B ibragimov, M. Ibragimov


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

 
Boshlang`ich zarba 


156 

Boshlang`ich zarba uchrashuv boshlanganlik yoki uni davom ettirishni 
anglatib, u quyidagi hollarda yuz beradi: 

Uchrashuv boshlanishida, 

Har bir urilgan goldan so`ng, 

Ikkinchi bo`lim boshlanishida, 
Agar qo`shimcha bo`limlar belgilangan bo`lsa, ushbu qo`shimcha 
bo`limlarning boshlanishida. 
Boshlang`ich zarba orqali bevosita to`pni darvozaga kiritish mumkin.
Boshlang`ich zarbani amalga oshirish tartibi: 

Ikkala jamoa ham o`zlarining yarim maydonida turishlari shart,

Boshlang`ich 
zarbani 
amalga 
oshirmayotgan 
jamoa 
o`yinchilari 
boshlang`ich zarba amalga oshmaguncha to`pdan 9,15 m radius masofada 
uzoqlikda turishlari shart,

To`p maydon markazida harakatsiz holda turishi kerak, 

Boshlang`ich zarba hakamning xushtagidan so`ng o`yinga kiritiladi,

Oyoq bilan to`pga zarba berilgandan so`ng to`p joyidan surilsa, to`p o`yinga 
kiritilgan deb hisoblanadi,

Boshlang`ich zarbani bergan o`yinchi to`pga boshqa jamoadoshi kelib 
tegmaguncha yana zarba berishi mumkin emas. 

To`p darvozaga kiritilgandan so`ng, to`p o`tkazib yuborgan jamoa 
boshlang`ich zarbani amalga oshiradi.
 
Qoida buzarliklar, jarimalar 
Agarda boshlang`ich zarbani bergan o`yinchi to`pga boshqa jamoadoshi 
kelib tekkunga qadar yana zarba bersa, unda: 

O`yin raqib jamoa tomonidan erkin to`p tepish orqali qoida (ikkinchi zarba 
berilgan) buzilgan joydan davom ettiriladi. 
Bundan boshqa barcha vaziyatlarda, boshlang`ich zarba qayta tepiladi: 
Boshlang`ich zarba qaytariladi. 
“Bahsli to`p” 


157 
“O`yin qoidalari”da ko`rsatilmagan hollar qoida buzilsa va uchrashuv 
vaqtinchalik to`xtatilsa, uchrashuvni “bahsli to`p” orqali davom ettirish kerak.

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling