Noaniqlik sharoitida bir-biriga mos tushmagan manfaatlar muammosi ko‘plab mezonlar asosida optimal yechimni tanlash ko‘rib chiqiladigan vazifalar maxsus guruhni tashkil qiladi.
Noaniqliklar mavjudligi optimal yechimlarni tanlash jarayonini sezilarli darajada murakkablashtiradi va oldindan aytish mumkin bo‘lmagan natijalarga olib kelishi mumkin. Amaliyotda, iqtisodiy tahlil o‘tkazishda, noaniqlik omili keltirib chiqaruvchi ushbu “yovuzlik”ka aksariyat hollarda e’tibor qaratmaslikka harakat qilinadi va determinatsiyalangan modellar asosida ish ko‘riladi (qaror qabul qilinadi). Boshqacha aytganda, qabul qilinayotgan qarorlarga ta’sir qiluvchi omillar aniq ma’lum deb taxmin qilinadi.
Afsuski, asl voqelik ko‘pincha bunday tasavvurlarga mos tushmaydi. Shuning uchun nazorat qilinmaydigan omillarni hisobga olmay samarali yechimlar tanlash siyosati aksariyat hollarda iqti-sodiy, ijtimoiy va boshqa tusdagi sezilarli yo‘qotishlarga olib keladi.
31
Iqtisodiy faoliyatda riskning anchayin xarakterli sababi hisoblangan noaniqlikni ko‘rib chiqar ekanmiz, faoliyatning iqtisodiy, tijoriy, boshqaruv, moliyaviy va boshqa turlari jarayoniga tatbiqan uni ajratib ko‘rsatish va o‘rganish favqulodda muhim hisoblanishini qayd qilish zarur, chunki bunda aniq belgilash mumkin bo‘lmagan shart-sharoitlarda sanab o‘tilgan faoliyat turlarini amalga oshirish imkoni bo‘lmagan amaliy vaziyat aks ettiriladi.
Adabiyotlarda “noaniqlik” atamasining turli ta’riflari mavjud. Noaniqlik – bu turli sabablar, eng avvalo, yechimlarni amalga oshirish shart-sharoitlari, jumladan, ular bilan bog‘liq sarf-xarajatlar va natijalar haqida ma’lumotlar to‘liq emasligi yoki noaniqligi tufayli yuzaga keluvchi turli parametrlarning kelgusi qiymatlari haqida to‘liqsiz yoxud noaniq tasavvurlardir.17
Noqulay vaziyatlar va oqibatlarga yechim topishni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelish imkoniyati bilan bog‘liq noaniqlik risk tushunchasi bilan tavsiflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |