B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi


Riskni baholash deganda risklarni boshqarishning birinchi bosqichida aniqlangan risklar turiga taalluqli xarajatlarni miqdoriy belgilash tushuniladi


Download 0.55 Mb.
bet151/179
Sana21.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1374305
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   179
Riskni baholash deganda risklarni boshqarishning birinchi bosqichida aniqlangan risklar turiga taalluqli xarajatlarni miqdoriy belgilash tushuniladi.


Bunda matematik metodlar va hisoblashlardan tashqari boshqa ma’lumotlar ham zarurligini tushunish kerak. Masalan, muayyan

195


yoshda yoki sog‘lom paytda odamning kasallanish ehtimolini qanday baholash mumkin? Davolanish qancha turadi? Ushbu shaxsning bunday riskka moyilligini baholash uchun albatta ma’lumot zarur.


Tabiiyki, tegishli ma’lumot kerak va ularni olish uchun pul to‘lash lozim. Mazkur turdagi axborotni taqdim etish sug‘urta kompaniyalarining eng muhim vazifalaridan biridir. Matematika va statistika bo‘yicha maxsus ta’lim olgan mutaxassis – aktuariy (sug‘urta jamiyatining statistigi) shu bilan shug‘ullanadi. U ma’lumotlarni yig‘adi, tahlil qiladi, kasallik, falokat va shunga o‘xshash risklar ehtimolini baholaydi.


Moliyaviy aktivlarga investitsiyalar riskiga kelsak, uy xo‘jaligi va kompaniyalarga ko‘pincha ekspert maslahati zarur bo‘lib, bu ularning u yoki bu riskka moyillik darajasini aniqlash va turli xil aktivlarga, masalan, aksiyalar yoki obligatsiyalarga investitsiya kiritish riski va bundan olinadigan daromad o‘rtasidagi nisbatni miqdoriy ifodalash imkonini beradi. Bunday hollarda, odatda, investitsiyalar bo‘yicha professional konsultantlarga, investitsion fondlarga va boshqa moliyaviy vositachilarga yoki moliyaviy xizmatlar taqdim etuvchi boshqa firmalarga murojaat qilinadi, ular esa riskni to‘g‘ri baholashga ko‘maklashadi.


Risk menejmentini risklarni baholash, risklarni va moliyaviy munosabatlarni boshqarish, ehtimoliy zararlarni kompensatsiyalash tizimi sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin va u boshqaruv harakatlari strategiyasi va taktikasini ham o‘z ichiga oladi. Strategiya deganda qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun vositalardan foydalanishning yo‘nalishlari va usullari tushuniladi. Strategiya muayyan qoidalar va cheklovlarni qo‘llagan holda strategiyaning asosiy yo‘nalishiga zid bo‘lmagan qarorlarning turli xil variantlarini ko‘rib chiqib, eng yaxshi yechimni tanlash imkonini beradi. Taktika deganda muayyan sharoitda belgilangan maqsadga erishish uchun menejmentning amaliy metodlari va usullari hamda ushbu xo‘jalik vaziyatida optimal yechimni tanlash tushuniladi. Risk strategiya – bu risklarni prognoz-lash va uni kamaytirish usullariga asoslangan noaniq xo‘jalik vaziyatida risklarni boshqarish san’atidir. Ushbu strategiyada qoidalar mavjud bo‘lib, ularning asosida qidiruv qarorlari va yechim variantlarini tanlash usullari qabul qilinadi.


Risk menejmenti usullari riskni boshqarish usullarini o‘zida aks ettiradi. Risklarni boshqarish tizimida uning samaradorligini sezilarli darajada belgilab beruvchi riskdan ogohlantirish va uni

196


minimallashtirish choralarini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega. Ular risklarni bartaraf etish vositalari va risk darajasini kamaytirish usullaridan iborat. Risklarni bartaraf etish vositalari quydagilar hisoblanadi:



  • riskdan qochish. Bu muayyan risk turiga duchor bo‘lmaslikka qaratilgan ongli qaror. Biror shaxs o‘ziga tegishli kasb bilan bog‘liq riskka duch kelmaslik yoki ayrim kompaniyalarda ishlamaslik to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin, ular ma’lum sohalarda ishlashdan o‘zini chetga olishi mumkin, chunki ular unga haddan tashqari riskli tuyuladi. Ammo riskdan qochish har doim ham mumkin emas. Masalan, har bir kishi kasal bo‘lib qolish riskiga moyil, chunki u shunchaki odam va barcha odamlar kasallanadi. Bu muqarrar hodisadir.




  • zararni bartaraf etish. Yo‘qotish ehtimolini kamaytirish va buning oqibatlarini minimallashtirish bo‘yicha qo‘llanilgan harakatlarga olib keladi. Bunday harakatlar zarar yetkazilmasdan oldin, zarar ko‘rish paytida va zarar ko‘rilgandan so‘ng amalga oshirilishi mumkin. Misol uchun, agar siz yaxshi ovqatlansangiz, yetarlicha uxlasangiz, chekmasangiz va tumovga chalingan odamlardan uzoq tursangiz, ushbu kasallik riskini kamaytirishingiz mumkin. Agar siz baribir shamollab qolsangiz, yotib davolanishingiz va bu bilan sizdagi betoblik o‘pka yallig‘lanishiga aylanib ketishi ehtimolini minimum darajaga tushirishingiz mumkin.




  • riskni qabul qilish. O‘z resurslari hisobidan zararlarni qoplashdan iborat. Ba’zi hollarda, masalan, kishi risk mavjudligidan shubhalanmasa yoki unga e’tibor bermasa, bu o‘zidan o‘zi yuz beradi. Odamlar ongli ravishda riskka borishga qaror qilgan holatlar ham uchraydi. Xususan, ayrimlar kasallikka chalinganda ishlab topilgan mablag‘larining bir qismini sarflashni afzal ko‘rgan holda, tibbiy sug‘urtadan voz kechishadi. Oilaning omonat jamg‘armasi – riskni qabul qilish bilan bog‘liq xarajatlarni yengillashtiradigan vositalardan biri.




  • riskni o‘tkazish. Riskni boshqa shaxslarga o‘tkazishdan iborat. Risk mavjud qimmatli qog‘ozlarni boshqasiga sotish va sug‘urta polisini sotib olish bunday risklarni boshqarish strategiyasiga misol bo‘la oladi. Yana bir misol: siz riskdan qochish uchun hech qanday choralar ko‘rmaysiz va yetkazilgan zarar boshqa kimningdir hisobidan qoplanishini chamalaysiz.

197
Aniqlangan riskni nima qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng tanlagan usullarni amalga oshirishga o‘tish lozim. Risklarni boshqarishning mazkur bosqichida rioya etilishi kerak bo‘lgan asosiy tamoyil tanlangan yo‘nalishni amalga oshirish xarajatlarini minimallashtirishdan iborat. Boshqacha aytganda, agar siz kasallikka chalingan holat uchun tibbiy sug‘urta sotib olishga qaror qilsangiz, xizmatlari arzonroq sug‘urta kompaniyasini topishingiz kerak. Agar siz aksiyalarni sotib olishga sarmoya kiritmoqchi bo‘lsangiz, kimning xizmatlari – investitsiya fondini boshqarish kompaniyasimi yoki brokermi – sizga yanada arzonroq tushishini taqqoslashingiz lozim.


Risklarni boshqarish – bu teskari aloqali dinamik jarayon bo‘lib, unda qarorlarni qabul qilish vaqt-vaqti bilan tahlil qilinishi va qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Vaqt o‘tishi bilan vaziyat o‘zgaradi va ular bilan quyidagi o‘zgarishlar ham kuzatiladi: riskning yangi turlari yoki mavjud risk turlari haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ladi yoxud risklarni boshqarish strategiyasi arzonlashadi. Masalan, yolg‘iz yashayotgan paytingizda hayot sug‘urtasidan voz kechishga qaror qilgansiz, lekin vaziyat o‘zgardi, turmush qurdingiz va farzandli bo‘ldingiz – bu esa qarorning o‘zgarishiga olib keldi. Yoki siz aksiyalarga kiritilgan investitsiya portfeli ulushini o‘zgartirishga qaror qilasiz. Risk darajasini pasaytirish – bu yo‘qotishlar hajmi ehtimolini kamaytirishdir. Buning uchun ko‘plab metodlar mavjud. Bunday metodlarning katta guruhi boshqa operatsiyalarni tanlash bilan bog‘liq bo‘lib, bunda umumiy operatsiya eng kam riskka ega bo‘lishi lozim.


Riskni kamaytirish muammosi muayyan darajada o‘rganilishi lozim, chunki optimal (samarali) qarorlarni tanlash doimo minimal riskni ta’minlaydigan qarorni qabul qilishni taqozo etadi.



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling