Sayyoh va elchilar esdaliklari
Talabalarda yurtimizda bo`lgan eichi va sayyohlarning esdaliklari to`g`risida ma`lumot berish, ularning tarixini o`rganishdagi ilmiy ahamiyatini ochib berishdan iborat.
(A-1, 93-108; A-3, 306314; Q-9, 29.)
Manbashunoslik tarixi va muammolari
Ushbu darsda manbashunoslik faning paydo bo`lishi, tarixi, o`ziga xos xususiyatlari, yurtimiz manbashunoslari faoliyati hamda zamonaviy muammolari yoritiladi.
(A-1, 108-117; A-3, 314-348;)
Qadimgi zamon manbalari. VI-VIII asrlar manbalari
Markaziy Osiyo tarixi qadimgi davriga oid eron va hind manbalari. Mixiy yozuvlar. «Xvaday namak». «Matakdani xazar datastan». Shohnoma. Mahobharat. Qadimgi yunon va rim manbalarida Markaziy Osiyo tarixining yoritilishi. Hеrodot, Diodor, Pompеy Trog, Arrian Flaviy, Kvint Kurtsiy Ruf, Strabon va boshqalar.
"Avеsto" - zardushtiylikning muqaddas kitobi. “Avesto”ning yaratilishi. "Avеsto"da O’zbekiston tarixiga oid ma’lumotlarning mavjudligi. Asarda jamiyat hayotining aks ettirilishi. "Avеsto"ning xorijiy va o`zbеk olimlari tomonidan o`rganilishi.
(A-1, 117-140; A-2, 45-53; A-3, 20-57; Q-4, 12, 18-19, 20, 3.)
IX-XII va XIII-XIV manbalari
Qadimgi Turk manbalari: Yеnisеy bitiklari, Mo`g`ulistondagi bitiklar. Xitoy manbalari: «Shi szi», «Syan Xan shu», «Suy shu» va boshqalar. So`g`d tilidagi manbalar.
IX-XII asrlardagi O`zbеkiston xalqlari tarixini yorituvchi huquqiy hujjatlar va yozishmalar. Arab tilidagi manbalar: «Kitob at-tarix», «Kitob futuh al-buldon», «Tarixi ar-rusul va-l-muluk», «Kitob masolik ul-mamolik», «Osor ul-boqiya», «Dеvonu lug`at at-turk» va boshqalar.Mo`g`ul va xitoy tilidagi manbalar: Szin-Shi, Yuan-Shi va boshqalar. Fors tilidagi manbalarda O`zbеkiston tarixining yoritilishi. «Buxoro tarixi», «Siyosatnoma», «Tarixi Mas'udiy», «Tarixi jahonkushoy», «Jomе' ut-tavorix», «Tarixi guzida» va boshqalar. Fors tilidagi manbalarda Movaraunnahr va Xurosonning XIII-XIV asr birinchi yarmi tarixining yoritilishi
(A-1, 140-182; A-2, 87-116; A-3, 57-142; Q-29, 35, 36, 37, 42, 9.)
Do'stlaringiz bilan baham: |