159
4.17-rasm
Izoh: 2014-yil
Braziliyada erkaklar
o`rtasida o`tkazilgan jahon chempionatida
«Brazuka» to`piga maxsus chip o`rnatilib,
to`pni darvoza to`ridaligini aniqlashda hakamni
soatiga bevosita signal beriladi.
11-QOIDA: «O`yindan tashqari» holat
«O`yindan tashqari» holatni aniqlash
O`yinchining «o`yindan tashqari» holatda qolishi o`yin
qoidalarini
buzilishidir.
O`yinchi «o`yindan tashqari» holatda deb topiladi,
agar:
O`yinchi raqib darvoza chizig`iga raqibning so`nggi
o`yinchisidan
yaqinroq holatda tursa, unda ushbu
o`yinchi o`yindan tashqari holatda deb hisoblanadi.
O`yinchi «o`yindan tashqari» holatga tushmaydi,
agar:
O`z jamoasining yarim maydonida bo`lsa,
Raqib jamoasining so`nggi o`yinchisi bilan bir xil
darajada bo`lsa,
Raqib jamoasining so`nggi va so`nggisidan
bitta oldin
turgan o`yinchisi bilan bir xil darajada bo`lsa.
4.18-rasm
Qoidabuzarlik
«O`yindan tashqari» holatda qolgan futbolchini hakamning fikriga ko`ra
jamodoshlaridan bironta sherigi to`pga teginish vaqtida o`yinga faol tarzda
xalaqit qilsa, jazolash mumkin, ya`ni:
160
to`p bilan harakat qilishda bevosita ishtirok etsa,
raqib harakatlariga xalaqit qilsa,
o`zining egallab turgan pozitsiyasidan yaxshiroq vaziyatga chiqishga urinsa.
Do'stlaringiz bilan baham: