B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi
Risk – faoliyat yuritish davomida turli xil omillarning o‘zgarishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatar yoki xatarlar majmuasidir
Download 0.55 Mb.
|
Risk – faoliyat yuritish davomida turli xil omillarning o‘zgarishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatar yoki xatarlar majmuasidir.
Koxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatida kutilgan foydaning olinmasligi, kutilmagan xarajatlarning kelib chiqishi bilan bog‘liq hodisalar yoki ularning yuz berish ehtimolliklari riskni ifodalaydi. Fikrimizcha, risk - bu moliyaviy kategoriya bo‘lib, kutilishi mumkin bo‘lgan omad yoki xatar, ya’ni ko‘zlangan foydani olish jarayoniga xos bo‘lgan umid qilish yoki ko‘p mablag‘larning yo‘qotilishi ehtimolliklari bo‘lib, u qandaydir holatlar, omillar ta’sirida kutiladigan foydaning pasayishi, ortishi yoki yo‘qotilish ehtimolida namoyon bo‘ladi. Moliyaviy risklar korxonalarning boshqa moliyaviy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan risklarni tushunish mumkin. Bularga misol qilib, korxonalarni tijorat banklari, sug‘urta kompaniyalari, investitsion 21 kompaniyalar, fond birjalari va boshqa moliyaviy muassasalar bilan munosabatlari kiritishimiz mumkin. Korxonalarda moliyaviy risklarni yuzaga kelishiga asosan, inflatsion omillar, banklarda kred-itlarni foiz stavkalari ortib ketishligi, qimmatli qog‘ozlar narxining tushib ketishligi kabi omillar ta’sir qiladi. Risklarning mazmun-mohiyatini tadqiq etish, ularni oldindan aniqlash va baholash, ularning oldini olish yoki pasaytirish choralarini ko‘rish barcha iqtisodiy korxonalar uchun ahamiyat kasb etadi. Shunga ko‘ra, risklarni tahlil qilishda ularni alohida xususiyatlari bo‘yicha ajratish va o‘rganish, tahlil qilish va baholash juda muhim sanaladi. Har bir riskning o‘ziga xos xususiyati va ularni baholash, nazorat, monitoring va uning boshqarib turish yo‘llari va bosqichlari bor. Riskning qanday yo‘l bilan kelib chiqqanligini va kelib chiqishda qanday xususiyat va omil yetakchi bo‘lganligini aniqlash uchun risklar umumiy klassifikatisiya qilinadi. Bu klassifikatsiya orqali korxona faoliyatida riskning paydo bo‘lishining barcha qirralarini tahlil qilish va o‘rganish mumkin. Risklarni korxonalar foydasiga ta’sirini baholash va kamaytirish maqsadida risklarning turli belgilari bo‘yicha tasniflash muhim ahamiyat kasb etadi. Korxonalar joriy va uzoq muddatli vazifalarni amalga oshirishlarida qator risklarga duch keladilar. Shuning uchun risklarning tabiati va turlarini yoritish uchun ularni tasniflash maqsadga muvofiqdir. Risk turlarining deyarli barchasi korxonalari moliyaviy ko‘rsatkichlariga ta’sir etadi, lekin korxona qaysi iqtisodiyot tarmog‘ida o‘z faoliyatini yuritishiga qarab, risklar ta’siri darajasi ham o‘zgarishi mumkin. Ko‘plab xorijiy va mamlakatimizdagi chop etilayotgan iqtisodiy adabiyotlarda risklarning bir necha xil turlari sanab o‘tilgan. Risklarni boshqarishni samarali tashkil etish ularni muayyan belgilari bo‘yicha aniq guruhlarga bo‘lishga bog‘liq. Risklarning ilmiy asoslangan tasnifi ularni har birining umumiy tizimdagi o‘rnini belgilash imkonini beradi. Iqtisodiy adabiyotlarda risklarni tasniflashning turli xil ko‘rinishlari berilgan. 22 Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling