B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi


fondlarni yaratishga yo‘naltirilgan kapital qurilish va kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirishdir


Download 0.55 Mb.
bet109/179
Sana21.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1374305
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   179
fondlarni yaratishga yo‘naltirilgan kapital qurilish va kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirishdir.


Barcha shakl va turdagi investitsion faoliyat risk bilan bog‘liq bo‘lib, iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o‘tilishi bilan risk darajasi ortib boradi. Hozirgi sharoitda noaniqlik ortishi, shuning-dek, mamlakatdagi, xususan, investitsiya bozoridagi iqtisodiy vaziyatning tez o‘zgaruvchanligiga bog‘liq ravishda risk darajasi ham o‘sib bormoqda. Xususiylashtirilgan obyektlarga investitsiya kiritish bo‘yicha takliflarning o‘sishi, investitsiyalash uchun yangi elementlar va moliyaviy instrumentlar paydo bo‘lishi bilan risk ham ortib boradi.
Pulni investitsiya qilish variantini tanlash juda muhim aha-miyatga ega, chunki aynan shu vaqtda investorning kelgusi harakat-lari va maqsadlarga erishishdagi muvaffaqiyati belgilab beriladi. Maksimal daromadlilikni shunchaki ta’minlaydigan variant albatta eng yaxshi variant bo‘lishi shart emas, bunda risk va soliqqa tortish shartlari kabi boshqa parametrlar ham muhim rol o‘ynashi mumkin. Misol uchun, maksimal yillik dividend olishga intiladigan investor eng yuqori kutilgan foydaga ega kompaniyaning oddiy aksiyalarini sotib oladi. Agar ushbu aksiyani chiqargan firma bankrot bo‘lsa, u holda aksiyador barcha joylashtirgan mablag‘larini yo‘qotadi. Qo‘yilmalarni muvaffaqiyatli boshqarish uchun moliyaviy instrumentlarni diqqat bilan tanlash muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular qo‘yilgan maqsadga mos bo‘lishi va daromadlilik, risk va narxning qoniqarli darajalari bilan tavsiflanishi lozim.


Investitsiya riski o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

  • to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyaviy yo‘qotishlar riski;

  • daromadlarni pasayish riski;

  • qo‘ldan chiqarilgan yutuqlar riski.



Investitsion loyihalarning o‘zini oqlamasligi, rentabellik dara-jasini pasayishi to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyaviy yo‘qotishlarga olib keladi. Portfelli investitsiyalar bo‘yicha dividendlar va foizlar miqdorining kamayishi, depozitlar va kreditlar foiz stavkalarining pasayishi daromadlar pasayish riskining namoyon bo‘lish shakllari hisoblanadi. Qo‘ldan chiqarilgan yutuqlar riski deganda ma’lum bir investitsion loyihani amalga oshmay qolishi natijasida foyda olmay
137
qolish riski tushuniladi. Masalan, moliyalashtirilayotgan obyektni sug‘urta qilinmaganligi oqibatida sug‘urta to‘lovini olishdan mahrum bo‘lish. Investitsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog‘liq risklar doimo mavjud bo‘ladi, ularning ayrim turlari paydo bo‘ladi va kuchayadi, boshqa bir turlari esa asta-sekin kamayib boradi va yo‘qolib ketadi, uchinchi guruhi esa, o‘zaro birlashib, sifat jihatdan yangi riskni yuzaga keltiradi. Shuning bilan birga, investitsion loyihaning butun bir hayotiy sikli davomida investitsion risklarning yuzaga keladigan to‘rt davriy holatini aniq ajratib ko‘rsatish mumkin:


  1. Download 0.55 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling