B ibragimov, M. Ibragimov


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

To`p darvoza to`rida  
To`p darvoza chizig`ini, to`sin osti va ustunlar orasini to`liq kesib o`tsa va 
to`p kiritgan jamoa o`yinchilari to`p kiritilgunga qadar hech qanday qoidani 
buzmagan hollarda to`p darvoza to`rida deb hisoblanadi.
G`olib jamoa
Uchrashuv davomida ko`proq to`p kiritgan jamoa g`olib jamoa deb topiladi. 
Agar ikkala jamoa ham o`yin davomida bir xil to`p kiritsa yoki umuman to`p kirita 
olmasa o`yin durang deb hisoblanadi.
Musobaqa reglamenti
Keyingi bosqichga bitta jamoa yo`l olishi kerak bo`lsa-yu, lekin uchrashuv 
durang bilan yakunlansa, unda xalqaro kengash tomonidan tasdiqlangan musobaqa 
reglamentiga ko`ra qo`shimcha bo`limlar yoki boshqa choralar ko`rilishi kerak. 
 


159 
 
4.17-rasm 
 
Izoh: 2014-yil Braziliyada erkaklar 
o`rtasida o`tkazilgan jahon chempionatida 
«Brazuka» to`piga maxsus chip o`rnatilib, 
to`pni darvoza to`ridaligini aniqlashda hakamni 
soatiga bevosita signal beriladi.
 
 
11-QOIDA: «O`yindan tashqari» holat 
«O`yindan tashqari» holatni aniqlash  
O`yinchining «o`yindan tashqari» holatda qolishi o`yin qoidalarini 
buzilishidir.
O`yinchi «o`yindan tashqari» holatda deb topiladi, 
agar:

O`yinchi raqib darvoza chizig`iga raqibning so`nggi 
o`yinchisidan yaqinroq holatda tursa, unda ushbu 
o`yinchi o`yindan tashqari holatda deb hisoblanadi. 
O`yinchi «o`yindan tashqari» holatga tushmaydi
agar:

O`z jamoasining yarim maydonida bo`lsa,

Raqib jamoasining so`nggi o`yinchisi bilan bir xil 
darajada bo`lsa,

Raqib jamoasining so`nggi va so`nggisidan bitta oldin 
turgan o`yinchisi bilan bir xil darajada bo`lsa. 
4.18-rasm 
Qoidabuzarlik
«O`yindan tashqari» holatda qolgan futbolchini hakamning fikriga ko`ra 
jamodoshlaridan bironta sherigi to`pga teginish vaqtida o`yinga faol tarzda 
xalaqit qilsa, jazolash mumkin, ya`ni:


160 

to`p bilan harakat qilishda bevosita ishtirok etsa,

raqib harakatlariga xalaqit qilsa,

o`zining egallab turgan pozitsiyasidan yaxshiroq vaziyatga chiqishga urinsa. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling