Inflatsiya riski Inflyatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari
Download 49.95 Kb.
|
Inflyatsiya riski
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inflyatsiya va ishsizlik o’rtasidagi bog’liklik. Fillips egri chizig’i
Mavzu: Inflyatsiya riski. Reja:
Inflatsiya riski 1.Inflyatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari Inflyatsiyaning turlari. Talab va taklif inflyatsiyasi Inflyatsiya va ishsizlik o’rtasidagi bog’liklik. Fillips egri chizig’i Aksilinflyatsiya siyosatiInflatsiya riski Men so’rovnoma davomida bir necha soha vakillari bilan uchrashdim. Bular Kichik biznesga ega bo’lgan yuridik shaxslar, korxona buxgalteri bank xodimi va boshqalar.Ular inflatsiya riski xususan inflatsiya to’grisida quyidagicha fikr bildirishdi: “Aloqabank” chakana savdo bo’limi boshlig’I O’roqov J.T:«Inflyatsiya riski» o`zi nima degan savolga men quyidagicha javob beraman: “Inflyatsiya iqtisodiy hodisa sifatida deyarli azaldan mavjuddir. Ko`pgina iqtisodchilar uning vujudga kelishi deyarli pulning paydo bo`lishi davriga to`g`ri keladi deb hisoblaydilar. 1861-1865 yillarda Shimoliy Amerikada yuz bergan fuqarolik urushi davrida ishlatilgan bo`lib, qog`oz-pul muomalasining ko`payib ketganligi jarayonini bildirgan. XIX asrga kelib ushbu atama Angliya va Frantsiya mamalakatlarida ham ishlatila boshladi. XX asrdan boshlab, ya`ni, Birinchi jahon urushi tugaganidan so`ng ushbu atamadan Iqtisodiy adabiyotlarda keng miqiyosda tarqala boshlagan. Bugungi kunda esa inflatsiya riski ayniqsa bizning sohada ya’ni tadbirkorlikda juda katta ahamiyat kasb etadi. Ya’ni biz kutilayotgan foydani inflatsiya riski yordamida qanchadir qismini yo’qotamiz. “ “Asaxiy.uz” internet do’koni asoschisi Gafurov.E.M:”Inflyatsiya atamasining bir qancha tushunchalari mavjud, inflyatsiya – bu, avvalo narxlarning o`sishidir. Inflyatsiya tushunchasi zamirida talab va taklif o`rtasidagi muvozanatni buzulishi, iqtisodiyotda vujudga keladigan boshqa mutanosibliklar ta`sirida narxlarning o`sishini tushunish mumkin. Ammo bu inflyatsiya davrida barcha narxlar oshadi degani emas. Ayrim tovarlar sezilarli darajada qimmatlashadi, ba`zi mahsulotlar narxi esa o`zgarmasligi (barqaror), shuningdek, boshqa turdagi tovar va xizmatlar narxlari o`sishi tezligi turli darajalarda ro`y berishi ham mumkin.” “Asaxiy.uz” internet do’koni tasischisi va “AsaxiyBooks” asoschisi Alayev.F:” Inflyatsiyaning – bu, umumiy narxlarning o`sishi, yanada tushunarli tarzda aytsam, muomaladagi pul massalarining tovar aylanmalariga nisbatan ko`payib ketishi pul birligining qadrsizlanishiga, bu esa o`z navbatida mahsulotlar narxining qimmatlashishiga sabab bo`ladi. Lekin bu inflyatsiyaning mukammal talqini deb ham hisoblab bo`lmaydi. Inflyatsiya narxlarning o`sishida namoyon bo`lsada, ammo bu faqatgina pulga bog`liq hodisa emas. Boshqacha so`z bilan aytganda, inflyatsiya – bu, nozik ijtimoiy-iqtisodiy jarayon bo`lib, iqtisodiyotning turli jabhalarda sodir bo`luvchi nomutanosiblik oqibatida vujudga keladi.” “Asaxiy.uz” internet do’koni bosh menejeri Rahmatullayev.M: “Inflatsiy riski har sohada mavjud va bir necha turi mavjud. Masalan Harajatlar inflyatsiyasi haqida o’z fikrimni aytsam - ishlab chiqarishdagi xarajatlar narxlarining oshishi natijasidir. Bularga bozorga oid bo`lmagan narxlarning shakllanishi xom ashyo narxlarining qimmatlashishi va h.k.lar sabab bo`lishi mumkin. Barchamizga yaxshi tanish bo`lgan holat, ya`ni, navbatdagi eng kam oylik ish haqi miqdorining oshishidan so`ng: «Ana endi hamma narsa oshadi» yoki «oylik oshdi, endi narxlarning oshishini kutamiz» qabilidagi gap-so`zlar tarqaladi. Oylik maoshlarning oshirilishi oqibatida yuzaga keladigan inflyatsiya o`zi bilan birga turli hil inflyatsion xarajatlarni keltirib chiqaradi. Tajribada ularning bir-biridan farqlab olish mushkul bo`lsada, ular o`zaro chambarchas bog`liq bo`lib va doimo bir-biriga ta`sir ko`rsatadi. Masalan, oylik maoshininsh oshishi inflyatsiya talabi sifatida namoyon bo`lsada, shu bilan birga xarajatalar inflyatsiyasi ko`rinishida ham bo`lishi mumkin.” “Asaxiy.uz” internet do’koni bosh buxgalteri Jalolov.N: “Inflyatsiya riski bu davlatimizning eng «og`riqli nuqtalari»dan biri – bu, narxlarning o`sishi bir maromda oshib bormaslik hususiyatiga egaligidir. Misol tariqasida ba`zi narxlar keskin sur`atda, ayrimlari esa bir maromda, qolganlari bo`lsa umuman ko`tarilmasligi ham mumkin. Inflatsiya riski qisqacha qilib aytaman u natijasida masalan 3 oydan keyin qanchadir miqdorda foyda olishim mumkin bo’lsa, 3 oydan keyin o’sha foydani olsam u pulimni to’lov qobiliyati pasayib ketadi.” “Agrobank” kreditlash bo’limi boshlig’I Ibragimov.B.I: “Inflatsiya riski juda tez va eng asosiysi, oldindan aytitib bo`lmaydigan narxlarning o`sishi, ijtimoiy–iqtisodiy barqarorlikning buzilishi va barchamizga ma`lum bo`lgan salbiy natijalarga olib kelishi mumkin yani pulning to’lov qobiliyatining pasayishi yoki iddiy qilib aytsak kutilayotgan foydani ololmaslik. Shuning uchun rivojlangan mamlakatlar biznesmenlari o’z sohasidan yiliga ko’proq foyda olishadi. Sababi ularda inflatsiya riski kam. Natijada ular yil oxiriga borib ko’zlangan foydadan ko’ra ko’proq foyda olishadi.” Download 49.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling