MUNDARIJA
1.1. Noravshan to ‘plamlar nazariyasi rivojlanish tahlili 7
1.2. Z sonlar analitik tahlili 13
1.3 Masalaning qo’yilishi 51
I-bob bo‘yicha xulosa. 53
II - BOB. Z SONLАR YONDАSHUVINI QАROR QАBUL QILISHGА QOʼLLАNILISHI 55
2.1. Z sonlardan foydalangan holda qaror qabul qilish usuli algoritmi 55
2.2. Z sonlar bilan qaror qabul qilish masalasini yechish 60
2.3. Z- sonlar yondashuvini biznes masalasiga qoʼllanilishi 65
II-bob bo‘yicha xulosa. 73
III – BOB. MINTAQANING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHINI BAHOLASH ALGORITMI VA DASTURI 74
3.1.Noravshan mantiqiy modeli tuzish algoritmi va dasturi 74
3.2.Z sonlar asosida baholash algoritmi va dasturi 77
3.3.Hisoblash eksperimenti 78
III-bob bo‘yicha xulosa. 82
XULOSA 84
ADABIYOTLAR RO‘YXATI 87
KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va dolzarbligi. Jahonda maʼlumotlarning intellektual tahliliga oid muammolarni hal qilish uchun intellektual hisoblash texnologiyalarini takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu sababli hozirgi vaqtda noravshan mantiqiy baholash orqali sunʼiy intellekt tizimlarini takomillashtirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. АQSh, Аngliya, Yaponiya, Germaniya, Italiya, Frantsiya, Kanada, Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon va boshqa davlatlarda yumshoq hisoblash usullari (Soft Calculation, Soft Computing), jumladan noravshan toʼplamlar, noravshan mantiq va noravshan arifmetika nazariyasiga asoslangan usullar, noravshan qoida xulosa tizimlari va Z-sonlardan keng foydalanilib, Computational Intelligence - intellektual hisoblash texnologiyalarini takomillashtirish va sust tuzilmali qaror qabul qilishga koʼmaklashuvchi tizimlarni joriy etishga alohida eʼtibor berilmoqda.
Hozirgi kunda respublikamizda xalq xoʼjaligi sohalarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni amalga oshirish maqsadida intellektual hisoblash texnologiyalarini tadbiq etishga eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada, jumladan noravshan qoidalar xulosalaridan va noravshan toʼplamlar nazariyasidan foydalangan holda boshqaruv, tashxis qoʼyish, ishlab chiqarish jarayonini baholash masalalarini yechish orqali sezilarli natijalarga erishilib, noravshan axborotni qayta ishlash asosida yaxshi shakllanmagan tizimlarni baholash va qaror qabul qilishning yuqori samarali intellektual tizimlarini ishlab chiqish yoʼlga qoʼyildi. Shular bilan bir qatorda intellektual hisoblash texnologiyalari yordamida dastlabki maʼlumotlari noravshan berilgan sharoitlarda sust shakllangan jarayonlar holatini tahlil qilish hamda qaror qabul qilishning intellektual tizimlarini qurishni takomillashtirish talab etilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |