B. N. Fayzimatov va


Download 32 Kb.
Sana16.01.2023
Hajmi32 Kb.
#1095664
Bog'liq
Такриз мақола axmedova


B.N.Fayzimatov va M.R.Axmedovalarning “Повышение точности формы отверстия при работе абразивно-деформационным инструментом” nomli maqolasiga
TAQRIZ
Abraziv asboblar bilan ishlovchi stanoklar hozirgi zamon mashinasozligida muhim o'rin egallaydi. Abraziv asbobdan foydalanish va uning ishlov berilgan sirt bilan o'zaro ta'siri kerakli darajadagi operatsion xususiyatlarni ta'minlash va ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish imkonini beradi. Lekin asosiy muammolaridan bu honlama samaradorligini pasayishiga, honlash paytida (silindrli liniyalar) teshik devorlarining nisbatan katta deformatsiyalari paydo bo'lishiga, bu esa dastlabki shakldagi xatoni tuzatishni qiyinlashtiradi. Bu muammoni hal etish maqsadida abraziv-deformatsiyalangan asbobni yaratdik. An'anaviy texnologiya yordamida teshiklarni qayta ishlashda ko'rsatilgan parametrlarga muvofiq aniqlik: 16 ... 10 mikron. Honlash jarayoni va plastik deformatsiya jarayonini o'z ichiga olgan kombinatsiyalangan texnologiya, bu bizga kerakli aniqlikni va an'anaviy honlamaga qaraganda kamroq vaqt ichida olish imkonini beradi. Yangi asbobni yaratish funktsiyalarni jihozlardan asbobga qayta taqsimlash tamoyiliga asoslangan edi. Maqolaning xulosasiga ko‘ra abraziv-deformatsiya qiluvchi kombinatsiyalangan ishlov berish asosida katta diametrli teshiklar shaklining aniqligini oshirish masalalari ko'rib chiqiladi, ishlov berish aniqligi jarayonning texnologik parametrlariga va asbobning strukturaviy elementlariga bog'liqligini ko'rsatadi.
Yuqoridari fikrlarni inobatga olgan xolda ushbu maqolani Andijon mashinasozlik institutining ilmiy-texnika jurnalida chop etish mumkin deb hisoblayman.
Andijon mashinasozlik instituti
Texnologik mashinalar va jihozlar”
kafedrasi mudiri t.f.n., dotsent X.U.Akbarov
Download 32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling