Iqtisodchi olim O.I.Lavrushin “Bank riski ehtimoliy hodisaning qiymat o‘lchovi bo‘lib, u yo‘qotishlarga olib keladi” degan fikrni ilgari suradi9.
Rossiyalik yana bir iqtisodchi G.Panova “Risk kutilmagan hodisalar yuzaga kelganida yo‘qotish xavfi yoki imkoniyatidir” deb ta’rif beradi10. U o‘z ta’rifi orqali ikki asosiy yo‘nalishni asoslab bermoqchi bo‘ladi. Bular, birinchidan, Professor O.Lavrushinning risk to‘g‘risidagi fikri bilan hamohang bo‘lib, u ham risk bu
Лаврушин О.И. Банковские риски. - М.: “Кнорус”, 2007.
Панова Г.С. Кредитная политика коммерческого банка. - М.: “Юрайт”, 2014.
17
yo‘qotishlarni ifodalaydi deb uqtirsa, ikkinchidan risk bu kutilmagan hodisa ekanligini ta’kidlamoqchi.
Lekin, “Bank risklari va kreditlash” kitobi muallifi Sh.Z.Abdul-layeva G.Panovaning yuqorida riskka berib o‘tgan ta’rifiga qo‘shil-magan va quyidagicha ta’kidlagan: “Bank amaliyotida risk har doim ham kutilmagan hodisa emas. Bank faoliyatining barcha turi risk bi-lan bog‘liq. Bank shu faoliyat turi yoki operatsiya riskli ekanligini bilib turib, shu operatsiyani amalga oshirishga qaror qiladi yoki amalga oshiradi va u barcha hollarda shu operatsiya natijasida yuqori daromad olishni rejalashtiradi. Shu sababli biz G.Panovaning bank riskiga bergan ta’rifiga to‘la qo‘shila olmaymiz”.11
Ba’zi xorijiy iqtisodchi olimlarning shu sohadagi ishlari bilan tanishib, ular tomonidan ham bank risklarining mohiyatiga turli xil ta’rif va tasnif berilganligini ko‘rish mumkin.
Chet ellik olimlar risklarni ta’riflashdan ko‘ra ularning alohida olingan turlarini ko‘rishni afzal hisoblaydilar. Masalan, K.D.Valravenning fikricha G‘arb mamlakatlarida iqtisodiyot subyektlari ko‘proq likvidlik riski, kredit, portfel, sanoat, mamlakat, valuta, foiz risklariga duchor bo‘ladilar12. “Банковский менеджмент” kitobi muallifi P.S.Rouz moliyaviy risklarning eng keng tarqalgan turlaridan biri bank risklariga kengroq to‘xtalib o‘tgan bo‘lib, u bank riski oltita asosiy turdagi risk - kredit riski, foyda ololmaslik riski, likvidlik riski, bozor riski, foiz riski, to‘lay olmaslik riskidan tashkil topgan bo‘lib, bu risklar bank faoliyatida juda muhim, hal qiluvchi risklar hisoblanadi, deydi13. Bank uchun ikkinchi darajada bo‘lgan risklarga P.Rouz siyosiy riskni, suiiste’mol riskini, valuta riskini kiritadi.
Tadbirkorlik riskining klassik va neoklassik ko‘rinishi ham ishlab chiqilgan bo‘lib, klassik nazariyada tadbirkorlik riski qabul qilingan qarorlar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarning matematik kutilishi bilan tenglashtiriladi deyilgan.
11Abdullayeva Sh.Z. Bank risklari va kreditlash. –T.: “Moliya”, 2002.
Do'stlaringiz bilan baham: |