163
Maydondan chetlatish bilan jazolanuvchi qoida buzilish holatlari
Agar o`yinchi quyidagi 7 qoida buzilish holatlarining birini sodir etsa,
hakam tomonidan qizil kartochka ko`rsatish orqali ogohlantiriladi:
1. o`ta qo`pol va xavfli harakatni amalga oshirsa;
2. o`zini juda
betartib holda tutsa;
3. raqib o`yinchisi yoxud boshqa kimsaga nisbatan tupursa;
4. to`pni atayin qo`li bilan ushlab qolish orqali raqib jamoa o`yinchilarining
to`pni darvozaga kiritishiga xalaqit qilsa (darvozabon o`z
jarima
maydonchasi ichida to`pni qo`li bilan o`ynashi bundan mustasno);
5. erkin zarba, jarima to`pi yoki 11 metrlik jarima to`pi
belgilash bilan
jazolanuvchi qoida buzilishi holatini sodir etgan holda zarba berish holatiga
chiqayotgan raqib o`yinchisini to`xtatib qolsa;
6. xaqoratli, odobsiz so`z
va iboralarni ishlatsa;
7. bir o`yinda ikki marta sariq kartochka bilan ogohlantirilsa.
XALQARO KENGASH QARORI
Qaror 1.
Agar darvozabon o`z jarima maydonchasi ichida qo`lidagi o`yin
holatidan
chiqmagan to`p bilan raqib jamoa o`yinchisiga zarba bersa yoki bunga harakat
qilsa, uchrashuv hakami 11 metrlik jarima to`pi belgilashi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: