Kirish magistrlik dissertatsiyai mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


Umumiy jismoniy tayyrogarlikni voleybolchilarni


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/43
Sana20.12.2022
Hajmi0.73 Mb.
#1040120
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
Спорт магистр диссертация Восстановлен

1.2. Umumiy jismoniy tayyrogarlikni voleybolchilarni
tayyorlashda tutgan o’rni va ahamiyati 
 
Yosh voleybolchilarni tayyorlashda umumiy jismoniy tayyorgarlik 
8
А.Абдуллаев, Ш.Хонкелдиев. Жисмоний тарбия назарияси ва услубияти 2005. 244 б. 


24 
muhim o’rin tutadi. Jismoniy tayyorlashning mazmunini: kuch, tezkorlik, 
chidamlilik va qayishqoqlikni tarbiyalash tashkil qiladi. Jismoniy tayyorgarlik 
sport mashg’uloti mazmunining poydevoridir. 
Zamonaviy voleybol sportchilarining harakat qobilyatiga va uning 
funksional imkoniyatlariga yuqori talablar qo’yadi. Buning uchun har 
tomonlama jismoniy sifatlarini o’stirish kerak. Jismoniy tayyorgarlik - 
voleybolchining amaliy mashg’ulotining asosiy, eng kerakli qismidir. Jismoniy 
tayyorgarlik to’rtta masalani: Sog’liqni mustahkamlash, jismoniy komolot 
darajasini oshirish, tana a’zolarining funksional imkoniyatlarini tarbiyalash 
masalasini hal qiladi. Pedagogik nuqtayi nazardan jismoniy tayyorgarlikni 
umumiy tayyorgarlik va maxsus tayyorgarlikka ajratiladi. Umumiy jismoniy 
tayyorgarlik (UJT) yuqorida ko’rsatib o’tilgan masalalarning dastlabki 
ikkitasini hal qiladi va go’уо ikkita boshqa masalalarni maxsus jismoniy 
tayyorgarlik (MJT) hal qiladigan poydevor hisoblanadi. Voleybol umumiy 
jimoniy tayyorgarlikning asosiy vositasi sifatida narsalar va narsalarsiz 
bajariladigan umumiy rivojlanish gimnastika mashqlari, bajariladigan harakatlar 
intensivligini muntazam ravishda almashtirgan holda juft-juft bo’lib mashq 
qilish, maxsus milliy xalq va sport o’yinlari, estafetalar, poyga, suzish va 
boshqalardan foydalaniladi. Kishining jismoniy qobilyati yoki sifatlarini uning 
harakat 
qilish 
imkoniyatlarini 
(kuchi, 
tezkorligini, 
chaqqoonligi, 
sakrovchanligi, chidamliligi) deb qabul qilingan. Ularni takomillashtirish 
asosida tananing o’z ishlash qobilyati darajasidan takroriy ortiqcha jismoniy 
nagruzka (hajm va shiddatiga) javob bera olishi yotadi. Boshqacha qilib 
aytganda, agar “jismoniy tayyorgarlik” iborasini medal deb tasavvur qiladigan 
bo’lsak, uning bir tomoniga UJT, boshqa tomoniga MJT deb yozilgan bo’ladi. 
Bu yagona jarayon ammo mashq qilishning dastlabki bosqichlarida UJT, 
chuqurlashtirilgan mashq qilish bosqichida esa, aksincha MJTning afzalligi bor. 
UJT-yosh voleybolchilarning har tomonlama jismoniy rivojlantirish 
vazifasini hal qiladi, ayniqsa uning tezligining, kuchliligini, epchillik va 
chaqqonligini tarbiyalashda yordam beradi. Bu vazifalarni hal qilishda boshqa 


25 
sport turlari: gimnastika, yengil atletika, suzish, xalq o’yinlari va zamonaviy 
olimpiya sport o’yinlaridan foydalaniladi. Maxsus mashqlar insonning hayotiy 
faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Standart mazmundagi vazifa, ko’rsatma 
yoki mehnat va sport mashqlarini bajarish kishini tez toliqtiradi. Lekin, shunday 
vazifa va mashqlarni o’yin jarayonida ijro etish odamning ruxiyatiga ijobiy tasir 
etib, charchash muddatini orqaga suradi. Shuning uchun sport mashg’ulotlarida, 
ayniqsa yosh o’quvchilarni dastlabki tayyorlashda turli mazmunga xos maxsus 
mashqlardan foydalanish alohida amaliy ahamiyatga egadir. Maxsus mashqlar 
boshqa faoliyatga qaraganda shaxsning qobiliyati va o’ziga xos xususiyatini 
keng ochib beradi. Maxsus tanlangan sport o’yinlar, voleybolchiga kerak 
bo’ladigan umumiy va tezkor chidamlilikni oshiradi. O’yinlar davomida 
shakllangan harakat tezligi va koordinatsiyasi, musobaqa vaqtida to’siqlarni 
muvaffaqiyatli yengib o’tishda muhimdir. O’yinlar o’zining hammabopligi 
(universalligi), ko’p funksionalligi va keng tasirchanligi bilan хilma-хil 
toifalarga bo’linadi. Jumladan, jismoniy sifatlarni, nutqni, talaffuzni, 
merganlikni, tadbirkorlikni, hisobni va hokazo hislatlarni rivojlantiruvchi 
o’yinlar shular jumlasiga kiradi. Lekin, qanday o’yin bo’lmasin, unda harakat 
elementi yoki harakatlar majmuasi mavjud bo’ladi. Maxsus o’yinlar o’z 
mazmuni va mohiyati jihatidan sport o’yinlaridan tubdan farq qiladi. Maxsus 
o’yinlar sport o’yinlari kabi maxsus tayyorgarlik, muayyan musobaqa qoidasi, 
sport kiyimi, muddati, maydoni, ishtirokchilar tarkibi kabi aniq chegaralangan 
meyoriy omillarni talab qilmaydi. Faqat bittagina maxsus mashqni turli joyda, 
vaqt davomida, kiyimda tarkibda (soni va yoshi jihatidan) o’ynash mumkin. 
Eng muhimi maxsus mashq davomida kuzatilgan erkin va ixtiyoriy 
harakatlanish (nostandart harakat yo’nalishi, qichqiriq, xushchaqchaqlik va 
hokazo) ijobiy emotsional holatni (reaksiyani) yuzaga keltiradi. Ushbu holat esa 
o’z navbatida sport mashg’ulotida (yoki standart mashqlar seriyasini ijro 
etganda) tezroq vujudga keladigan charchash asoratlarini ,,chetlab“ o’tishga 
yoki kechroq paydo bo’lishiga yordam beradi. Xulosa qilib aytganda, yuqorida 
qayd etilgan maxsus o’yinlarga xos mulohazalar ularning jismoniy tarbiya va 


26 
sport borasidagi salohiyatni belgilab beradi. Demak, yosh o’quvchilarni 
tayyorlashda maxsus o’yinlarning ahamiyati beqiyosdir. Malumki, maxsus 
o’yinlar turli xalq va elatlarning rasm-rusumi, udumi, ananalari hamda 
etnogenetik xususiyatlarini ifodalaydi. Shuning uchun ham bu maxsus 
o’yinlarni ko’pincha xalq o’yinlari deb yuritiladi. Qadimgi mutaffakkir olimlar 
va pedagoglar insonda saxiylik, rostgo’ylik, vatanparvarlik hissiyoti, raqibiga 
nisbatan hurmat va tabiatni ezozlash kabi xislatlarni aynan milliy o’yinlar 
tasirida tarbiyalash imkoni yuqori ekanligini etirof etganlar. Bu borada maxsus 
o’yinlar turli hayotiy muhim odatlarni, malaka va ko’nikmalarni shaklantirish 
qudratiga egadir. Xalq o’yinlari shu xalqning kashfiyotidir. Shuning uchun 
ushbu o’yinlar uning ongida, ro’zg’or ishlarida, oila va mahalla tarbiyasida faol 
o’rin egalaydi. Maxsus o’yinlar, shu jumladan xalq milliy o’yinlari noyob 
qadriyat sifatida faqatgina mamlakatimiz o’z mustaqilligiga erishgandan 
keyingina qayta tiklanib, hozirgi kunda aholi, ayniqsa o’quvchi yoshlar 
o’rtasida keng va jadal ommalashib bormoqda. So’nggi yillarda o’quvchilarni 
tayyorlash, harakat malakalari va jismoniy sifatlarni shakllantirishda maxsus 
o’yinlar o’ta samarali vosita ekanligini isbotlovchi talaygina ilmiy adabiyotlar 
nashr etilgan (M.S.BriP 1980, Ь.Ѵ.ВыІееѵа, I.M.Korotkov 1982, I.M.Korotkov 
1988, T.S.Usmanxodjaev 1990, A.I.Lisitsina 1991, F.X.Xo’jaev 1992, 
T.S.Usmanxodjaev, X.A.Meliev 2000, V.V.Kuzin, S.A.Polievskiy 2000, 
F.A.Kerimov, N.Yusupov 2003 va boshqalar). Lekin, shu bilan bir qatorda yosh 
voleybolchilarni tayyorlashda, ularni jismoniy sifatlarini rivojlantirishda 
maxsus o’yinlardan foydalanish imkoniyatlarini ochib beruvchi ilmiy 
tadqiqotlar o’ta chegaralangan (M.Kurbanova 2003) L.V.Bbileeva va 
M.Korotkov (1982)larning fikricha, zamonaviy sport o’yinlarida jismoniy 
sifatlar, texnik va taktik mahoratni shakllantirish uchun o’yin uslublaridan 
qanchalik ko’p va mohirona foydalanilsa, shunchalik muvofiq o’quvchilarning 
qobiliyatlari va mahorati yuqori saviyada o’sishi mumkin. To’g’ri bir qaraganda
sport o’yinlari o’zi o’yinlardan iborat bo’lib, yana turli o’yinlardan foydalanish 
„ortiqcha yukday“ ko’rinadi. Lekin, bunday tushuncha batamom noto’g’ri. 


27 
Chunki, pedagogika, fiziologiya va psixologiya fanlariga oid ilmiy 
ma’lumotlarga asosan jismoniy sifatlar, texnik-taktik malakalar va boshqa 
qobiliyatlarni 
rivojlantirishda 
ananaviy 
ixtisoslashtirilgan 
va 
standart 
mashqlarni 
qo’llash, 
ayniqsa, 
dastlabki 
o’rgatish 
jarayonida 
yosh 
shug’ullanuvchilarni tez charchashiga, qiziqishini susayishiga olib keladi. 
Maxsus o’yinlar esa, aksincha, bolaning emotsional holatiga ijobiy tasir 
ko’rsatadi, charchash alomatlarining vujudga kelishi ,,orqaga“ suriladi, eng 
asosiysi bolaning irsiy (genetik) qobiliyatlari hamda yangi harakat malakalari 
paydo 
bo’lishi 
mumkin 
(I.M.Korotkov 
1971, 
A.I.Lisbisina 
1979, 
T.S.Usmanxodjaev 1985, M.N.Jukov 2003, I.Vlasyuk 2005 va boshqalar). 
Agar, voleybol o’yiniga mos maxsus o’yinlar saralab olinsa va bu o’yinlar 
voleybol to’pi bilan ijro etilsa samara yanada yuksakroq bo’ladi 
(M.A.Kurbanova 2003). Bunday o’yinlarga masalan, ,,To’p uzat-o’tir“, ,,To’p 
uzatib estafeta yugirish“, ,,To’pga to’siq qo’y“ va boshqa shunga o’xshash 
o’yinlarni kiritish mumkin. O’quvchilarning jismoniy va texnik tayyorgarligini 
shakllantirishda maxsus o’yinlarning ahamiyati va ularning afzalligi qator 
ilmiy-uslubiy adabiyotlarda qayd etilgan (I.M.Korotkov 1971, Ь.Ѵ.ВыІееѵаа, 
I.M.Korotkov 1982, A.I.Lisitsina 1991, F.A.Kerimov, N.Yusupov 2003, 
K.Fopel 2005 va boshqalar). A.I.Lisitsina (1991) ning fikriga qaraganda, 
maxsus o’yinlar nafaqat jismoniy sifatlarni muvaffaqiyatli shakllantirishga 
qodir, balki aniq mo’ljalga olish, aniq harakat, diqqat kabi hislatlami ham 
samarali rivojlantirishi mumkin. F.A.Kerimov va N.Yusupov (2003) lar esa 
voleybolchilarni tarbiyalashga oid yakkama-yakka „voleybol” elementi mavjud 
o’yinlarni saralab olib, ularning samaradorligini aniqlab berishgan.Voleybol 
bo’yicha yetakchi mutaxasis olimlar E.K.Axmerov (1985) va A.G.Furmanov 
(1979) lar voleybol malakalari texnikasiga o’rgatishda va jismoniy hamda 
texnik tayyorgarlikni dastlabki shakllantirishda voleybol o’yini hususiyatiga 
yaqin bo’lgan maxsus maxsus o’yinlardan foydalanish afzalligini isbotlab 
berganlar. 


28 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling