B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi


Download 0.55 Mb.
bet20/179
Sana21.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1374305
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   179
R < R

(1.4.1)



Kritik risk Rkr deganda darajasi o‘rtachadan yuqori, lekin mazkur iqtisodiy tizimda faoliyatning muayyan turlari uchun riskning Rmax maksimal mumkin bo‘lgan qiymati chegarasida bo‘lgan risk


tushuniladi, ya’ni:


RD < Rkr < Rmax (1.4.2) Halokatli risk Rhal – bu shunday riskki, u mazkur iqtisodiy


tizimda yuzaga kelgan Rmax maksimal risk chegarasidan ortib ketadi va uning uchun quyidagi shart bajariladi:

Rhal > Rmax

(1.4.3)



Iqtisodiy risk paydo bo‘lishi uchun xarakterli sabab noaniqlik hisoblanadi.


Avvalroq qayd qilinganidek, iqtisodiy kategoriya sifatida risk sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yoki sodir bo‘lmaydigan hodisani o‘zida aks ettiradi. Bunday hodisa sodir bo‘lgan holatda, uchta iqtisodiy natija ehtimol qilinadi: salbiy (zarar, ziyon, boy berish), nolli, ijobiy (foyda, daromad, yutuq).


Riskli vaziyat esa statistik jarayonlar va unga hamrohlik qiluvchi quyidagi shartlar bilan bog‘liq: noaniqlik mavjudligi, muqobilni tanlash zarurligi va bunda u yoki bu variantni amalga oshirish ehtimolini sifat va miqdor jihatdan baholash imkoniyati.
Birinchi shartga batafsil to‘xtalib o‘tamiz.


Qandaydir iqtisodiy tizim faoliyatini ko‘rib chiqar ekanmiz, unga turli sohalarda va rivojlanishining turli bosqichlarida har doim noaniqlik hamroh bo‘lishini hisobga olish zarur.


Iqtisodiy tizimlar faoliyatida noaniqlik mavjudligi risklar yuzaga kelishini taqozo etib, ularni hisobga olmasdan iqtisodiyot samarali rivojlanishi mumkin emas.

29



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling