holatlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan risklarni kiritishimiz mumkin.
1.4.1-rasm. Namoyon bo‘lishiga ko‘ra risklarni tasniflanishi15
Subyektiv risk - malaka, ish tajribasi va bilimning yetishmasligi, bozor qoidalariga rioya etmasligi, bitim mazmun-mohiyatini to‘liq tushunib yetmasligi va boshqalar.
Obyektiv risk - ma’lumotlarning yetishmasligi: bozor konyunk-turasining, qonunchilik, kreditlash shart-sharoitlari, soliqqa tortish, investitsiyalash va boshqalarning kutilmagan holda o‘zgarishi.
Балабанов И.Т. Риск-менеджмент. – М.: Финансы и статистика, 1996.
26
Moliyaviy bozor eng yuqori riskka ega bo‘lgan soha deb hisoblanadi. Undagi risklar ikkita katta guruhga bo‘linadi:
tizimli risklar;
tizimsiz risklar.
Tizimli risklar - bu xatar ta’siriga ba’zi bir qimmatli qog‘ozlar emas, balki butun bozor, uni katta bir qismi risklarga uchraydi. Bu holda iqtisodiy nobarqarorlik tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra ko‘pchilik emitent va qimmatli qog‘ozlar egalari zarar ko‘rishlari mumkin. Tizimli risklarga quyidagilar kiradi: foiz riski; valuta riski; inflatsiya riski; siyosiy risklar.
Tizimsiz risklar - xatarga ba’zi bir qimmatli qog‘ozlar yoki ularni majmuasi uchraydi, ya’ni ma’lum bir korxonaning qimmatli qog‘ozlari yoki tarmoqning qimmatli qog‘ozlari kiradi. Tizimsiz risklarga quyidagilar kiradi: tadbirkorlik riski; moliyaviy risklar; nolikvidlik riski.
Risklar kelib chiqishining asosiy sabablariga bog‘liq ravishda, ular quyidagi toifalarga ajratiladi:
tabiiy risklar – bu kutilmagan tabiiy hodisalar yuzaga kelishi bilan bog‘liq risklar;
Do'stlaringiz bilan baham: |