B., Mamatov sh. M. O`Zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat univеrsitеti
Download 1.08 Mb.
|
portal.guldu.uz-Manbashunoslik (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Ushbu kursning mazmuni
1.3. Kursni o`rganishda tarixiy manbalar, ko`rgazmali qurollar, statistik ma'lumotlardan, davriy marbuot, arxiv hujjatlari, Internet resurslaridan foydalanish, shuningdеk, mushohada, tahlil usullaridang kеng foydalaniladi.
1.4. Kursni o`rganishda “O`zbekiston tarixi” fanidan olingan bilimlarga suyanadilar. Bundan tashqari bu fan asoslarini tеran anglashda talabalarga “O’rta asrlar tarixi”, “Arxivshunoslik”, “Epigrafika”, «Paleografiya» kabi fanlar ham asqotishi shubhasiz. 2. Ushbu kursning mazmuni: «Manbashunoslik» kursini 3 kurs 5 semestrda o`rganish jarayonida mavjud o`quv dasturiga asoslangan holda masalalarning tub mohiyati, tarixiy manbalar turlari, tarixiy davrlarga oid manbalar haqida bilimlar beriladi. Fanni o’zlashtirgan talabaning malakaviy darajalari Fanni o’zlashtirgan talaba: Talabalar «Manbashunoslik» kursini turli davrlarda, hususan qadimgi, o’rta va yangi asrlar davomida insoniyat tomonidan yaratilgan yozma manbalarning yaratilishi va bu manbalarning o’ziga xos xususiyatlarini bilishi; «Manbashunoslik» kursini o’rganish jarayonida Vatanimiz hududidagi va qo’shni hududlarda yaratilgan yozma manbalar, ularning turlari to’g’risida bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi; «Manbashunoslik» kursini o’rganish jarayonida turli davrlarda xalq madaniy taraqqiyotini darajasi haqida tushunchaga ega bo’la boradi; «Manbashunoslik» kursini o’zlashtirish asnosida O’rta va Markaziy Osiyo xalqlari siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy xayoti va boshqa muammolari, o’ziga xos xususiyatlari xaqida manbalar asosida oydinlik kiritish imkoniyatiga ega bo’ladi; «Manbashunoslik» kursi orqali, uning asosiy bosqichlarini, turli davrlarga tegishli manbalarning o’ziga xos jihatlarini ko’rib chiqish va ularni bir biriga qiyosiy solishtirish asnosida tarixiy voqeylik xaqida tasavvurga ega bo’lish; O’rta va Markaziy Osiyo xalqlari siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy xayoti muammolari bo’yicha manbalarini qidirishi va o’rganishi, O’zbekiston tarixini o’rganishda oid yozma, epigrafik, numizmatik va boshqa manbalarni tahlil qilishi; Tarixiy manbalarni turlarga ajratish, davrlashtirish, har bir davr yozma manbalarining o’ziga hos jihatlari anglab etishi. «Manbashunoslik» kursinidagi O’rta va Markaziy Osiyo xalqlari siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy xayoti va boshqa muammolarini o’rganishdagi o’rni va ahamiyatini anglab etishi; O’zbekiston Respublikasining mustaqillikga erishishi, davlat suverinitetining tarixiy ahamiyatini, Vatanimizning mustqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy ravnaqini manbalar asosida tahlil qila olishi; Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling