asosiy vositalar qoldiq qiymati: 365,0 ming so‘m;
tovar moddiy zaxiralari va xarajatlari: 10600,0 ming so‘m;
debitorlik qarzlari: 430,0 ming so‘m;
pul mablag‘lari: 2,0 ming so‘m;
uzoq muddatli majburiyatlar: 345,0 ming so‘m;
joriy majburiyatlar: 10700,0 ming so‘m.
63
Yechish: Korxonaning kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlaridan likvidlilik koeffitsiyenti quyidagi formula bilan yechiladi:
= Pul mablag’lari + oson amalga oshiriladigan talablar Qisqa muddatli majburiyatlar
432,0
= = 0,04
10700,0
Qoplash va likvidlik koeffitsiyentlarini topishda, qisqa muddatli majburiyatlarni to‘g‘ri hisoblash talab etiladi. Qisqa muddatli majburiyatlar, bugalteriya balansining passiv qismidagi majburiyat-lar bo‘limidan olinadi.
Banklardagi kredit inspektorlari mijozning kreditga layoqat-liligini tahlil qilishda, balansdagi asosan (joriy aktivlari va majburiyat bo‘limidagi) moddalarning tarkibiy o‘zgarishlarini ko‘rib chiqadilar. Bu albatta, xavf-xatarni baholashni yengillashtiradi.
Korxona kreditga layoqatliligi tahlili uchun kerak bo‘ladigan keyingi ko‘rsatkich – bu mustaqillik (muxtoriylik) koeffitsiyentidir. Ushbu koeffitsiyent 0,6 dan, ya’ni 60 %dan yuqori bo‘lsa, kredit xatari eng kam hisoblanadi. Bu koeffitsiyent 30 % dan, ya’ni 0,3 dan kam bo‘lmasligi lozim.
=
Do'stlaringiz bilan baham: |