B. J. Boltayev, A. R. Azamatov, G. A. Azamatova, B. S. Xurramov nazariya, algoritm, dastur toshkent 2013


Download 372.89 Kb.
bet15/68
Sana02.11.2023
Hajmi372.89 Kb.
#1740971
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   68
Bog'liq
Algoritmlash va dasturlash asoslari seriyasidan Kitob – II b. J.-fayllar.org

Funksiya va protseduralar – dasturning o‘z nomiga ega bo‘lgan alohida
qismlari. Ularga asosiy dasturdan murojaat etiladi;
Nishonlar – dasturda boshqarish uzatilayotgan operatorni ko‘rsatadi. Ularda
ishlatiladigan son 0 dan 9999 gacha bo‘la oladi. Birinchi kelgan nollar hisobga
olinmaydi.
Aytib o‘tilganidek, Paskal tilining buyruq va ko‘rsatmalari modul deb atalu-
vchi TPU kengaytmali maxsus fayllarda joylashgan. Ularga misol qilib System 
(sistem), Crt (sierti), Graph (graf) modullarini keltirish mumkin. Modullarning
har biri ma’lum yo‘nalishdagi buyruq va ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan. Masa-
lan, System moduli Paskal dasturining barcha sistemalari ishini ta’minlovchi, Dos
moduli MS DOS operatsion sistemasining turli funksiyalarini qo‘llashga imkon
beruvchi, Crt moduli ekran va klaviaturani boshqaruvchi (ekranni tozalash,
ekranda bir nechta alohida oyna hosil qilish,…), Strings moduli satrlar bilan ish-
lashni ta’minlovchi, Graph moduli esa grafik holatda ishlashga mo‘ljallangan
dasturlarni o‘z ichiga oladi.
Dasturda modullar zaruratga qarab ishlatiladi. Biror modul tarkibiga kirgan
buyruqdan foydalanish uchun dastur boshida (sarlavhadan keyin) shu haqida
ko‘rsatma berilishi kerak. Bu Paskalning maxsus so‘zi Uses yordamida amalga
oshiriladi. Masalan, dasturda grafikadan foydalanish uchun, unga Uses Graph; 
yozuvini kiritish kerak. Agar dasturda bir nechta modul ishlatilsa, ular o‘zaro
vergul bilan ajratib yoziladi. Masalan: Uses Crt, Graph; 
Paskal integrallashgan muhiti ishga tushirilganda System moduli avtomatik
ravishda xotiraga yuklanadi. Shuning uchun Uses System; yozuvi ishlatilmaydi.
Aksariyat dasturlarni ishlashi uchun System modulining o‘zi yetarli bo‘ladi.
Dastur yozishdan avval unda ishtirok etadigan miqdorlarni aniqlab olish,
o‘zgarmaslarni e’lon qilish, o‘zgaruvchilarga nom berish hamda ularni tavsiflash
(turini ko‘rsatish) kerak bo‘ladi. Shundan so‘nggina dasturning dasturning tanasi
boshlanadi, ya’ni Paskalda dastur ikki qismdan tashkil topadi.
Paskaldagi eng sodda dastur quyidagi strukturaga ega bo‘ladi:

Download 372.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling