B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi


-rasm. Foydaning riskka bog‘liqligi


Download 0.55 Mb.
bet4/179
Sana21.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1374305
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179
1.1.1-rasm. Foydaning riskka bog‘liqligi


Bozor munosabatlarida tadbirkorning iqtisodiy xatti-harakatlari tanlanadigan, qonunchilik hujjatlaridan kelib chiquvchi imkoniyatlar doirasida tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha individual dasturda amalga oshiriladigan o‘z riskiga asoslangan. Bozor munosabatlarining har bir qatnashchisi bozorda ishtirokning ta’minlangan ulushi, ishlab chiqarish resurslarini fiksirlangan narxlarda qo‘lga kiritish, pul birliklarining xarid qobiliyati barqarorligi, norma, normativ va boshqa iqtisodiy boshqaruv instrumentlarining o‘zgarmasligi kabi oldindan ma’lum, aniq belgilangan parametrlar, muvaffaqiyat kafolatlaridan avvalboshdan mahrum sanaladi.

8


Tadbirkor riski, odatda, noan’anaviy metodlar bilan salmoqli na-tijalar olishga yo‘naltirilgan. Shu bilan u konservatizm, dogmatizm, qoloqlik, istiqbolli innovatsiyalarga to‘sqinlik qiluvchi psixologik to‘siqlarni yengib o‘tish imkonini beradi. Risk qilish qobiliyati – tad-birkor faoliyati muvaffaqiyatli kechishini ta’minlovchi yo‘llardan biri. Tadbirkorlik riskiga xos regulativ funksiyaning konstruktiv shakli unda namoyon bo‘ladi.


Shu bilan birga, agar qaror hodisa rivojiga oid qonuniyatlar kerakli darajada hisobga olinmagan holda, to‘liq axborotga ega bo‘lmagan sharoitda qabul qilingan bo‘lsa, risk tavakkalchilik ifodasiga aylanishi mumkin. Bu holatda risk beqarorlashtiruvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi.


Riskni tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish bo‘yicha qarorni tan-lash va amalga oshirish natijasida yuzaga kelishi mumkin ijobiy yoki salbiy oqibatlar ehtimoli sifatida tavsiflash bilan birga, mazkur faoliyatning o‘zining ajralmas qismi sifatida ham ko‘rib chiqish mumkin. Bu yerdagi bog‘lanish aniq (to‘g‘ridan to‘g‘ri): tadbirkorlik faoliyati, hamkorlik va xo‘jalik yuritishning boshqa shakllari kengayishi (rivojlanishi) bilan risk sohasi ham kengayadi, riskli vaziyatlar soni o‘rtadi. Masalan, xaridor uchun raqobatchi ishlab chiqaruvchilar bilan iqtisodiy kurashda tadbirkorlik subyekti o‘z mahsulotlarini kreditga (pul summasining muddatida qaytmaslik riski bilan) sotishga, vaqtincha bo‘sh pul mablag‘lari mavjud bo‘lganda ularni depozit qo‘yilmalari yoki qimmatli qog‘ozlar shaklida joylashtirishga (inflatsiya darajasi bilan solishtirganda yetarlicha bo‘lmagan foiz daromadi olish riski bilan), eksport-import xarakteridagi tijoriy operatsiyalarini boshqarishda turli milliy valutalar bilan ish ko‘rish zaruratiga to‘qnash kelishga (valuta kurslarining noqulay konyunkturasi tufayli yo‘qotish riski bilan) va boshqalarga majbur bo‘ladi.


Aksariyat firmalar, kompaniyalar muvaffaqiyatga erishmoqda, risk bilan bog‘liq innovatsion iqtisodiy faoliyat asosida raqobatbar-dosh bo‘lib bormoqda. Riskli qarorlar, xo‘jalik yuritishning riskli turi yanada samarali ishlab chiqarishga olib kelib, bundan tadbirkorlar ham, iste’molchilar ham, umuman, jamiyat yutmoqda. Bu bilan tadbirkorlik riski innovatsion funksiyani bajaradi.

9


Risk, chama, hodisa, raqobat – biznesning doimiy hamrohlari. Ba’zilar ishga sarmoya kiritish bilan, boshqalar esa – o‘z mulki bilan risk qiladi, bu yerda muayyan riskka nafaqat yo‘l qo‘yish mumkin, balki u zaruriydir. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi odamlar yuqori xo‘jalik va tijorat riski sharoitida obyektiv faoliyat ko‘rsatadi, chunki ular ishlab chiqarishni tashkil qilish, muayyan mahsulotni sotish uchun mustaqil ravishda qo‘shimcha xarajatlar qilishga majbur.
Riskning himoya funksiyasi shunda namoyon bo‘ladiki, agar tadbirkor uchun risk tabiiy holat bo‘lsa, u holda muvaffaqiyatsizlikka sabr bilan munosabatda bo‘lish ham normal holat sanalishi kerak. Tashabbuskor, uddaburon xo‘jalik rahbarlariga muvaffaqiyatsizlik holatida jazoni istisno etuvchi va o‘rinli riskni rag‘batlantiruvchi ijtimoiy himoya, huquqiy, siyosiy va iqtisodiy kafolatlar kerak. Tadbirkor ehtimoliy xato (risk) na uning ishiga, na obro‘siga putur yetkaza olmasligiga ishonchi komil bo‘lishi kerak, chunki bu garchi chamalangan bo‘lsa-da, o‘zini oqlamagan risk oqibatida yuz bergan bo‘ladi.


Tadbirkorlik riskining mavjudligi – bu, mohiyatan, iqtisodiy erkinlikning orqa tarafidir, ya’ni, uning uchun o‘ziga xos tovon. Bir tadbirkorning erkinligi ayni vaqtning o‘zida boshqa tadbirkorlar ham shunday erkinlikka ega ekanligini anglatadi, o‘z navbatida, mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlanishi bilan noaniqlik va tadbirkorlik riski kuchayib boradi. Tadbirkorlik faoliyatida kelgusi noaniqlikni bartaraf etishning imkoni yo‘q, chunki u obyektiv voqelik unsuri hisoblanadi.


Risk mavjudligi mumkin bo‘lgan qaror variantlaridan birini tanlash zaruratini taqozo etadi, shunga bog‘liq ravishda, qaror qabul qiluvchi shaxs qaror qabul qilish jarayonida barcha ehtimoliy muqobillarni tahlil qilib, eng rentabelli va eng kam riskli variantni tanlaydi. Risk vaziyatining aniq mazmuniga bog‘liq ravishda, muqobillik turli darajadagi murakkablikka ega bo‘ladi. Shuning uchun murakkab iqtisodiy vaziyatlarda optimal qarorni tanlash uchun maxsus tahlil metodlaridan foydalaniladi. O‘z navbatida, tadbirkorlik riskining analitik funksiyasini ham ajratib ko‘rsatish mumkin.

10


Tadbirkorlik riski funksiyalari, risk keltirib chiqaruvchi yo‘qotish jiddiy ehtimol ekanligiga qaramay, ayni paytda u ehtimoliy foyda manbai ham hisoblanadi, degan xulosa chiqarishga imkon be-radi. Shuning uchun tadbirkorning asosiy vazifasi riskdan umuman voz kechish emas, balki obyektiv mezonlar asosida risk bilan bog‘liq qarorlar o‘rtasida tanlovni amalga oshirishdir, aynan esa: tadbirkor riskni qabul qilar ekan, qanday chegaragacha harakatlanishi mumkin?
Shuni ta’kidlash kerakki, iqtisodiy jarayonning ajralmas qismi sifatida riskning mavjudligi, shuningdek, ushbu sohada qo‘llanila-yotgan ma’muriy ta’sirlarning o‘ziga xosligi shunga olib keldiki, riskni boshqarish bir qator hollarda malakali faoliyatning mustaqil turi sifatida namoyon bo‘la boshladi. Ushbu faoliyat turini malakali mutaxassislar, sug‘urta kompaniyalari, shuningdek, moliyaviy mene-jerlar, risk menejerlari, sug‘urta mutaxassislari amalga oshirmoqda.



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling