B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi


Riskning ko‘plab ta’riflarini tahlil qilish bizga quyidagi kabi riskli vaziyatlarga xos bo‘lgan asosiy masalalarni aniqlash imkonini beradi


Download 0.55 Mb.
bet3/179
Sana21.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1374305
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179
Riskning ko‘plab ta’riflarini tahlil qilish bizga quyidagi kabi riskli vaziyatlarga xos bo‘lgan asosiy masalalarni aniqlash imkonini beradi:



  • ehtimoliy natijalardan qaysi biri amaliyotda qo‘llanilishini belgilab beruvchi voqea-hodisaning tasodifiylik xarakteri (noaniqlik mavjudligi);







  • natijalar ehtimoli va kutilayotgan natijalar ma’lum yoki ularni aniqlash mumkin;




  • zararlar yuzaga kelishi ehtimoli;

  • qo‘shimcha foyda olish ehtimoli.



Bizning fikrimizcha, “risk” tushunchasini to‘liqroq aks ettiradigan quyidagi risk ta’rifiga to‘xtalamiz2: risk – muqarrar tanlov vaziyatlarida noaniqlikni bartaraf etish bilan bog‘liq faoliyat bo‘lib, bu jarayonda kutilgan natijaga erishish, muvaffaqiyatsizliklar va maqsaddan og‘ishlar ehtimolini miqdor hamda sifat jihatidan baholash imkoni mavjud bo‘ladi.


Ta’kidlash joizki, risk bilan noaniqlik o‘rtasidagi farq axborot berish usuliga bog‘liq va nazorat qilinmaydigan o‘zgaruvchilarning ehtimoliy tavsiflari mavjudligi (risk holatida) yoki yo‘qligi (noaniqlikda) bilan belgilanadi. Qayd etilgan ma’noda ushbu atamalar operatsiyalarni tadqiq qilishning matematik nazariyasida qo‘llanilib, bunda riskda va mos ravishda noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish masalalari ajratib ko‘rsatiladi. Agar u yoki bu variantning ehtimollik darajasini sifat va miqdoriy jihatdan aniqlash imkoniyati mavjud bo‘lsa, u holda aynan shu riskli vaziyat bo‘ladi.



  • Альгин А.П. Риск и его роль в общественной жизни. – М.: “Мысль”, 1989.

6


Shunday qilib, risk vaziyati (riskli vaziyat) – bu voqealarning yuzaga kelish ehtimoli mavjud va aniqlanishi mumkin bo‘lgan noaniqlik turidir, ya’ni, bu holatda, ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlar bilan qo‘shma faoliyat, raqobatchilar yoki dushmanlarning qarshi harakatlari, iqtisodiyot rivojlanishiga tabiiy muhit ta’siri, xalq xo‘jaligiga ilm-fan yutuqlarini joriy etish va boshqalar natijasida yuzaga keluvchi voqea-hodisalar ehtimolini baholash imkoniyati obyektiv mavjud bo‘ladi.


Adabiyotlarda riskning subyektiv, obyektiv yoki subyektiv-obyektiv xususiyatini tan oladigan uchta asosiy nuqtayi nazar mavjud. Bizning fikrimizcha, eng to‘g‘ri yondashuv – bu subyektiv-obyektivdir, chunki uni asoslash uchun asosiy dalil shaxs, guruh, jamoa va boshqalar faoliyat jarayonida subyektiv munosabatlarga jalb qilingani uchun faoliyatning o‘zi ham subyektiv va obyektiv jihatlarga ega bo‘lishiga oid voqelikni tan olish hisoblanadi.


Risk noaniqlik sharoitida va majburiy (zaruriy) tanlov vaziyatida maxsus faoliyatni o‘zida aks ettirganiga bog‘liq ravishda, u ham o‘zida obyektiv va subyektiv dialektik birlikni ifodalaydi.


Binobarin, risk har doim muayyan muqobillarni tanlash va ularning natijalari ehtimolini chamalash bilan bog‘liq bo‘ladi – uning subyektiv jihati shunda namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, risk kattaligi nafaqat subyektiv, balki obyektiv hamdir, chunki u real mavjud noaniqlikning sifat va miqdor jihatidan ifodalash shakli sanaladi.


Misol uchun tadbirkorlik riskining tabiatini tushunish uchun riskning foyda bilan aloqasini o‘rganish o‘ta muhim ahamiyatga ega. Tadbirkor noaniqlik sharoitida risk qilishga tayyorligini ko‘rsatadi, chunki yo‘qotish riski bilan birga qo‘shimcha daromad olish imkoniyati ham mavjud. Holbuki, tadbirkor foyda olishi kafolatlanmagani yaqqol ma’lum, u sarflagan vaqti, sa’y-harakati va qobiliyatlar uchun mukofot tariqasida foyda olishi ham, zarar ko‘rishi ham mumkin.


1.1.1-rasmda foydaning riskka bog‘liqligi ko‘rsatilgan. Siz risk kamroq (r1 = 0) yechimni tanlashingiz mumkin, lekin bunda olinadigan foyda (F1) ham kam bo‘ladi, eng yuqori riskda esa (r3) foyda ham F3 ga teng eng yuqori qiymatga ega bo‘ladi.

7


Ta’kidlash lozimki, tadbirkor riskni qisman iqtisodiyotning boshqa subyektlari zimmasiga yuklab qo‘yishga haqli, lekin undan to‘liq chetlab o‘tolmaydi. Kim tavakkal qilmasa, o‘sha odam g‘alaba qozonolmaydi, deb juda o‘rinli aytilgan. Boshqacha aytganda, iqtisodiy foyda olish uchun tadbirkor ongli ravishda riskli qarorlar qabul qilishi kerak bo‘ladi.


Tadbirkorlik faoliyatida noaniqlik va risk juda muhim o‘rin tutishini ishonch bilan ayta olamiz, chunki u rejalashtirilgan va haqiqiy natijalar o‘rtasidagi qarama-qarshilikdan iborat, ya’ni, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish manbaidir.



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling