B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi
Umuman, kompaniya duch keladigan riskning barcha turlari odamlar tomonidan vujudga keltiriladi, deb aytish mumkin
Download 0.55 Mb.
|
Umuman, kompaniya duch keladigan riskning barcha turlari odamlar tomonidan vujudga keltiriladi, deb aytish mumkin.
Misol tariqasida, non mahsulotlari ishlab chiqarish bilan bog‘liq risk turlarini ko‘rib chiqamiz. Nonvoyxonalar kabi boshqa faoliyat sohasida ish yurituvchi kompaniyalar risklarning quyidagi toifalariga to‘qnash keladi: ishlab chiqarish bilan bog‘liq risk. Bu texnika ishdan chiqishi (pech, mahsulotlarni yetkazib beradigan yuk mashinalari va hokazo), xomashyo mahsulotlar (un, tuxum va boshqalar) yetkazib berish bel-gilangan muddatda amalga oshirilmasligi, mehnat bozorida kerakli ishchilar bo‘lmasligi yoki yangi texnologiyalarni joriy etish tufayli kompaniyada mavjud jihozlarning ma’naviy eskirishiga oid risk. ishlab chiqarilayotgan mahsulotning narxi o‘zgarishi bilan bog‘liq risk. Bu ushbu kompaniya ishlab chiqarayotgan mahsulotga talab iste’molchilarning didi keskin o‘zgarishi oqibatida kutilmaganda o‘zgarishi (masalan, restoranlarda non o‘rniga selderey tortish urf bo‘lishi) va mahsulotning bozor narxi pasayishiga oid risk. Shuningdek, raqobat kuchayishi ham mumkin, buning natijasida kompaniya narxni pasaytirishga majbur bo‘ladi. ishlab chiqarish omillarida narxlarning o‘zgarishi bilan bog‘liq risk. Bu ishlab chiqarishning ayrim omillari narxlarining to‘satdan o‘zgarishi riski. Misol uchun, un narxi qimmatlashadi yoki ish haqi stavkalari ko‘tariladi. Agar nonvoyxona o‘z faoliyatini moliyalash-tirish uchun o‘zgaruvchan foiz stavkasi bo‘yicha kredit olgan bo‘lsa, u holda ushbu stavkaning ortish riskini ham zimmasiga olgan bo‘ladi. Biznesni yuritish riski nafaqat nonvoyxonalarning egalari zimmasida bo‘ladi. Riskning bir qismini menejerlar (agar ularning o‘zi kompaniya egasi bo‘lmasa) va kompaniya xodimlari o‘ziga qabul qiladi. Agar kompaniyaning daromadliligi past bo‘lsa yoki ishlab chiqarish texnologiyasi o‘zgartirilsa, ular ish haqining bir qismini yo‘qotish va hatto o‘z ishidan mahrum bo‘lish ehtimoliga duch keladi. Nonvoyxonalarni mohirona boshqarish uchun risklarni boshqarish sohasida muayyan tajriba talab qilinadi. Nonvoyxonalar menejerlari bir qator usullar orqali riskning ehtimoliy turlarini boshqarishi mumkin: masalan, un yetkazib berishda uzilish tufayli ishda to‘xtash yuzaga kelishining oldini olish uchun omborda un zaxirasini saqlash. Ular uskunalar uchun ehtiyot qismlarni hamisha shay holatda saqlab turishi yoki o‘z mahsulotlariga talab prognozini tuzuvchi marketing firmalarining doimiy mijoziga aylanishi mumkin. 192 Shuningdek, muayyan turdagi risklar, masalan, xodimlarning ishlab chiqarishda shikastlanishi yoki jihozlarning o‘g‘irlanish hollari uchun sug‘urta polislarini sotib olishi mumkin. Riskning ayrim turlarini kamaytirishning boshqa usullari ham bor: bevosita iste’molchilar va yetkazib beruvchilar bilan fiksirlangan narxlarda shartnomalar tuzish yoki forvard, fyuchers va optsion bozoriga tovar, valuta hamda foiz stavkalari bo‘yicha tegishli shartnomalar tuzish. Riskni kamaytirishning mazkur choralari uchun xarajatlar bilan ulardan foydani balanslash qobiliyati – nonvoyxonani boshqarishning eng muhim qismidir. Kompaniyaning o‘lchami va tashkiliy tuzilmasi ham riskka duchor bo‘lishi mumkin. Nonvoyxonalar turli xil va turli o‘lchamda bo‘ladi. Bir tomondan, bu –alohida shaxslar yoki oilalar tomonidan boshqariladigan kichik nonvoyxonalar va do‘konlar. Boshqa tomondan, yuzlab odamlar ishlaydigan, aksiyadorlari esa undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin bo‘lgan yirik kompaniyalardir. Ushbu yirik kompaniyalarning maqsadlaridan biri biznesni yuritish jarayonida ishlab chiqarish, iste’molchilik va narx risklarini boshqarishni yaxshilashdan iborat. Barcha darajadagi davlat organlari risklarni boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Hukumat turli xil risklarning oldini oladi yoki ularni qayta taqsimlaydi. Tabiiy ofatlar va odamlar-ning o‘zi tomonidan yuzaga keltirilgan turli xil baxtsizliklarda – urushlar, atrof muhit ifloslanishi va hokazolarda jamiyat, odatda, hukumatdan himoya va moliyaviy ko‘mak kutadi. Davlatning iqtisodiy rivojlanishdagi faol ishtiroki davlat barcha soliq to‘lovchilar o‘rtasida infratuzilmaga kapital qo‘yilmalar riskini osonlikcha taqsimlashi mumkinligi bilan izohlanadi. Hukumat amaldorlari ko‘pincha bozorlardan va moliya tizimining boshqa institutlaridan o‘zlarining risklarni boshqarish strategiyasini amalga oshirish yo‘lida foydalanadi – amalda, kompaniyalar va nohukumat tashkilotlari rahbarlari ham xuddi shunday yo‘l tutadi. Kompaniyalar va nodavlat tashkilotlar bilan holatdagi kabi, barcha turdagi risklarni oxir-oqibat odamlarning o‘zi keltirib chiqaradi. Hukumat fuqarolarga tabiiy ofatlardan himoyalanish yoki banklar jamg‘armalarni qaytarishdan bosh tortishidan sug‘urta-lanishni taklif qilganda, bu biz xayriya masalasiga duch kelganimizni anglatmaydi. Hukumat sug‘urtalanuvchidan sug‘urta xizmatlari qiymatini qoplash uchun yetarli haqni oladi yoki barcha soliq to‘lovchilar qo‘shimcha xarajatlar qilishiga to‘g‘ri keladi. 193 Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling