B ibragimov, M. Ibragimov
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК
Qaror 2.
Ogohlantirish yoki maydondan chetlatish bilan jazolanuvchi qoidabuzarlikka yo`l qo`ygan o`yinchi, qoidani qayerda (maydonda yoki maydon tashqarisida) va kimga nisbatan (raqib o`yinchiga, jamoadoshiga, bosh hakamga, yordamchi hakamlarga yoki boshqa shaxsga) nisbatan buzganligidan qat`iy nazar, o`yin Qoidalariga binoan jazolanishi kerak. Qaror 3. Darvozabon to`pni egallab oldi deb hisoblash uchun, u to`pga qo`lining istalgan qismi bilan to`pga tegib turgan vaziyatda bo`lishi kerak. Bundan tashqari, darvozabon o`zi tomon harakatlanayotgan to`pni oyoqlari bilan qisib olgan holatda ham to`pni darvozabon egallab oldi deb hisoblanadi. Lekin, hakamning fikriga 164 ko`ra, to`p tasodifan darvozabonning qo`llaridan chiqib ketsa, masalan darvoza tomon yo`naltirilgan zarbani qaytarishda darvozabon to`pni qo`llarida ushlab qola bilmasa, darvozabon to`pni egallab oldi deb hisoblanmaydi. Darvozabon to`pni 5-6 sekunddan uzoq vaqt davomida qo`llarida yoki tanasiga qisgan holda ushlab tursa, o`yin vaqtini cho`zganlikda ayblanadi. Qaror 4. 12 – Qoidaning ko`rsatmalariga binoan o`yinchi to`pni boshi, ko`kragi, tizzasi va x.k. orqali o`z darvozaboniga yetkazib berishi mumkin. Biroq, hakamning fikriga ko`ra, agar o`yinchi o`yin paytida ongli ravishda 12 – Qoidada belgilab qo`yilgan cheklovlarni oshib o`tishga harakat qilsa, u sport qoidalariga xilof ravishda harakat qilganlikda ayblanadi. Bunday hollarda o`yinchi sariq kartochka ko`rsatish orqali ogohlantirilib, raqib jamoa foydasiga o`yin Qoidasi buzilgan joydan erkin zarba belgilanadi. Jarima yoki erkin zarbani amalga oshirish vaqtida 12-qoidaga asosan cheklashlarni aylanib o`tish maqsadida akrobatik harakatlar amalga oshirilsa, o`yinchi hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirishi va zarba qaytatdan ijro etilishi lozim. Yuqorida ko`rsatilgan holatda keyinchalik darvozabonning to`pga tegish yoki tegmasligi ahamiyat kasb etmaydi. Chunki bunday hollarda o`yin Qoidasini darvozabon emas, balki o`yinchi buzgan deb topiladi, ya`ni u 12 – Qoidaga rioya qilmaganlikda ayblanadi. Qaror 5. To`pni orqadan raqib o`yinchiga jarohat yetkazish xavfi bilan egallab olish uchun harakat qilish qo`pol qoida buzilishi sifatida jazolanishi kerak. Yuqorida ko`rsatib o`tilgan 5 – Qarorda, bunday qoida buzilishga yo`l qo`ygan o`yinchi 12 – Qoidaning 1-bandi, ya`ni «Maydondan chetlatish» bandiga asosan maydondan chetlatilishi (qizil kartochka) kerakligini anglatadi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling