155
Bo`limning so`nggi daqiqalarida yoki qo`shimcha
vaqtning oxirida
belgilangan 11 metrli jarima to`pini bajarish uchun vaqt berilishi shart.
Qo`shimcha bo`limlar
Musobaqa reglamentiga ko`ra kerakli vaziyatlarda qo`shimcha yana 2 ta
bo`lim o`tkazilishi mumkin. Ushbu bo`limlarda 8-Qoidaga
rioya qilgan holda
o`tkazish ko`zda tutilgan.
To`xtatilgan uchrashuv
To`xtatilgan uchrashuv qaytatdan to`liq o`tkaziladi,
agar musobaqa
reglamentida boshqacha qaror qabul qilinmagan bo`lsa.
Izoh: 1871-yildan uchrashuvlar 1.5 soat mobaynida o`tkazila boshlangan.
1883-yildan boshlab uchrashuv ikkita bo`limga bo`linib, o`sha 1.5 soat
ikkiga bo`lingan (45 daqiqadan).
8-QOIDA: Uchrashuv boshlanishi va o`yinni davom ettirish
Uchrashuv boshlanishi arafasida
4.15-rasm
Har bir uchrashuv boshlanish arafasida ikki jamoa
sardorlari orasida tanga
orqali qura tashlanadi va qurada g`olib chiqqan sardor jamoa uchun (birinchi
bo`limda) darvoza tanlash huquqini qo`lga kiritadi.
Raqib jamoa esa o`yinni boshlab beradi.
Qurada g`olib chiqqan jamoa esa ikkinchi bo`limni boshlab beradi.
Ikkinchi bo`limda jamoalar o`z darvozalarini almashtirishadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: