B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi


A) 5,60 %; B) 4,02 %; C) 4,06 %; D) 5,20 %


Download 0.55 Mb.
bet108/179
Sana21.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1374305
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   179
A) 5,60 %; B) 4,02 %; C) 4,06 %; D) 5,20 %.

  1. I.Fisher formulasi berilgan javobni aniqlang.

A) =+ +∗;


B) =+;


C) = ( + );


D) = ( + )(1 + ).

135




VII BOB. INVESTITSIYA RISKLARI


7.1. Investitsiya risklari tushunchasi


Iqtisodiyotda investitsion loyihalarni amalga oshirish turli xil risklar bilan bog‘liq bo‘ladiki, bu esa ularni bartaraf etishining samarali va optimal variantlarini ishlab chiqishni hamda investit-siyaviy risklarni samarali boshqarishni taqozo etadi. Lekin har qan-day sharoitda ham, eng avvalo, investitsiyalarni amalga oshirishda duch kelishi mumkin bo‘lgan risklarni baholash, tahlil etish eng dastlabki qadam bo‘lib hisoblanadi.


Investitsiya faoliyati ma’lum miqdordagi moliyaviy resurslarni talab qiladi. Bu sarflangan resurslardan investorlar ma’lum daromad, foyda olishni ko‘zlaydi. Mazkur foyda investorlarning xarajatlarini, inflatsiya omilini, tadbirkorlik riskini qoplashi lozim. Ammo, ama-liyotda investorlar har doim ham kutilgan va rejalashtirilgan natija-larga erisha olmaydilar. Buning asosiy sabablaridan biri – investitsiya risklarining mavjudligidir. Investitsiya risklari deganda investit-siyaviy loyihalarni amalga oshirish jarayonida rejalashtirilgan foy-dani olmaslik ehtimoli tushuniladi. Bu holatda risk obyekti sifatida loyihaga o‘z mablag‘larini u yoki bu shaklda kiritgan shaxs – investorning mulkiy manfaatlari namoyon bo‘ladi.


Investitsiya faoliyatida risk - bu investitsiyalarni qisman yoki to‘liq yo‘qotish, kutilgan foydaga, investitsiya yo‘naltirilgan loyiha-dan ko‘zlangan maqsadlarga erisha olmaslik ehtimolidir.


Investitsiyalash mohiyati kelgusida foyda olinishini ta’minlay-digan aktivlarning muayyan turlariga o‘z yoki qarz kapitalini joylashtirishdan iborat. Investitsiyalar uzoq muddatli va qisqa muddatli bo‘lishi mumkin. Investitsiyalar odatda qimmatli qog‘oz-larni sotib olishdan iborat moliyaviy investitsiyalar va ishlab chiqarish hamda noishlab chiqarish obyektlariga yo‘naltirilgan real investitsiyalarga ajratiladi. Yana aytish mumkinki, real investitsiyalar – bu ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadlarida asosiy

136



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling