B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi


Amerika banklari amaliyotida “c” harfidan boshlangan so‘zlar bilan ifodalanadigan mijozlarni tanlashning “beshta “c” qoidalari” mezonlari qo‘llaniladi


Download 0.55 Mb.
bet56/179
Sana21.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1374305
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   179
Amerika banklari amaliyotida “c” harfidan boshlangan so‘zlar bilan ifodalanadigan mijozlarni tanlashning “beshta “c” qoidalari” mezonlari qo‘llaniladi:



  • character (qarz oluvchining tabiati);

  • capacity (moliyaviy salohiyati);

  • capital (kapital, mol-mulk);

  • collateral (ta’minlash);




  • conditions (umumiy iqtisodiy shartlar).



Qarz oluvchining tabiati deganda uning obro‘si, javobgarlik darajasi, qarzni qaytarishga tayyor turishi va istaklari tushuniladi. Bank, birinchi navbatda, qarz oluvchining (firma yoki xususiy shaxs) o‘z majburiyatlariga o‘tmishdagi munosabati, qarzlarini qaytarishda kechikishi yoki biznesdagi mavqei qanday ekanligini aniqlashga harakat qiladi. Bank ushbu maqsadda shaxsiy intervyu, shaxsiy arxiv faylini, boshqa banklar va firmalar bilan maslahatlashuvlarni va boshqa mavjud axborotdan foydalanib, qarz oluvchining psixologik portretini olishga intiladi.


Qarz oluvchining moliyaviy imkoniyatlari uning qarzni to‘lash qobiliyati, daromadlari va xarajatlari hamda kelajakda ularni o‘zgartirish istiqbollarini diqqat bilan tahlil qilish orqali aniqlanadi.


Kredit riskini kamaytirish yo‘llari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:



  • kredit bo‘limi kreditlarni ajratish va qaytarish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda tizimlashi va umumlashtirishi kerak. Berilgan kreditlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar berilgan kreditlar hajmiga ko‘ra, kredit olgan mijozlar (shaxslar, davlat organlari, korxonalar, boshqa banklar va boshqalar) bo‘yicha tasniflanishi kerak;

70



    • bank umuman iste’molchilarining kredit tarixini, shu jumladan, potensial mijozlarning kredit tarixini (ya’ni, mijozning qayerda va qanday kredit olganligi va ularni qanday qaytarib berganligi) o‘rganishlari kerak. Hozircha O‘zbekistonda ko‘pchilik mijozlar o‘z kredit tarixiga ega emas. Bundan tashqari, odatda, mijozning kreditni qaytarish imkoniyati, agar u bank bo‘lsa – uning balansi; ishlab chiqarish rejalari va texnik darajasi, agar u korxona va hokazo bo‘lsa

rivojlanish istiqbollarini tahlil qilish orqali;


1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling