Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va dolzarbligi


Download 4.06 Mb.
bet3/25
Sana13.09.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1676289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Tadqiqot asosiy farazi. Qaror qabul qilish jarayonida Z-maʼlumotlar holatiga taklif etilgan yondashuv Z-maʼlumotlar ostidagi qaror qabul qilish boʼyicha boshqa ishlardan farq qilgan holda Z-sonlarni noravshan sonlarga aylantirmasdan, bevosita Z-sonlar ustida hisoblashlarga asoslanadi hamda Z-sonlar ustida toʼgʼridan-toʼgʼri hisoblashlar aylantirish bilan bogʼliq boʼlgan maʼlumotlarning yoʼqotilishining oldini olishga imkon beradi. Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharxi.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi. Noravshan toʼplamlar nazariyasi hamda ular ustida amallar bajarish, sust shakllangan obʼekt va jarayonlarni modellashtirish, intellektual tizimlarni qurish, yumshoq hisoblashning usullari va vositalari, neyron toʼrlari va evolyutsion hisoblash usullarini ishlab chiqish, sinflashtirish, baholash va bashoratlash modellarini yaratish usul va algoritmlarini takomillashtirishga oid jahonda olib borilgan tadqiqotlar natijasida qator, jumladan quyidagi ilmiy natijalar olingan: bashoratlash modellarini qurishda noravshan xulosaga asoslangan qoidalar bazasini shakllantirish usuli ishlab chiqilgan (Institute of Applied Sciences, Turkiya); noravshan model parametrlarini neyron toʼrlari yordamida sozlash usuli qoʼllanilgan (IDIS, Information Discovery, АQSh); Z-sonlar bilan hisoblashlar nazariyasi yaratilgan (University of California, АQSh); noravshan axborot muhitida koʼp mezonli muqobillashtirish masalasini yechish usuli takomillashtirilgan (SIPINA, University of Lyon, Frantsiya); neyron toʼrlar va noravshan mantiqqa asoslangan bashoratlash masalasini yechish usullari yaratilgan (Tokyo Institute of Technology, Yaponiya); Z-sonlar asosida qaror qabul qilishning koʼp mezonli masalalarini yechish usuli ishlab chiqilgan (Azerbaijan State Oil Academy, Ozarbayjon).
Dunyoda noravshan toʼplamlar nazariyasi, sonli hisoblashlardan soʼzli hisoblashlarga oʼtish va tabiiy tilning maʼlumotlarni qayta ishlash, qaror qabul qilish masalalari, Z-sonlar nazariyasi, yumshoq hisoblashlar texnologiyalarining komponentalari boʼlgan noravshan mantiq, neyron toʼrlar va evolyutsion algoritmlarni birlashtirish natijasida ishlab chiqilgan modellar boʼyicha qator, jumladan quyidagi ustuvor yoʼnalishlarda tadqiqotlar olib borilmoqda: noravshan toʼplamlar nazariyasini sust shakllangan jarayonlarga tadqiq etish asosida qaror qabul qiluvchi tizimlarni ishlab chiqish, sunʼiy intellektning nazariy-amaliy sohalariga noravshan toʼplamlar nazariyasini jalb etish uslubiyatlarini takomillashtirish, noravshan toʼplamning noravshan kutilmasiga muvofiq Z-sonlarni klassik noravshan sonlarga aylantirish, Z-axborotlarga asoslangan qarorlar qabul qiluvchi tizimlarni ishlab chiqish.
2011-yilda Kaliforniya universiteti (Berkli) professori Lotfi A. Zade, noravshan toʻplamlar nazariyasi, noravshan mantiq va soʻzlar bilan hisoblash (Computing with Words) asoschisi, foydalanilgan maʼlumotlarning noaniqligini (taxminanligini) tavsiflash uchun Z-soni tushunchasini taklif qildi. Bunday ma'lumotlar mutlaqo to'g'ri emas; Aksariyat hollarda odamlar o'zlarining tajribasi, sezgi va xabardorligiga qarab fikr bildirishda, vaziyatlarni tasvirlashda va hokazolarda turli darajadagi ishonchni bog'lashadi. Taklif qilgan prof. L.A. Zadening Z-sonlaridan foydalangan holda noravshan va qisman haqiqiy ma'lumotlarning tavsifi turli xil ilovalarda ishlatiladigan ma'lumotlarning ko'p qirrali noaniqligini (masalan, ishonchlilik, haqiqat darajasi yoki ehtimollik) tavsiflashning aniq qiyinligini engib o'tishga qaratilgan muvaffaqiyatli urinish sifatida qaralishi mumkin.
Tadqiqot qo’llanilgan metodikaning tavsifi. Tadqiqot jarayonida sust shakllangan jarayonlarni modellashtirishda tizimli yondoshuvlar, “yumshoq hisoblashlar” usullari, noravshan toʼplamlar, noravshan mantiq va noravshan arifmetika nazariyasiga asoslangan usullar, noravshan qoida xulosa tizimlarida Z-sonlarni qoʼllash tamoyillari, muqobillashtirishning samarali usullari qoʼllanilgan.

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling