Fanning o’quv rejasidagi fanlar bilan bog’liqligi
Manbashunoslik fanini chuqur o’zlashtirish, nazariy va amaliy manbashunoslik masalalar echimini to’liq anglab etishi qator fundamental fanlarga asoslanadi, chunonchi: Manbashunoslikni yaxshi egallash uchun talaba bir necha til, ayniqsa arab yozuvidagi turkiy til va g’arb tillaridan ingliz, nemis va fransuz tillaridan birini yaxshi bilishi kerak. Bu sohada rus tili ham ma`lum mavqega ega.
Arxeologiya va etnologiya asoslari, Xronologiya, tarixiy geografiya, Jahon tarixi, Antropogenez, Tabiy fanlar zamonaviy kontseptsiyasi, falasafa, iqtisodiyot fanlaridan etarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak.
Manbashunoslik fanida fanning predmetini yoritish, nazariy va amaliy manbashunoslik masalalari ahamiyatini ochib berish, O’rta va Markaziy Osiyo xalqlari davrlashtirishni tushuntirish va xronologiyasini ko’rsatish;
«Manbashunoslik» fani, xususan nazariy va amaliy manbashunoslik materiallari asosida, O’rta va Markaziy Osiyo xalqlari tarixiy davrlari, ulardagi ayrim muammoli masalalar, ularning mohiyatini hamda taraqqiyotini manbalar bilan o’rganish kerakligini ko’rsatish.
Fanni o’qitishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish
Talabalarning Manbashunoslik fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanning o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar, jadvallardan foydalaniladi.
Dasturda berilgan mavzular, ma’ruza, seminar shaklda olib boriladi. Shuningdek, fanning dolzarb masalalari, mustaqil ish sifatida talabalarga o’zlashtirish uchun beriladi. Fan zamonaviy pedagog texnologiyaning “Bumerang”, FSMU, Klaster, Insert, Aqliy hujum va boshqa interfaol usullar va taqdimotlardan foydalaniladi.
FANDAN O’TILADIGAN MAVZULAR VA ULAR BO’YICHA MASHG’ULOT TURLARIGA AJRATILGAN SOATLARNING TAQSIMOTI
Do'stlaringiz bilan baham: |