Agar 1000 $ ni yillik 8 foiz bilan 6 oyga joylashtirsangiz, u holda oddiy stavka bo‘yicha hisoblangan foizlar miqdorini aniqlang.
A) 60 $; B) 70 $; C) 40 $; D) 1040 $.
200,0 ming $ summani 12 % yillik stavka bo‘yicha uzluksiz va oylik foiz hisoblashda 3 yil uchun oshirilgan qiymatlar orasidagi farqni aniqlang.
A) 512 $; B) 304 $; C) 602 $; D) 571 $.
9. = ∗ … … ∗ ushbu formula orqali qanday kat-talik aniqlanadi?
o‘rta arifmetik qiymat;
o‘rta geometrik qiymat;
119
o‘rta garmonik qiymat;
o‘rta kvadratik qiymat.
10. Tovarning narxi 30% ga, keyin yana 20% ga kamaydi. Tovar-ning narxi boshlang‘ich narxga nisbatan necha foizga kamaygan?
56 %;
50 %;
60 %;
44%.
120
VI BOB. INFLATSIYA RISKI
6.1. Inflatsiya riski tushunchasi va uning mazmun-mohiyati
Inflatsiya makroiqtisodiy beqarorlikning ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, hozirgi davrda barcha mamlakatlar uchun umumiy bo‘lgan holat hisoblanadi.
“Inflatsiya” - atamasi (lotincha “inflation” – shishmoq, kengay-moq) ilk bora Shimoliy Amerikada 1861-1865-yillardagi fuqarolar urushi davrida qo‘llanilib, muomalada qog‘oz pullarning haddan ortiq ko‘payib ketishini ifodalagan.
Iqtisodiy adabiyotlarda esa bu atama XX asrda, birinchi jahon urushidan keyin keng tarqaldi. Inflatsiya tushunchasi juda serqirra bo‘lib, iqtisodiy adabiyotlarda uning ko‘plab izohlari mavjud. Ma’lumki, inflatsiya darajasiga asosan omonatchilar, xoh u yuridik shaxs bo‘lsin, xoh u jismoniy shaxs bo‘lsin, o‘zlarining vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini tez sur’atlarda hamda katta daromad kelti-radigan sohalarga yo‘naltirish orqali ta’sir etadilar. Agarda mamla-katdagi inflatsiya darajasi yuqori sur’atda bo‘lsa omonatchilar o‘z mablag‘larini turar-joy, xorijiy valuta, oltin, avtomobillar sotib olishga harakat qiladilar hamda ular tijorat banklarining xizmatidan voz kechadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |