish Bir va ikkita suzish turlari, usullarini o‘rganish. Tanlangan usul texnikasini takomillashtirish. Cho‘kayotganni qutqarish va chiqarish usulini o‘rganish 25, 50 va 100 m ga suzishni o‘rganish. Sport o‘yinlari (tennis, futbol, basketbol va valeybol). 47 Koptokni o‘yinga tashlash, ilib olish, to‘siq qo‘yish, tepish va uni olib yurishni o‘rganish. Hujum va himoyada yakka, guruh va jamoa bo‘lib harakatlanish texnik usullarini o‘rganish. Birinchi bob bo’yicha xulosalar I. Maxsus adabiyotlarni o’rganib chiqish voleybolda, boshlang’ich tayyorgarlik davrida, yosh voleybolchilarni tayyorlashda ba’zi jihatlari etarlicha ishlab chiqilmaganligini ko’rsatadi. Maxsus tanlab olingan maxsus o’yinlar yosh voleybolchilarni tayyorlashda, bolalarning individual xususiyatlarini o’rganishning eng qulay shakli hisoblanadi, chunki o’yin iste’dodi tuzilishini tashkil etadigan birliklarda turli xususiyatlari va sifatlarini namoyon etishga yordam beradi. Afsuski, voleybolchilarni tayyorlashda, maxsus o’yinlardan foydalanish masalasi adabiyotlarda faqatgina tavsiyalar kurinishida bayon etiladi yoki mantiqiy yakuniga ega bo’lmagan alohida tadqiqotlar natijasi yoritib beriladi. II. Zamonaviy valeybolda sakrab ijro etiladigan o’yin malakalarining samaradorligi sakrovchanlik va sakrash chidamkorligi bilan bevosita bog’liq. Binobarin, yuqori mahoratli valeybolchilarni tayyorlash jarayonida jismoniy sifatlarni, maxsus chidamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish muhim ahamyat kasb etadi. Valeybol sport turi bilan shug’ullanish chidam va irodani, sabr-toqatni tarbiyalash, Ma’naviy sifatlardan ayniqsa qat’iyatlilik, maqsadga intilishlilik, samimiylik, odillik, o’zaro yordam kabi fazillatlarni shakllantiradi. Bundan tashqari yurak-qon tomir, nafas olish, suyak-muskul va boshqa ta’na a’zolarining sog’lom bo’lishiga, bo’yning o’sishiga, oshqozon-ichak a’zolarining faoliyati-ning yaxshilanishiga asab tizimining ham ijobiy o’zgarishiga aqliy salohiyatining o’sishiga yordam beradi. O’quvchi yoshlarning jismoniy sifatlarining rivojlanishiga jismoniy, ma’naviy, irodaviy, ruhiy, texnik va taktik, nazariy hamda amaliy tayyorgarliklarining yanada shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling