B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi


Download 0.55 Mb.
bet105/179
Sana21.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1374305
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   179
5000 ∗ 0,02

= 582,55




(1+ ) −1

1,08 − 1






Shunday qilib, yillik omonat miqdori bugungi kunda 582,55 sh.b.


miqdoridagi xarid quvvatiga muvofiq bo‘lishi kerak.


Yiliga 4% inflatsiya darajasida har yili hisobvaraqqa qo‘yila-digan real miqdor quyidagi 6.2.1-jadvalda keltirilgan.










6.2.1- jadval







Nominal va real annuitet







To‘lovlar soni

Real to‘lov

Inflatsiya koef-

Nominal to‘lov




fitsiyenti
















1

582,55 sh.b

1,04

605,85 sh.b




2

582,55 sh.b

1,04

630,08 sh.b




3

582,55 sh.b

1,04

655,29 sh.b




4

582,55 sh.b

1,04

681,50 sh.b




5

582,55 sh.b

1,04

708,76 sh.b




6

582,55 sh.b

1,04

737,11 sh.b




7

582,55 sh.b

1,04

766,60 sh,b




8

582,55 sh.b

1,04

797,26 sh.b






Ushbu jamg‘arma rejasiga binoan, har yili hisobvaraqqa kelib tushgan nominal summa joriy inflatsiya darajasiga muvofiq tuzatilishi kerak. Natijada, sakkiz yil ichida hisobvaraqda to‘plangan mablag‘lar o‘qishga pul to‘lash uchun yetarli bo‘ladi. Shunday qilib, agar inflatsiya darajasi yiliga 4 %ga oshsa, sakkiz yil ichida

130


hisobvaraqdagi nominal summa 5000 • 1,048 = 6843 sh.b.gacha o‘sishi kerak. Sakkiz yildan keyin kerak bo‘ladigan zarur o‘qish uchun to‘lov summasi real miqdorda 5000 sh.b. ni, nominalda esa - 6843 sh.b.ni tashkil qiladi.


Inflatsiya darajasi yiliga 4% miqdorida belgilanishi sharti bilan kelgusidagi qiymat 6843 sh.b.ni tashkil etishiga ishonch hosil qilish maqsadida biz nominal pul oqimlarining kelgusidagi qiymatini 6.2.2-jadvalning oxirgi ustunida hisoblashimiz mumkin.


6.2.2-jadval


Real annuitetning nominal kelgusi qiymatini hisoblash





To‘lovlar


soni


1


2


3


4


5


6


7


8




Nominal

Kelgusi




Real to‘lov

qiymat koef-




to‘lov







fitsiyenti













582,55 sh.b

605,85 sh.b

1,0608




582,55 sh.b

630,08 sh.b

1,0608




582,55 sh.b

655,29 sh.b

1,0608




582,55 sh.b

681,50 sh.b

1,0608




582,55 sh.b

708,76 sh.b

1,0608




582,55 sh.b

737,11 sh.b

1,0608




582,55 sh.b

766,60 sh,b

*1,0608




582,55 sh.b

797,26 sh.b

1






Yakuniy nominal kelgusi qiymat 6843 sh.b.


Nominal


kelgusi qiymat 915,86 sh.b. 897,88 sh.b. 880,28 sh.b. 862,98 sh.b. 846,09 sh.b. 829,49 sh.b. 813,16 sh.b 797,26 sh.b.





Biz nisbatdan (6.2.6) shuni topamiz:



=++∗

(6.2.10)



shundan = 0,02 + 0,04 + 0,02 ∗ 0,04.


6.2.2-jadvalda ko‘rsatilganidek nominal foiz stavkasida (6,08%) nominal yillik to‘lov miqdorini hisoblash orqali biz umumiy nominal kelgusidagi qiymat 6843 sh.b. ga tengligini aniqladik.


E’tiborga olingki, agar daromadingiz yiliga 4% ga oshsa, daromadingizdagi nominal to‘lov ulushi ortmaydi.


Agar inflatsiya darajasi 8 %ga oshsa va shunga mos ravishda nominal to‘lov miqdorini oshirsangiz, sakkiz yildan keyin hisob-varaqdagi nominal miqdori 5000 * 1,088 = 9255 sh.b. tashkil etadi. Ushbu summaning bugungi puldagi real qiymati 5000 sh.b. ni tashkil etadi.

131





6.3. Inflatsiya darajasini pasaytirish bo‘yicha
chora-tadbirlar


Rivojlangan mamlakatlarda zamonaviy inqirozlarning asosiy xususiyati tovarlarning ko‘p miqdorda ishlab chiqarilishida emas, balki asosiy kapitalning haddan ziyod jamg‘arilishidadir. Bu monopoliyalarning inqiroz arafasida narxlarni va foyda me’yorini maqbul darajada ushlab turish maqsadida ishlab chiqarishni qisqartirib, tovarlar taklifini kamaytirish oqibatida yuzaga keladi. Bundan tashqari, inqiroz boshlangunga qadar tovar-moddiy zaxira-lariga bo‘lgan investitsiyalar kamayadi, ulardan foydalanish tezligi esa o‘rtadi. Bu esa nisbatan tovarlarni ishlab chiqarishning kama-yishiga va investitsion faolligining pasayishiga olib keladi. Inflatsiya jarayonlari qanchalik faol rivojlanayotgan bo‘lsa, tadbirkorlar investitsiyalardan shunchalik kamroq foydalanadilar, bu esa foydalanilmayotgan kapital qiymatining qadrsizlanishiga olib keladi.


Inqiroz kutilayotgan sharoitda tadbirkorlar o‘zlarini riskdan, xususan, xom-ashyo, yoqilg‘i, butlovchi qismlarga taxmin qilinayot-gan narxlarning o‘sishidan himoya qilishga harakat qiladilar. Pulning qadrsizlanishi oqibatida yuzaga keladigan yo‘qotishlarni bartaraf qilish maqsadida ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va vositachilar narxlarni oshirib, inflatsiya darajasini ko‘taradilar. Investitsiya xarajatlarini amalga oshirishda mablag‘larni to‘g‘ri yo‘naltirish inflatsiya riskini sezilarli darajada kamaytirishi (hatto yo‘q bo‘lib ketishi) mumkin. Bunday holatda sarflangan xarajatlar o‘rnini tez qoplaydigan va budjetga katta miqdordagi to‘lovlarni amalga oshiradigan korxonalarga imtiyoz beriladi. Bunda davlat siyosati ishlab chiqaruvchini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lishi kerak: unga ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish uchun, shuningdek lizing kompaniyalari va lizing operatsiyalari uchun turlicha kredit shakllarini taqdim qilishi kerak.


Investitsiyalarni amalga oshirishda inflatsiya riskini kamay-tirishga ba’zi bir tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish hisobiga erishish mumkin, masalan, imtiyozli shartlardagi kapital xarajatlarga kreditlar taqdim qilish maqsadida maxsus tashkil etilgan investitsiya banklari tarmog‘ini shakllantirish - foiz darajasini pasaytirib, berilgan

132


mablag‘larning ishlatilishi ustidan majburiy nazorat tashkil etgan holda nisbatan uzoq muddatga berish. Investitsiyaga oid qarorlarni qabul qilishda inflatsiyani hisobga olish, shaxsiy mablag‘larning jamg‘arilishiga oid qarorlarni qabul qilish kabi muhimdir. Ko‘chmas mulk, zavodlar va asbob-uskunalar kabi real aktivlarga qilingan investitsiyalarda qilingan kapital qo‘yilmalardan tushadigan kelgusi pul mablag‘larining nominal qiymati hoynahoy inflatsiya tufayli oshib boradi. Agar siz tegishli ravishda vaziyatni to‘g‘rilamasangiz, qimmatli investitsiya imkoniyatlarini boy berishingiz mumkin. Investitsiyaning muqobil variantlarini tanlashda, riskni kamaytirish va daromadni orttirish nuqtayi nazaridan, hech qachon daromadlilikning real stavkasini investitsiyaning muqobil turi bo‘yicha eng yuqori nominal daromadliligi bilan solishtirmang.


Davlat tomonidan amalga oshirilayotgan soliq siyosati inflatsiya sharoitida pul muomalasining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak. Bevosita soliqlarning ko‘zda tutiladigan pasayishi, tabiiyki, bilvosita soliqlarning o‘sishiga olib keladi, bu esa iqtisodiy inqirozning chuqurlashishini keltirib chiqarishi mumkin. Inflatsiyani xorijiy uskunalar va texnologiyalarni xarid qilish zarurati bilan bog‘liq investitsiyalarning kengayishi ham jadallashtirishi mumkin.



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling