B ibragimov, M. Ibragimov


Erkin zarba maydonning qoida buzilgan joyidan o`yinga kiritiladi


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

Erkin zarba maydonning qoida buzilgan joyidan o`yinga kiritiladi.
Intizomiy jazolar
Ogohlantirish ko`rsatish bilan jazolanuvchi qoida buzilish holatlari
Agar o`yinchi quyidagi 7 qoida buzilish holatlarining birini sodir etsa
hakam tomonidan sariq kartochka ko`rsatish orqali ogohlantiriladi:
1. sport qoidalariga xilof ravishda harakat qilsa;
2. so`zlari yoki harakatlari orqali hakamning qaroriga norozilik bildirsa;
3. o`yin qoidalarini doimiy ravishda buzsa;
4. sun`iy ravishda o`yinni davom etishiga halaqit qilsa;
5. burchak, jarima to`pi yoki erkin zarba amalga oshirilayotgan paytda 
masofaviy joylashishni buzsa;
6. hakamning ruxsatisiz maydonga chiqsa yoki maydonga qaytsa;
7. hakamni ruxsatisiz ongli ravishda maydonni tark etsa.


163 
Maydondan chetlatish bilan jazolanuvchi qoida buzilish holatlari
Agar o`yinchi quyidagi 7 qoida buzilish holatlarining birini sodir etsa, 
hakam tomonidan qizil kartochka ko`rsatish orqali ogohlantiriladi:
1. o`ta qo`pol va xavfli harakatni amalga oshirsa;
2. o`zini juda betartib holda tutsa;
3. raqib o`yinchisi yoxud boshqa kimsaga nisbatan tupursa;
4. to`pni atayin qo`li bilan ushlab qolish orqali raqib jamoa o`yinchilarining 
to`pni darvozaga kiritishiga xalaqit qilsa (darvozabon o`z jarima 
maydonchasi ichida to`pni qo`li bilan o`ynashi bundan mustasno);
5. erkin zarba, jarima to`pi yoki 11 metrlik jarima to`pi belgilash bilan 
jazolanuvchi qoida buzilishi holatini sodir etgan holda zarba berish holatiga 
chiqayotgan raqib o`yinchisini to`xtatib qolsa;
6. xaqoratli, odobsiz so`z va iboralarni ishlatsa;
7. bir o`yinda ikki marta sariq kartochka bilan ogohlantirilsa.
XALQARO KENGASH QARORI 
Qaror 1. 
Agar darvozabon o`z jarima maydonchasi ichida qo`lidagi o`yin holatidan 
chiqmagan to`p bilan raqib jamoa o`yinchisiga zarba bersa yoki bunga harakat 
qilsa, uchrashuv hakami 11 metrlik jarima to`pi belgilashi kerak.

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling