Kirish magistrlik dissertatsiyai mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Спорт магистр диссертация Восстановлен
Т/ r
Mashg’ulotlar yo’nalishi 0’quv yili va yoshi 1 10-12 2 11-13 1 Nazar iy tayyorgarlik 8 18 2 Umumiy jismoniy tayyorgarlik 131 126 3 Maxsus jismoniy tayyorgarlik 76 65 4 Texnik tayyorgarlik 107 100 5 Taktik tayyorgarlik 38 53 6 О’yin tayyorgarligi 38 34 7 Qabul, ko’chirish va bitiruv me’yoriy test sinovlari 18 20 Jami: 416 416 Aslida, har bir mashg’ulot tayyorgarlikni davrlari bosqichlari va mikrosikllarda o’tkaziladigan barcha mashg’ulotlar quyidagi vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo’lishi lozim: — Salomatlikni mustahkamlash; — Bolani jismoniy jihatdan to’g’ri taraqqiy ettirish (tana va tana 13 qismlarini o’lchamlari, o’pkaning tiriklik sig’imi va hokazo); — Hayotiy zarur harakat malakalarini (yugurish, sakrash, to’xtash, tortilish, va hokazo) shakllanishi; — Jismoniy sifatlarni (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik, egiluvchanlik) rivojlantirish; — Maxsus jismoniy sifatlarni o’stirish (sakrovchanlik, maxsus tezkorlik va kuch, maxsus chidamkorlik); — Voleybolchi holatlari, harakatlanish, to’p uzatish, qabul qilish, zarba berish, to’p kiritish, to’siq qo’yish malakalariga o’rgatish. Yuklama organizmning shu yuklamani ko’tara olish imkoniyati, charchash, zo’riqish, ish qobiliyati va uni tiklanish хususiyati kabi tushunchalar bir - biriga uzviy bog’liq bo’lgan atamalardir. Charchash va zo’riqish asoratlarini vujudga kelish muddatini uzaytirish yoki tiklanish muddatini qisqartirish yo’llarini izlash va amalga joriy etish ish qobiliyatini shakllanishiga olib keladi. Albatta, buning uchun qo’llaniladigan jismoniy va texnik-taktik mashqlar hajmi hamda shiddati o’quvchi organizmi shu yuklamani ко’tara olish darajasidan xiyol yuqoriroq bo’lib, ko’p yillik trenirovka jarayonida yuklamani oshira borish to’lqinsimon prinsipga asoslanish kerak. Qanday bo’lmasin ushbu jarayonni boshqarish muntazam nazorat qilishni va natijalarni ilmiy tahlil ostiga olishga taqozo etadi. 2 Malumki, uzoq davom etadigan harakat faoliyati sekin-asta ish qobiliyatini susayishiga olib keladi va charchash asoratlari vujudga keltiradi. Bioenergetik resurslar kamayadi, yurak-qon-tomir, nafas olish, mashqlar, MNS faoliyatlari passivlashadi. Lekin, mashqlar oralig’ida yoki mashg’ulotlardan so’ng dam olish natijasida organizmning funksional faoliyati, shu bilan birga ish qobiliyati ham asta-sekin tiklana boshlaydi. Funksional imkoniyat doirasida yoki navbatma- navbat biroz ko’p va biroz kam (xajm va shiddat jihatidan) beriladigan nagruzka, organizmning shu nagruzkaga moslasha borishiga olib keladi, ish qobiliyati dastlabki darajasidan orta boradi. Shu bilan bir qatorda katta xajmli 2 Po’latov A.A. Yosh voleybolchilar tezkorlik-kuch sifatlami shaklantirish uslubyati. //Uslubiy qo’llanma.-T.,2008 14 va katta shiddatli mashg’ulotlarni meyoridan ortiq qo’llash zo’riqish, chuqur charchash kabi salbiy oqibatlarga olib keladi. Yuklama deganda muayyan harakat faoliyatining (yoki trenirovka mashg’uloti) hajmi, shiddati, davom etishi va qaytarilish chastotasining organizmga bo’lgan ta’siri tushiniladi. Shu ta’sir natijasida, organizmda yuz beradigan funksional o’zgarishlar esa shu nagruzkaning tasir etish darajasini belgilab beradi. Demak, nagruzkaning „tashqi” ko’rsatkichlari (hajmi, shiddati va hokazo) va „ichki” ko’rsatkichlari (MNS, yurak, qon-tomir, nafas olish va hokazo) mavjud bo’ladi. 3 Statik nagruzka o’zining hajmi va shiddati jihatidan organizmning funksional faoliyatiga turlicha tasir ko’rsatadi. Kichik xajmli, katta shiddatda beriladigan statik nagruzka, masalan, yurak faoliyatiga keskin tasir qiladi. Yurakning ritmik faoliyatini buzadi, uning mushaklarini zo’riqtiradi, puls va nafas olish tezlashadi. 0’rtacha yoki katta xajmli va kichik shiddatda ijro etiladigan statik nagruzka esa yurak faoliyatini asta-sekin moslashishiga zamin yaratadi. Ish qobiliyati ko’pchilik tadqiqotchilar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Chunonchi, taniqli rus olimi L.P. Matveev (1999) ning fikricha, ish qobiliyati bu muayyan harakat faoliyati уо ko’p уо kam muddat va sifat doirasida ijro etilishiga aytiladi. V.N.Platonov (1997) ning etirof etishiga qaraganda, «i sh qobiliyati» - bu organizm va uning organlari funksional holati hamda, imkoniyatlarini yuksak darajada amalga oshirish qobiliyatidir. «Ish qobiliyati» tushunchasiga Yu.V.Verxoshanskiy (1988) yanada kengroq va yanada to’laroq izoh bergani etiborni tortadi. Ish qobiliyati «odamni muayyan faoliyat jarayonida malum vaqt davomida va samaradorlik darajasida ish bajarish qobiliyatidir» deb talqin qiladi. «Ish qobiliyati» ga shu tarzda yondashish ko’pchilik tadqiqotchilarga uni keng mazmunli, muayyan hususiyatga ega va ko’p qirrali tushuncha ekanligini 3 ’Po’latov A.A. Yosh voleybolchilar tezkorlik-kuch sifatlami shaklantirish uslubyati. //Uslubiy qo’llanma.-T.,2008 15 etirof etishga imkon yaratdi. Sport amaliyotida «ish qobiliyati» sportchining yuksak jismoniy va texnik- taktik tayyorgarligining uyg’unlashganligini anglatadi. Demak, sport musobaqalarida yuqori natijaga erishish jismoniy sifatlar hamda texnik va taktik malakalarning shakllanganlik darajasiga bog’liq. Har хil sport turlari bo’yicha o’tkaziladigan musobaqalar muddati xalqaro musobaqalar qoidalari bilan belgilanadi. Shu musobaqalar muddatida qaysi o’quvchi o’z ish qobiliyatini sifat va samaradorlik jihatidan qanchalik uzoq vaqt saqlay olsa yoki uni oshira olish «kuchi»ga ega bo’Isa, unga muvaffaqiyat shunchalik «kulib» boqishi muqarrar. Boshqacha qilib aytganda, ish qobiliyatini sifat va samaradorlik darajasini ko’p yoki kam vaqt davomida saqlanishi umumiy va maxsus chidamkorlik sifatlarining turlari (tezkorlik, kuch, tezkor-kuchga bo’lgan chidamkorlik, sakrashga bo’lgan chidamkorlik, «texnik-taktik chidamkorlik» va hokazolar) qanchalik rivojlanganligi bilan belgilanadi. 4 Malumki, ish qobiliyati xaqida gap ketganda, ayniqsa so’z uning sifati va samaradorligiga bo’lsa, masalaning mohiyati va pirovard «mag’izi» boshqa jismoniy sifatlarning shakllangan yoki shakllanmaganligiga borib taqaladi. Yani, samarali natijaga mos umumiy va maxsus chidamkorlik kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik sifatlarini o’zida mujassam qilgan bo’ladi. Ushbu sifatlarning o’zaro uzviy bog’liqligi va ularning yuksak integral natijasi sport maxoratining muayyan taqdirini belgilab beradi. Maqsadga muvofiq rejalashtirilgan jismoniy tayyorgarlik sport maxoratini shakllantirish va musobaqa davomida yuksak natijaga erishishda nihoyatda muhim omillardan biridir. Lekin, sport amaliyotida har doim ham rejalashtirilgan jismoniy mashqlar muvofiq harakat sifatlarini rivojlantirishda kutilgan natijani bermaslik holatlari tez - tez uchrab turadi. Buning asosiy sabablaridan biri mashg’ulotlarda qo’llanilgan u yoki bu jismoniy mashqlarning hajmi va shiddati hamda ushbu ko’rsatkichlarni shug’ullanuvchilarni 4 О.В.Гончарова Ёш спортчиларнинг жисмоний қобилиятларини ривожлантириш (ўқув кўлланма) 2005 16 organizmiga tasir etish darajasi (organizmni nagruzkaga bo’lgan aks javobi reaksiyasi) obektiv ravishda baholanmasligidadir. Shuning uchun ham o’quv trenirovka jarayonida qo’llanilayotgan jismoniy yuklama (jismoniy mashqlar)ning shug’ullanuvchilar organizmining funksional imkoniyatlariga muvofiqligi etiborga olinishi shu nagruzkani maqsadga muvofiq rejalashtirish imkoniyatini yaratadi. Yu.D. Jeleznyak (2005) fikricha, mamlakatimiz miqiyosida, yosh o’quvchilarni tarbiyalash ko’p yillik tayyorgarligini oqilona tashkil qilish ilmiy asoslanib berish, bunday tayyorgarlik qonuniyatlari, tamoyillari va musobaqa faoliyati meyorlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni taqozo etadi. Bu yuklamalar meyorlarini chuqur ishlab chiqish bilan bog’liq. Malakali o’quvchilarni tayyorlashda harakat funksiyasining ikki, bir-biriga uzviy bog’liq tomoniga alohida e’tibor qaratilishi darkor: — o’quvchini texnik-taktik malakalarga o’rgatish va ularni takomillashtirish; — o’quvchi jismoniy sifatlarini tanlangan sport turi hususiyat iga muvofiq ravishda tarbiyalash. V.N.Platonovning (1997) fikricha umumiy jismoniy tayyorgarlik tushunchasi bu o’quvchining harakat sifatlarini har tomonlama (garmonik ravishda) rivojlanganlik darajasini anglatadi. Masalaga shu tarzda yondashish oddiy inson sog’lig’ini (o’quvchini ham) shakllantirish nuqtai nazaridan maqsadga muvofiqdir. Albatta, „katta” sportda bu ham zarur. 5 Lekin, bunday amaliyot va shunga asoslangan trenirovka uslubiyati malakali o’quvchilarni tayyorlash hamda yuksak musobaqa natijasiga erishish samarasini susaytirish ehtimoldan holi emas. Chunki, har bir sport turining o’ziga xos va o’ziga mos xususiyatlari mavjudligi tufayli bir sport turida ko’proq kuch-tezkorlik sifati ustun tursa, ikkinchi bir sport turida chidamkorlik sifati yetakchi rolni o’ynaydi yoki uchinchi bir sport turida egiluvchanlik sifati asosiy ahamiyatga ega bo’ladi. Ammo, qayd etilgan fikrdan muayyan sport turida ma’lum jismoniy 5 Булгакова Н.Ж. Отбор и подготовка юных пловцов. М.: Физкултура и спорт, 2016. -191 с. 17 sifat juda zarur, boshqasi esa muhim emas degan xulosa kelib chiqmaydi. Aksincha, har bir sifatning muayyan sport vaziyatida ozmi- ko’pmi, lekin muhim „ulushi” mavjud bo’ladi. Yuqorida qayd etilgan fikr va muloxazalar sport o’yinlari turlarida, ayniqsa, yaqqol ko’zga tashlanadi. Sport soxasiga oid ilmiy- uslubiy adabiyotlarda ushbu muammoga (L.R.Ayrapetyans, M.A.Godin, 1991, V.N.Platonov 1997, Yu.D.Jeleznyak 1998, L.P.Matveev 1999, A.V.Belyaev 2008, A.T.Garipov, 2009). So’ngi yillarga kelib, olimlar o’rtasida malakali o’quvchilarni tayyorlashda jismoniy tayyorgarlikni o’rni, jumladan, jismoniy sifatlarning bir-biriga uzviy bog’liqligi hamda, ularni sport maxoratiga bo’lgan ta’siri xaqidagi muammolar tobora katta qiziqish uyg’otib bormoqda (V.M.Zatsiorskiy 1970, V.P.Filin, 1987, Yu.V.Verxoshanskiy 1988, V.N.Platonov 1997, Yu.D.Jeleznyak 1998, F.A.Kerimov 2001, M.A.Godik 2005). Maktab yoshidagi bolalarning jismoniy tayyorgarligi hamda jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan ehtiyojini oshirish uchun maktab jismoniy tarbiya shakli, vosita va uslubiyatini takomillashtirish zaruriyatini tug’diradi. Hozirgi jahon sportidagi ko’rsatkichlarni jadal ravishda yangilanib borayotganligi, yosh o’quvchilarni tayyorlashni yangi, yanada samarali vositalarni, uslublarini va shakllarini izlashni taqozo etadi (V.N.Platonov 1997, L.P.Matveev 1999, F.A.Kerimov 2001). Ko’pgina tadqiqotlar (Kao Van Тхы 1971, Ye.V.Fomin 1980, A.G.Furmanov 1982, Yu.D.Jeleznyak 1998, A.V.Belyaev 2008,) shuni ko’rsatdiki, VOLEYBOLchilarni sport maxoratini yuksalishi aksariyat hollarda tezkor- kuchlilik sifati bo’yicha belgilanadi. Ushbu sifatning rivojlantirish voleybolchilarni tayyorlashning muhim vazifalaridan biridir (E.V.Fomin 1987; M.A.Naraliev 1987; A.T.Garipov 1990, Yu.D.Jeleznyak 2005; A.V.Belyaev 2008). Yuqorida qayd etilgan ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, yosh voleybolchilarni maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish, ularning texnik malakalarini shakllanishida muhim ahamiyat kashf etadi. Demak, yuqori 18 malakali voleybolchilar tayyorlashda maxsus jismoniy sifatlar ularning asosiy o’yin malakalarini takomillashishda muhim o’rinni egallar ekan. Avvalda isbot qilinganki, kuch va tezkorlik sifatlarini o’zaro muvofiq tarzda shakllantira borish o’quvchini tayyorgarligiga ijobiy tasir etadi. Yu.V.Verxoshanskiy (1988), M.A.Godik (2005)lar sporchilarni tayyorlashda umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasining beqiyos ahamiyatini ta’kidlab, ushbu jarayonni texnik maxoratni shakllanishida asosiy omil bo’lib xizmat qilishini ko’rsatib o’tganlar. Mualliflar jismoniy tarbiya bilan shug’ullanuvchi o’quvchilarda barcha jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi ko’pdan- ko’p mashqlarni va ularni qo’llash uslublarini yoritib berganlar. M.A.Godik (2005), L.R.Ayrapetyans (2006) lar tezkor- kuch va maxsus chidamkorlik sifatlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan mashqlar bilan uzoq muddat mobaynida muntazam shug’ullanish natijasida sporchilaming texnik- taktik maxorati hamda boshqa qobiliyatlari qanchalik sezilarli darajada shakllanishi mumkinligini tadqiqot asosida isbot qilib berganlar. Kuch va tezkorlik - kuch chidamkorligi sifatlarini yosh o’quvchilarida juda extiyotkorlik bilan rivojlantirish zarurligi, katta yuklamaga ega mashqlar bilan bu sifatlarni zo’rma-zo’raki o’stirishga intilish salbiy oqibatga olib kelishi ehtimoldan holi emasligi takidlab o’tilgan. So’z jismoniy tayyorgarlik va xususan o’quvchilarni tayyorlashda harakat sifatlarini (tezkorlik, kuch, chidamkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik) bir -biriga bog’lab shakllantirish muhimligi haqida borar ekan, bu borada tezkor - kuch sifatiga alohida urg’u berish maqsadga muvofiqdir. Har bir sport turida ijro etiladigan harakat malakasi negizida tezkor - kuch sifati xal qiluvchi muhim manba bo’lib hisoblanadi. Masalan, voleybolda to’r ustidan hujum zarbasini ijro etish uchun tezkor - kuch sifati ushbu malaka muvaffaqiyatini ta’minlovchi omildir; voleybolda esa mazkur sifat hujum yoki qarshi hujum usullarini qisqa vaqtda katta kuch bilan qo’lashda asqotadi. Darhaqiqat, kuzatuvlar natijalariga ko’ra voleybol bo’yicha Jahon, Olimpiya, Ovro’po, Osiyo va boshqa xalqaro musobaqalarda g’alabaga erishgan aksariyat 19 voleybolchilar yuksak darajada rivojlangan tezkor-kuch qobiliyatiga ega bo’lganlar. Voleybol turlarida chidamkorlik sifati ham g’alabaga yetaklovchi asosiy manbalardandir. Ayniqsa voleybolga oid maxsus chidamkorlikning о’rni beqiyos. Bu borada taniqli tadqiqotchi olim Yu.V.Verxoshanskiy (1988) diqqatni jalb qiluvchi o’ta muhim ma’lumotlarni keltiradi. Chunonchi, sportning yakka voleybol turlarida texnik mahoratning nisbatan farq qiluvchi xususiyatlardan biri bu o’zgaruvchan musobaqa vaziyatida tezkor-kuch asosida ijro etiluvchi murakkab harakat malakalaridir. Aynan ushbu sifat hal qiluvchi vaziyatlarda o’z yetakchiligini namoyish etadi. Shu bilan bir qatorda uzoq muddat davom etadigan musobaqa jarayonida texnik malakalarni yuqori samarada ijro etish birinchi navbatda maxsus chidamkorlik sifatiga bevosita bog’liqligi isbotni talab qilmaydi. Yu.V. Verxoshanskiyning kuzatuvlariga qaraganda, erkin voleybol bo’yicha jahon chempionati ishtirokchilarining musobaqa davomida ijro etgan texnik malakalari olishuvning 3-davrida o’z samarasini keskin susaytirgan. Ushbu vaziyat ana shu voleybolchilarning maxsus chidamkorligi yuqori darajada shakllanmaganligiga e’tibor qaratadi. Demak, bundan ko’rinib turibdiki, texnik mahorat samarasini musobaqalar davomida uzoq vaqt saqlab turishda maxsus chidamkorlik sifati alohida o’rin egallaydi. Ma’lumki, maxsus chidamkorlik umumiy chidamkorlik yaxshi rivojlangan holda samarali shakllanishi isbot qilingan. Yu.D. Jeleznyak (1998) fikricha maxsus chidamkorlikni rivojlantirish uchun voleybolchi maxsus texnik mashqlarni uzoq vaqt davomida, xatto charchash asoratlari mavjud bo’lganda ham, ijro etishi kerak bo’ladi. Umumiy chidamkorlik o’rtacha shiddatda ko’p xajmli mashqlarni (uzoq masofaga chopish, eshkak eshish, suzish, velosipedda yurish va x.k.) surunkasiga bajarish asosida shakllantiriladi. Malakali voleybolchilarni tayyorlashda va texnik maxoratni shakllantirishda egiluvchanlik sifati ham zarur omillardan biridir. Yuqori 20 darajada rivojlangan egiluvchanlik qobiliyatiga ega bo’lgan voleybolchi zarba berishda o’zining inersion kuchidan samarali foydalanadi. Egiluvchanlik asta-sekin, uzoq muddatli mashg’ulotlar evaziga shakllanadi. Agar egiluvchanlikni rivojlantirishga oid mashg’ulotlar biroz to’xtatib qo’yilsa, bu sifat keskin yo’qolib ketishi yoki susayishi mumkin. Voleybolda qo’llaniladigan usullar (texnik) malakalarni o’zi egiluvchanlikni shakllantirib boradi. Lekin, buni o’zi ushbu sifatni to’laqonli rivojlantirish imkoniyatini bermaydi. Bu sifatni samarali takomillashtirish uchun mushak, pay, bo’g’imlarni cho’zish, egish, yoyish, siqish, burash kabi maxsus mashqlarni sekin-asta muntazam qo’llash kerak bo’ladi. Egiluvchanlikni yoshlikdan boshlab shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan bir qatorda bu sifatni rivojlantirish extiyotkorlikni talab qiladi. Zo’raki yoki keskin tarzda qo’llangan mashqlar mushak, pay, bo’g’imlarni shikastlanishiga, og’ir jarohatlarga olib kelishi mumkin (V.N.Platonov 1997). Malakali voleybolchilarni tayyorlashda, bundan tashqari chaqqonlik va kuch sifatlarini rivojlantirish ham alohida ahamiyatga ega. Takidlab o’tish joizki, o’quv- trenirovka jarayonida barcha jismoniy sifatlarni garmonik ravishda rivojlantirish mahoratli voleybolchilarni tayyorlash garovidir. Zamonaviy voleybolda samarali o’yin ko’rsatish va yuqori natijalarga erishishi faqat o’ta shakllangan jismoniy tayyorgarlik evaziga amalga oshirishi mumkin. Voleybolchilar uchun esa jismoniy sifatlar ichida eng etiborlisi sakrovchanlik va sakrash chidamkorligidir (V.A.Titar 1991). Aynan shu sifatlar aksariyat о’yin malakalarining samarali ijro etilishiga tasir ko’rsatadi. Lekin, bunday xulosadan voleybolchilar uchun boshqa jismoniy sifatlarni ahamiyati kamroq degan fikr kelib chiqishi mumkin emas. Aksincha, tezkor harakatlanish, kuch bilan zarba berish, ish qobiliyatini tushirmasdan uzoq vaqt malakalarni samarali bajara olish qobiliyatlari ham yetakchi o’rin tutadi. Shuning uchun sport tayyorgarligi jarayonida tezkorlik, kuch, chaqqonlik, chidamkorlik va egiluvchanlik sifatlariga aloxida etibor 21 qaratish maqsadga muvofiqdir. Chunki, ushbu sifatlarning yetarli darajada rivojlangan bo’lishi sport mahoratining samarali shakllanishiga olib keladi. Boshqacha qilib aytganda, bu sifatlar sport mahoratini tez mukammal o’shishi uchun eng zarur poydevordir. N.V.Platonov (1997)ning takidlashicha, tezkorlik-kuch sifatlarini oshirish uchun maxsus usul va uslublardan kelib chiqqan holda o’quvchilarda nerv koordinatsiyasi aloqalarni tarbiyalash yuqori natijalarga olib keladi. A.G.Garipov va ham mualliflar (2009) tezkor-kuch va maxsus chidamkorlik sifatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan mashqlar bilan uzoq muddat mobaynida muntazam shug’ullanish natijasida voleybolchilarning texnik-taktik mahorati hamda boshqa qobiliyatlari qanchalik sezilarlik darajada shakllanishi mumkinligini tadqiqot asosida isbot qilib berganlar. 6 Kuch va tezkorlik-kuch chidamkorligi sifatlarini yosh o’quvchilarda juda extiyotkorlik bilan rivojlantirish zarurligi katta yuklamaga ega mashqlar bilan bu sifatlarning zo’rma-zo’raki o’stirishga intilish salbiy oqibatlarga olib kelishi ehtimoldan holi emasligi alohida ta’kidlab o’tilgan (F.A.Kerimov 2001, L.R.Ayrapetyans 2006). Voleybolda o’yin malakalarini samarali ijro etish uchun qo’l, qorin, bel mushaklari kuchi o’ziga xos ahamiyat kashf etadi. Stanodinamometriya uslubi bilan aniqlanadigan ushbu sifat ko’rsatkichi 15-16 yoshli dzyudochilarda 142- 182 kilogrammni tashkil etsa (V.S.Daxnovskiy va boshqalar), shu yoshdagi malakali voleybolchilarda bu ko’rsatkich 135,9-162,3 kilogrammga teng (Yu.N.Kleshev, A.G.Furmanov 1979). V.S.Begidov, V.N.Seluyanov (1993) lar 15-17 yoshli dzyudochilar ustida ilmiy tadqiqot o’tkazib 1 jadvalda ko’rsatilgan mazmundagi trenirovka mikrosiklini qo’llash oqibatida kuch tayyorgarligini qisqa muddatda o’sishiga erishdilar. Ilova. R.A.Piloyanni (1991) fikriga ko’ra, 8-9 yoshli bolalarda tezkor-kuch va chaqqonlik sifatlarini o’sishi kuzatiladi, tezkorlik va egiluvchanlik qobiliyati 6 В.В.Бардин, Б.Вайцеховский С.М. Отбор спорцменов. В кн: Физкултура и спорт, 1971. –156 с. 22 esa biroz susayadi. 11-12 yoshli bolalar mashg’ulotida tezkor-kuch va chaqqonlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar hajmini ko’paytirish tavsiya etiladi, 13-14 yoshda tezkorlik, chidamkorlik, 14-15 yoshda egiluvchanlik va tezkor-kuchni rivojlantirishga oid mashqlar hajmini oshirish maqsadga muvofiq. Ushbu fikmi V.F.Bashkirov (1987), V.P.Filin (1987) lar ham qo’llab quvvatlagan. A.A.Ruziev (1999) o’zining ko’p yillik tadqiqotlariga asosan shunday xulosaga keldiki, yosh voleybolchilarning o’quv-trenirovka jarayonida o’rgatish yoki takomillashtirish bosqichlaridan qatiy nazar umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik masalasiga alohida etibor qaratish lozim. Uning fikricha umumiy jismoniy tayyorgarlikka oid mashqlarning hajmi barcha bosqichlarda ham maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlariga nisbatan ustun bo’lishi kerak, lekin, tayyorgarlikning ikki ushbu turlari voleybol turlari hususiyatiga muvofiqlashtirilgan bo’lishi darkor. F.A.Kerimov (2001) jismoniy sifatlarni texnik mahoratga va musobaqa jarayoniga chambarchas bog’liq ekanligini takidlaydi. Mazkur olimning fikricha, jismoniy sifatlar qanchalik yuqori darajada shakllangan bo’Isa sport maxorati shunchalik mukammal o’sib boradi. 7 Salomov R.S (2005) maxsus mashqlar asosida o’tkaziladigan emotsional muxitli- harakat faolligini oshiradi, bolalar kamroq charchaydilar, ularning organizmi esa malum funksional yuklamalarga tayyorlanib boradilar. Voleybolda jismoniy sifatlarni rivojlantirish masalalarini ko’pgina tadqiqotchilar ishlarida va ilmiy adabiyotlarda o’z ifodasini topgan (E.A.Sergeev 1979, Ye.V.Fomin 1986, A.M.Naraliev 1987, Chan Suan Dong 1987, O.P.Topbishev 1988, M.I.Popichev 1992 Yu.D.Jeleznyak 1997). Jumladan, A.M.Naraliev (1987) vertikal sakrash misolida malakali voleybolchilarning tezkorlik- kuchlilik sifatini «zarbdor» uslubda rivojlantirish imkoniyati afzal ekanligini ko’rsatib o’tgan. Uning fikricha «portilovchi» kuchni rivojlantirishda ushbu uslubdan foydalanish yaxshi natija beradi, lekin 7 Волков В.М., Филин В.П. Спортивный отбор. М.: Физкультура и спорт, 2013. – 176 с. 23 bunday mashg’ulotlarni musobaqadan 10-12 xafta avval 3 martadan o’tkazib turish lozim.Chan Suan Dong (1987) o’z tadqiqotlariga asoslangan holda shuni malum qiladiki, voleybolchilarning o’yin samarasini taminlovchi maxsus jismoniy tayyorgarlik davrining barcha bosqichlarida ikki omil bilan belgilanadi: tezkorlik- kuchlilik tayyorgarligi va tayyorgarlikning aralash omili (tezkorlik va tezkorlik chidamkorligi). 1 bosqichda ularning ulushi 83,3% ga teng. Bunda tezkorlik- kuchlilik tayyorgarligi 1 o’rinda tursa, tezkorlik tayyorgarligi 2 o’rinda bo’lishi kerak. E.A.Sergeev (1979) fikriga ko’ra, tayyorgarlikning dastlabki bosqichida tananing uzunligidan tashqari, sakrovchanlilik va chaqqonlik sifatlari ko’rsatkichlari o’ta muhim hisoblanadi. Keyingi bosqichlarda esa tezkorlik, qo’l mushaklari kuchi va diqqatni turg’unligi ustivor ahamiyatga ega bo’ladi. Voleybol elementlari bilan qo’shib o’tiladigan jismoniy tarbiya darsini kichik sinf o’quvchilari jismoniy tayyorgarligiga tasir etish darajasini o’rganish natijasida Zuoza Aureliyus-Kazis Kazevich (1989) shunday xulosaga keldiki, aniq maqsadga yo’naltirilgan voleybol darslari nafaqat yosh o’quvchilarni tarbiyalashda samarali vosita bo’lib hisoblanadi, balki voleybol to’garagiga dastlabki tanlov asosida qabul qilish va ularning o’yin ixtisosligini bashorat yordamida belgilab olish imkonini beradi. 8 Sakrovchanlik sifatini rivojlantirishga qaratilgan yangicha uslubiyatni taklif qilgan M.I.Popichev (1992) bu uslubiyatni yosh voleybolchilarda sinab ko’radi. U shu voleybolchi bolalarni tana bo’g’imlarining uzunligiga qarab 4 ta guruhga ajratadi: 1) qisqa boldirli va uzun son va gavdali bolalar, 2) uzun son va gavda hamda qisqa boldirli bolalar, 3) uzun boldirli va qisqa son va gavdali bolalar, 4) kalta son va uzun gavdali hamda boldirli bolalar. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling