1.5. Noaniqliklar tizimi
Tadbirkorlik faoliyatining ixtiyoriy turida o‘rin tutuvchi noaniqlik shartlari iqtisodiy tizimlar o‘zining faoliyat jarayonida qator sabablarga bog‘liqligini keltirilgan noaniqliklar sxemasi ko‘rinishida tizimlashtirish mumkin (1.5.1-rasm).
Iqtisodiy
Siyosiy
Tabiiy
noaniqlik
noaniqlik
noaniqlik
Vaqtinchalik
|
Noaniqlik turlari
|
Tashqi va ichki muhit
|
|
noaniqliklar
|
noaniqligi
|
|
|
|
Ziddiyatli vaziyatlar
|
Bir-biriga mos tushmagan
|
Ko‘p maqsadli
|
|
manfaatlar va vazifalar
|
vazifalar
|
|
|
|
1.5.1-rasm. Noaniqliklar sxemasi16
Yuzaga kelish vaqtiga ko‘ra noaniqliklar retrospektiv, joriy va istiqboldagi kabi turlarga ajratiladi. Qabul qilinayotgan qarorlarning iqtisodiy samaradorligini baholashda vaqt omilini hisobga olish zarurati samara kabi xarajatlar ham vaqt bo‘yicha taqsimlangan bo‘lishi mumkinligi bilan bog‘liq. Vaqt bo‘yicha turlicha taqsimlangan miqdoriga ko‘ra teng xarajatlar u yoki bu turdagi (iqtisodiy, ijtimoiy va boshqalar) bir xil bo‘lmagan foydali natijani ta’minlaydi.
Yuzaga kelish omillariga ko‘ra noaniqliklar iqtisodiy (tijoriy) va siyosiy noaniqliklarga ajratiladi. Iqtisodiy noaniqliklar korxonalar iqtisodiyotidagi yoki mamlakat iqtisodiyotidagi noqulay o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lib, ularga quyidagilar kiritiladi: bozor talabidagi
Шапкин А.С., Шапкин В.А. Экономические и финансовые риски. Оценка, управление, портфель инвестиций. М.: “Дашков и К0”, 2016.
30
noaniqlik, bozor narxlarining oldindan aytish noaniqligi, bozor taklifining noaniqligi, raqobatchilar harakatlari haqida axborotlar yetarli emasligi va boshqalar. Siyosiy noaniqliklar tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir qiluvchi siyosiy vaziyat o‘zgarishi bilan shartlangan. Noaniqliklarning mazkur turlari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, amaliyotda ularni ajratish ko‘pincha ancha qiyin kechadi.
Tabiiy noaniqlik bir qator omillar majmui bilan tavsiflanib, ularning orasida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin: tabiiy shart-sharoitlari, turli xil to‘siqlar (atmosfera, elektromagnit va boshqalarga oid).
Noaniqlikning keyingi turi tashqi muhit noaniqligi hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishda tashqi va ichki muhit tushunchalari joriy qilinadi. Ichki muhit tadbirkorning o‘zi va uning aloqalari bilan faoliyatiga bog‘liq omillarni o‘z ichiga oladi. Tashqi muhit esa bevosita tadbirkor faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan va yanada kengroq ijtimoiy, demografik, siyosi va boshqa xarakterga ega bo‘lgan omillar bilan tavsiflanadi.
U yoki bu tanlovda ishtirok etuvchi shaxslarning strategiya va taktikasi, raqobatchilarning xatti-harakatlari, oligopolistlarning narx siyosati va boshqalar kabi ziddiyatli vaziyatlarda esa noaniqlikning maxsus turi yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |