B. J. Boltayev, A. R. Azamatov, G. A. Azamatova, B. S. Xurramov nazariya, algoritm, dastur toshkent 2013


Program dastur_nomi; {majburiy emas} Begin


Download 372.89 Kb.
bet16/68
Sana02.11.2023
Hajmi372.89 Kb.
#1740971
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   68
Bog'liq
Algoritmlash va dasturlash asoslari seriyasidan Kitob – II b. J.-fayllar.org

Program dastur_nomi; {majburiy emas}
Begin

{dastur tanasi}





25
End.


Paskal tilidagi dasturlar umumiy holda quyidagi tuzilishga ega:
Program dastur_nomi; {majburiy emas}
Uses {Modullar r
o‘yxati}
Label {Nishonlar r
o‘yxati}
Const
{Konstantalarni e’lon qilish}
Var {
O‘zgaruvchilarni tavsiflash}
Protsedura va funksiyalar
Begin
{Asosiy dastur tanasi}
End.
Label, Const, Var, Begin, End – Paskal tilining maxsus so‘zlari bo‘lib, label
– nishon, const (constant – konstanta) – o‘zgarmas miqdor, var (variable) –
o‘zgaruvchilarni tavsiflash, begin – boshlanish, end – tamomlash ma’nolarini an-
glatadi.
Identifikator deganda o‘zgarmaslar, o‘zgaruvchilar, protseduralar, funksiya-
lar, modullar, dasturlar nomi tushuniladi. Identifikatorlar standart va foyda-
lanuvchi turlarga bo‘linadi. Standart identifikatorlar – dastur tomonidan avvaldan
belgilangan bo‘ladi.
Foydalanuvchi identifikatori dasturchi tomonidan tanlanadi va ixtiyoriy uzun-
likda (umuman olganda bir satrga sig‘ishi hisobga olingan) bo‘lishi mumkin, lekin
birinchi 63 ta belgisi ma’noga ega (farqlantiruvchi) bo‘ladi. Identifikator nomi
lotin harfidan yoki tagchiziq ( _ ) belgisidan boshlanishi va probellarsiz yozilishi
shart. Birinchi belgidan keyin harflar, raqamlar va tagchiziq belgisi yozilishi
mumkin. Pascal dasturlash tilida identifikator nomlarini, qaysi registrda (quyi yo-
ki yuqori) yozilishining ahamiyati yo‘q, ya’ni akaAkaaKa kabilar bir xil nom
deb qaraladi. Chunki, Pascal translyatori dasturni kompilyatsiya qilish (dasturni
mashina tiliga o‘girish) vaqtida identifikator nomlari va xizmatchi so‘zlardagi
barcha yuqori registrdagi (katta) harflarni quyi registrdagi (kichik) harflarga al-
mashtirib oladi. Nomlar apostrof ichiga olinmaydi, ya’ni ‘Men‘ va ‘men‘ nom
bo‘la olmaydi. Masalan:

To‘g‘ri yozilgan


Xato yozilgan
a
BMA
MeningBirinchiDasturim
Kun_21_iyul_1963
_tagchiziq
1kun {raqamdan boshlangan}
Chegara#4 {maxsus belgi qatnashgan}
Keyingi yil {probel ishtirok etgan}
and {zahira so‘z}
‘Nom‘{apostrof ichiga olingan}

Paskal dasturlash tilida quyida keltirilgan so‘zlar zahiralangan bo‘lib, ularni


foydalanuvchi identifikatori sifatida qo‘llash mumkin emas:

Download 372.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling