B ibragimov, M. Ibragimov


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

Qoidabuzarlik yo`q 
«O`yindan tashqari» holatda qolgan o`yinchini jazolash kuzatilmaydi, agar u 
bevosita to`pni quyidagi holatlarda qabul qilib olsa:

Darvozadan erkin to`p tepilgandan so`ng,

Yon chiziqdan tashab berilganda,

Burchak to`pi tepilganda. 
Qoidabuzarlik, jarimalar
Har bir «o`yindan tashqari» holat bilan bog`liq qoidabuzarlikda hakam qoida 
buzilgan nuqtadan raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilashi kerak.
Izoh: 1866-yilda “o`yindan tashqari holat” qoidasi yengillashtirildi. Endi 
raqiblar sirt chizig`i bilan o`zi o`rtasida qarshi tomon o`yinchilaridan uch kishi 
bo`lsa, bu o`yinchi “o`yindan tashqari holat”da bo`lmaydi.
12-QOIDA: Qoida buzilish holatlari va qoidaga zid
xatti-harakatlar 
O`yinchilar tomonidan qo`llangan qoidaga zid va tartibsiz harakatlar 
quyidagicha jazolanadi:
Jarima to`pi
 Uchrashuv hakamining fikriga ko`ra, o`yinchi raqibiga nisbatan qo`pol 
va xavfli tarzda o`ynab, quyidagi 6 holatlardan birini qo`llagan vaziyatlarda 
raqib jamoa foydasiga jarima to`pi belgilanadi:  

raqib o`yinchiga oyog`i bilan zarba berish yoki bunga harakat qilsa;

raqib o`yinchini chalib yiqitsa yoki bunga harakat qilsa;

raqib o`yinchi ustiga sakrab chiqib olsa;

raqib o`yinchiga nisbatan xavfli hujum uyushtirsa;

raqib o`yinchiga qo`li bilan zarba bersa yoki bunga harakat qilsa;

raqib o`yinchini qo`pol tarzda turtib muvozanatdan chiqarib yuborsa. 


161 
Shuningdek, o`yinchi quyidagi 4 qoidabuzarlik holatidan biriga yo`l 
qo`ygan holatlarda raqib jamoa foydasiga jarima to`pi belgilanadi:  

to`p uchun kurasha turib, oldin raqib o`yinchisi oyog`iga tegib, keyin to`pga 
o`ynasa;

raqib o`yinchini qo`llari yoki tanasi bilan ushlab qolsa;

raqib o`yinchiga qarata tupursa yoki bunga harakat qilsa;

to`pni atayin qo`li bilan o`ynasa(darvazabonlar o`z jarima maydonchasi 
ichida qo`llari bilan o`ynashlari mumkin). 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling