B. O. Bekn azarov


Download 4.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/55
Sana03.09.2017
Hajmi4.41 Mb.
#14900
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55



i

H  •  o —

■(.-!!  . 

С  f 1:

H -X  О 

—  j <  н   .......( • j f 

С — С П : } ! !

1

О

+0,070

III Majmua 

(

ubixinol



sitoxrom s-oksidoreduktaza)

Sitoxrom

b 5 5 6 ,   b 5 6 0

Gemoproteinlar 

(gem 

oqsillar 

bilan 

nekovalent bog‘lar orqali  bogMangan)

+  

0,075 

+ 0,080

Sit.si

Sitoxrom,  gemoprotein-C552  (oqsil  bilan 

gem bir-biriga kovalent bogMangan)

+ 0,235

FeSR

Temir oltingugurtli  oqsil  Riske  (2Fe2S)

+ 0,280

Sit.s

Sitoxrom,  gemoprotein-S5

5

o  (oqsil  va  gem 



bir-biriga  kovalent  bogMangan),  suvda 

eruvchan

+ 0,235

IVM ajm ua  (sitoxrom s,  kislorod-oksidoreduktaza; 

sitoxromoksidaz)

236

Sit.a

Sitoxrom  a-gemoprotein.  Bundagi  gem 

oqsillar bilan nekovalent bog‘langan.

+ 0,190 

+ 0,210

CuA

Sitoxrom 



bilan 

birga 

faoliyat 

ko‘rsatadigan 

mis 

atomining 

redoks- 

komponent majmuasi

Sit.a3

Sitoxrom 

a3  -gemoprotein; 

(kislorod 

bilan o ‘zaro ta’sir qilishi  mumkin)

+ 0,385

SuB

Mis  atomi  (sitoxrom  аз  ning  kislorod  bilan 

o ‘zaro ta’siri  majmuasida qatnashadi)

o 2, 

h

2

o

1 /20? + 2H+ + 2e' *— ►

 H20

+ 0,816

I  majmua. 

Elektronlami  NADH  molekulasidan  ubixinon  Q 

birikmasiga  ko‘chirilishini  ta’minlaydi.  Uning  uchun  substrat  bo‘lib 

Krebs  siklida  qaytariluvchi  mitoxondriyalarning  ichki  NADH  birikmasi 

xizmat  qiladi.  Majmua  tarkibiga  FMN  birikmasiga  bog‘liq  bo‘lgan 

NADN:  o‘zida  uchta  temiroltingugurtli  markaz  (FeSN1_3)  saqlovchi 

ubixinon oksireduktaza fermentlari  kiradi.

II  majmua. 

Suktsinatning  ubixinon  bilan  oksidlanishi  katalizlavdi. 

Ushbu  vazifani  flavinli  (FAD  birikmasiga  b o g iiq )  suktsinat:ubixinon- 

oksidoreduktaza  bajaradi.  Ushbu  fermentning  tarkibiga  ham  uchta 

temiroltingugurtli  (Fesi_3) markazlar kiradi.

III  majmua.  Elektronlami  qaytarilgan  ubixinondan  sitoxromga 

ko‘chiradi,  ya’ni  ubixinohtsitoxrom  s-oksireduktazaga  o ‘xshash  faoliyat 

ko‘rsatadi.  0 ‘z  tarkibida  sitoxrom  b556  va  b56o,  fsitoxrom  s\  va 

o b jngugurtli  oqsil  Riske  kiradi.  Tuzilishi  va vazifalari jihatidan  o^simlik 

hujayralari  xloroplastlar  tilakoidining  b6  -  f   majmuasiga  o ‘xshashdir. 

Ushbu  III  majmua  ubixinon  ishtirokida  elektronlarning  membranalar 

orqali  faol  tashiluvini  amalga oshiradi.

IV  majmua. 

Ushbu  majmuada  elektronlar  sitoxrom  с  birikmasidan 

kislorodga ko‘chiriladi.  Uning tarkibiga to‘rtta  redoks-birliklar:  sitoxrom 

a  va  a3  hamda  ikki  atom  mis  kiradi.  Sitoxrom  a3  va  Cub 0 2  bilan  o ‘zaro 

ta'sir  qilishi  mumkin  va  kislorodga  sitoxrom  a-  CuA  birikmasidan 

elektron+ar  ko‘chiriladi.  IV  majmua  orqali  elektronlar  tashiluvi  N 

ionlarining  faol  tashiluvi 

bilan  birga  boradi. 

Sitoxrom  a3-Cub 

birikmasining  0 2  bilan  o ‘zaro  ta’siri  ayrim  ingibitor  moddalar,  masalan, 

sianid,  azid, yoki  CO ta’sirida to‘xtatilishi  mumkin.

Oksidlanishli  fosforirlanish.  Yuqoridagilardan  kelib  chiqadiki, 

c&kironiariung  NADH  moiekulasidan  mkoxoiidnyaiamhig  ETZ  orqali 

Kislorodga  kv>‘chirilishi  erkin  energivani  v o ‘qotish  bilan  birga  boradi.

23 7

Ushbu energiyaning taqdiri  qanday? Bu yerda  shuni  aytib o ‘tish  lozimki, 

o ‘tgan  asrda  V.A.Engelgardt  aerob  nafas  olish  jarayonida  ATF 

moddasining  to‘planishini  kuzatgan  (1931).  U  birinchi  bor  ADF 

birikmasining  fosforirlanishi  va  aerob  nafas  olishning  birgalikda  borishi 

haqidagi 

nazariyani 

oldinga 

surgan. 

Keyinchalik 

rossiyalik 

biokimyogarlar  VA.Belitser  va  amerikalik  G.Kaikar  Krebs  siklining 

oraliq  mahsulotlari,  xususan,  qahrabo  va  limon  kislotalarining  hayvon 

to‘qimalari  suspenziyasi  bilan  oksidlanishi  jarayonida  anorganik  fosfor 

yo'qolib  ATF  hosil  bo‘lishini  tajribalar asosida tasdiqlashdi.

Anaerob  sharoitda  yoki  nafas  olish  jarayonini  sianid  ta’sirida 

to‘xtatilsa  bunday  fosforirlanish  kuzatilmaydi.  Mitoxondriyalaming  ETZ 

bo‘ylab  elektronlarning  tashiluvi 

mobaynida  ADF  birikmasining 

fosforirlanib,  ATF  moddasini  hosil  qilishi  oksidlamshli-fosforirlanish 

jarayoni 

nomini 

oldi. 

Hozirgi 

vaqtda 

tajribalar 

asosida 

aniq 

ko‘rsatilganki,  NADH  molekulasidan  kislorodga  bir  juft  elektronning 

ko‘chirilishi  eng  kamida  uch  molekula  ATF  moddasining  hosil 

bo‘lishiga  olib  keladi,  ya’ni  fosforirlanish  koeffitsiyenti  P/О  q  3. 

Fosforirlanish  koeffitsiyentining  ushbu  ko‘rsatkichi  ko‘chiruvchilar  har 

xil  guruhlari orasida energiyaning kamayib  borishi  bilan  izohlanadi.

Elektronlarning 

ko‘chiri lishida 

energiyaning 

kamayib 

borish 

ko‘rsatkichlari  eng  kamida  uch  molekula  ATF  sintezlanishi  uchun 

bemalol  yetib  ortadi.  Masalan,  I  majmuadagi  NADH  va  FeSH2  orasida 

elektronlarning  ko‘chirilishida  -50  kJ  atrofida  bo‘lsa,  III  majmuadagi 

ubixinon  va sitoxrom  Si  orasida  -13  kJ  va nihoyat sitoxrom a-  Sua va O



o ‘rtasida 



-84 

kJ. 

Agarda 

FAD 

foydalanilishi 

bilan 

suksinat 

oksidlanayotgan  bo‘lsa, 

fosforirlanishning  birinchi  bosqichi  ro‘y 

bermaydi  va  faqatgina  2e~  ko‘chirilishi  natijasida  ikki  molekula  ATF 

sintezlanadi.

Hozirgi  vaqtda  oksidlanishli  fosforirlanish  mexanizmi  haqida  uchta 

nazariya  mavjud.  Bular:  kimyoviy,  mexanokimyoviy  (shakl  o ‘zgarishli) 

va kimyoosmotik.

K im yoviy  gipoteza.  Ushbu  gipotezaga  asosan  mitoxondriyalarda 

oqsil  tabiatli  intermediatorlar  (X,  Y,  Z)  mavjud  bo‘lib,  ular  munosib 

qaytarilgan  tashuvchilar  bilan  majmualar  hosil  qiladi.  Buning  natijasida 

majmuadagi  tashuvchi  oksidlanadi  va  yuqori  energiyali  bog1  hosil 

bo‘ladi.  Majmuaning  intermediatorlarga  parchalanishi  natijasida  avvalo 

yuqori  energiyali  bog‘ga  anorganik  fosfat  birikadi.  So‘ngra  esa  u  ADF 

birikmasiga  uzatiladi. 

Ammo 

shu 

vaqtgacha  yuqori 

energiyali

238

intermediatorlar  ajratib  olinmagan  hamda  ulaming  mavjudligi  biror  bir 

usulda aniq ko‘rsatilmagan.

M exanokimyoviy  gipoteza.  Ushbu  gipotezaga  asosan  elektronlami 

ko‘chirish  mobaynida ajraluvchi  energiya bevosita mitoxondriyalar ichki 

membranasi  oqsillarining  yangilanishiga  olib  keladi  va  bunda  oqsilning 

energiyaga  boy  shakliy  o ‘zgarishi  yuzaga  keladi  hamda  u  o ‘z  navbatida 

ATF  hosil  bo‘lishini  ta’minlaydi.  Xuddi  shunday  gipotezalardan  biri 

amerikalik biokimyogar P.D.Boyer (1965) tomonidan taklif qilingan.

Binobarin, 

mexanokimyoviy 

gipotezaga 

asosan 

oksidlanish 

energiyasi 

aw alo 

mexanik 

energiyaga 

aylanib, 

so‘ngra 

ATF 

birikmasining  yuqori  energiyali  bog‘iga  aylanadi.  Ammo  mexano­

kimyoviy  gipoteza  ham  xuddi  oksidlanishning  kimyoviy  nazariyasiga 

o ‘xshash  mitoxondriyalar  mavjud  muhitning  nordonlashishi  hodisasini 

tushuntirib beraolmaydi.

Kimyoosmotik nazariya.  Hozirgi  vaqtda oksidlanishli  fosforirlanish 

jarayonining  nisbatan  tan  olingan  gipoteza  bu  angliyalik  biokimyogar 

P.Mitshellga 

(1961) 

taalluqlidir. 

Uning 

fikricha 

elektronlarning 

molekula-tashuvchilar  orqali  harakatlanishi  mitoxondriyalaming  ichki 

membranalarida yuz  beruvchi  H+ ionlarining tashiluvi  tufayli  yuz beradi. 

Buning  natijasida  membranalarda  o ‘z  ichiga  kimyoviy  yoki  osmotik 

gradiyent  (ApH)  va  elektrik  gradiyentni  (membrana  potensiali)  oluvchi 

H+  ionlarining  elektrokimyoviy  potensiali  hosil  bo‘ladi.  Bundan  kelib 

chiqadiki,  ATF  sintezi  uchun  zamr energiyaning  manbasi  H+  ionlarining 

transmembranali  elektrokimyoviy  potensialidir.  Bu  esa  proton  kanallari 

orqali  H+  ionlarining  membrana  ATFazasi  tufayli  tashiluvi  natijasida 

yuzaga keladi.

Mitshell  nazariyasiga  asosan  tashuvchilar  membranani  navbat  bilan 

«tikadi»  va  membrananing  bir  tomoniga  elektronlar  ham  protonlar  ham 

tashiladi.  Ikkinchi  tomoniga  esa  faqat  elektronlar  tashiladi.  Buning 

natijasida H+  ionlari  faqat membrananing bir tomoniga yig‘iladi.

Mitoxondriyalaming  ichki  membranasi  qarama-qarshi  tomonlarida 

protonlaming 

konsentratsiya 

gradiyentiga 

qarshi 

harakatlanishi 

natijasida  elektrokimyoviy  potensial  vujudga  keladi.  Mana  shu  tarzda, 

ya’ni  membranalarning  bo‘shalishi  -   konsentratsiya  gradiyenti  bo‘yicha 

protonlaming  ATFaza  orqali  tashiluvi  natijasida  zaxiralangan  energiya 

ATF  sintezi  uchun  foydalaniladi.  Bu yerda ATFaza xuddi  ATF-sintetaza 

kabi  ishlaydi.

0 ‘tgan  davrda  Mitshellning  kimyoosmotik  nazariyasi  bir  qancha 

tadqiqotchilaming  tajribalari  asosida  o ‘z  tasdig‘ini  topmoqda.  Masalan,

239

1973-yilda. 

amerikalik 

olim 

E.Reker  tomonidan 

ho‘kiz  yuragi 

mitoxondriyalaridan 

o ‘zida 

qatorlashgan 

ATFazalami 

tutgan 

lipomomalar  (fosfolipidlar  vezikulalari)  va  galofil  (Halobasterium 

halobium) 

bakteriyalardan 

yorugMik 

energiyasi 

hisobiga  proton 

gradiyenti  hosi  qiluvchi  xromoprotein-bakteriorodopsin  ajratib  olingan. 

Ushbu  liposomalarning  membranalarini  rekonstruktsiyalash  (qayta 

tiklash) 

uchun 

zarur 

fosfolipidlar 

o ‘simliklardan 

(loviyasimon 

dukkaklilardan)  ajratib  olingan.  Mana  shu  usulda  olingan  gibrid 

pufakchalarda yorugMikda fosforirlanish jarayoni  kuzatilgan.

ATF  sintezi  m exanizm i.  Mitoxondriyalarning  ichki  membranasi 

orqali 

ATFaza  majmuasi  yordamida  ATF  hosil 

boMishi 

bilan 

protonlarning  diffuziyasi jarayonining  birgalikda  borishi  shartli  ravishda 

ATF  sintezining 

omil  deyiladi.  F{  5  ta  har  xil  tipli  9  ta  subbirlikdan 

iborat  suvda  eruvchan  oqsildir.  Fi  oqsili  ATFazani  ifodalaydi  va  u 

boshqa  bir  F0  oqsili 

majmuasi  (membranani  «tikuvchi»)  bilan 

membranaga  bogMangan.  Ushbu  F0  oqsil  majmuasi  katalitik  faol  emas 

va  u  faqatgina  H 

ionlarini  membranalar  orqali  Fi  majmuaga 

ko‘chirilishida kanal  sifatida xizmat qiladi.

F]  va  F0  majmualari  tufayli  ATF  sintezlanish  jarayonining 

mexanizmi  hozircha  oxirigacha  o ‘rganilmagan.  Ammo  bir  nechta 

gipotezalar mavjud.  Biz shulardan  ayrimlarini  ko‘rib  chiqamiz.

ATF  sintezining  «to‘g ‘ridan-to4g ‘ri  sintezi»  Mitshell  tomonidan 

taklif  qilingan  (sxema).  Ushbu  sxemaga  asosan  fosforirlanishning 

birinchi  bosqichida  ADF  ferment  majmuasining  GVkomponenti  bilan 

bogManadi  (A).  So'ngra  protonlar  F0-  komponentining  kanallari  orqali 

harakatlanadi  va  fosfatdagi  kislorodlarning  biriga  birikadi  va  bir 

molekula  suv  holatida  ajralib  chiqadi  (B).  ADF  molekulasidagi  kislorod 

atomi  fosfor  atomi  bilan  birikadi  va  ATF  hosil  qiladi.  So‘ngra  esa  ATF 

molekulasi  ferment molekulasidan ajralib chiqadi  (B).

ATF  sintezining  g ‘ayri  tasviriy  mexanizmi  bo‘yicha  ham  bir  nechta 

variantlar  bor.  Ulardan  biri  sxemada  ko‘rsatilgan  P.Boyer  nazariyasidir. 

Bunda  ADF  va  anorganik  fosfat  ferment  molekulasiga  energiya  talab 

qilmasdan  birikadi.

Proton  kanallari  orqali  H+  ionlarining  o ‘z  elektrokimyoviy  potensiali 

gradiyentiga  asosan  harakatlanishi  jarayonida  ular  F,  majm uaning 

ayrim  uchastkalariga  birikadi.  Buning  natijasida  ferment  molekulasida 

konformatsion  o ‘zgarishlar vujudga  keladi  va ADF  va Fn  birikmalaridan 

ATF  sintezlanadi.  Matriksga  protonlarning  chiqishi  ATF-sintetaza

240

majmuasining  o‘zining  birlamchi  ko‘rinishiga  qaytishiga  va  va  A T F 

moddasining ajralishi bilan birga boradi (VII.8-rasm).

VII.8-rasm . Mitoxondriyalarda A T F sintezi bilan bog‘liq boigan 

protonlar tashiluvining sxemasi (V.V.Kuznetsov, G.A.Dm itriyeva 

bo‘yicha, 2005):

1-4-elektron tashiluv kompleksi, 5-ATF-sintaza(«kompleks  V»),  6-fosfat 

ко ‘chiruvchi,  7-piruvat ко ‘chiruvchi,  8-dikarbon kislotalari 

ko‘chiruvchisi,  9-adenil nukleotidlari ko'chiruvchilari,  10- 

parchalovchi,  11-tashqi membrana,  12-ichki membrana,  13- 

membranalararo bo'shlia,  14—teshikchalar,  15—F t  ionlarining yuqori 

konsentratsiyasi,  16-ft ionlarining past konsentratsiyasi.

241


Binobarin  G ‘ i  energiyali  holatida  xuddi  ATF-sintetazaga  o‘xshab 

ketadi.  Agarda  A T F  ajralishi  va  H+  ionlarining  elektrokimyoviy 

potensiali  o‘rtasida bog‘liqlik bo‘lmasa,  matriksdagi  ionlarining teskari- 

qayta  tashiluvi  jarayonida  ajraluvchi  energiya  issiqlik  energiyasiga 

aylanishi  mumkin.  Bu  hoi  ayrim hollarda hujayra uchun foydali  bo‘lishi 

mumkin,  muhitdagi  haroratning oshishi  fermentlar faolligining ortishiga 

olib keladi.

0 ‘simliklardagi nafas olish jarayoni boshqariluvining endogen 

mexanizmlari

Nafas  olish  jarayonining  turli  darajalarda  bo‘lishi  mumkin.  Avvalo 

bu  nafas  olishning  substratlari  tomonidan boMadigan  nazoratdir.  0 ‘zaro 

bog‘langan  nafas  olish  jarayoni  oksidoreduktazalar  faolligining, 

mitoxondriyalaming  ET Z ,  boshqa  sitoplazma  hamda  organoidlarda 

joylashgan  oksigenaza  va  o’

allosterik omillar sifatida  faoliy: '  kc'rsatacligan  birikmalarnmg umumsy 

metabolitlar  uchun  raqobatidan  келк  chiqadi.  Nafas  olish  siklining 

intermediatiari  bo‘lmish A T F va A D F, N A D H  v% N A D + qaytar aloqalar 

tizimida  nafas  olish  jarayonining  ayrim  qism’anni  to'xtatishi  (manf v 

qaytar aloqa) yoki faollashtirishi mumkin (musbat qaytar aloqa).

Hujayradagi  fermentlar  faoiligiga  undagi  fizik-kimyoviy  muh^ning 

(muhit  pH  ko‘rsatkichining  surilishi,  ionlaming  tarkibi  va  miqdori  va 

boshq)  ta’siri  juda  kattadir.  Shuning  uchun  ham  keyingi  vaqtda 

organizmlaming  fizik-kimyoviy  vs  funksional  xossalarini  katta  etibor 

berilmoqda.  Nafas  olish  jarayoniga  fitogormonlaming  ta’siri  ulaming 

oqsillar  sintezlanishiga  yoki  hujayraning  funksional  faoiligiga  ta’siri 

orqali  bo‘lishi  mumkin.  Ayrim   oksidoreduktazalarning  sintezi  genom 

nazoratida bo‘lib,  hujayraning rivojlanishi  rejasi  asosida  boradi.  Hozirgi 

vaqtda  olimlarning  aniqlashicha,  har  bir  hujayra  ucnun  uning 

rejalashtirilgan 

rivojlanishi 

va 

o‘limi 


programmasi 

mavjudligi 

aniqlangan (V.P.Skulashev, 2003).

Elektronlar  va  protonlar  tashiluvining  xilma-xil  yo‘Ilari. 

K o ‘pchilik  tugallovchi  oksidlanish  jarayonlarining  mohiyati  «terminal 

oksidazalarning» 

katalizi 

natijasida 

elektronlarning 

kislorodga 

ko‘chirilishidan  iboratdir.  Ushbu  turkumga  taalluqli  oksidazalar  tizimi 

hujayra mitoxondriyalarida, endoplazmatik retikulumda va sitoplazmada 

(sitozolda)  joylashgan  boiishi  mumkin.  Asosiy  redoks-tizim  hujavra- 

nafas 


olish 

zanjiri 


mitoxondriyalaming 

ichki 


membranasida

242

joylashgandir.  Uning  terminal  oksidazasi  bo‘lib  sitoxromoksidaza 

hisoblanadi.  Redoks-zanjir  bo‘ylab  ko‘chirilishi  A T F  molekulasida 

zaxiralangan  yuqori  energiyali  bog‘lar  tufayli  energiyaning  ajralishi 

bilan birgalikda beradi.

0 ‘simliklar  mitoxondriyalarida  altemativ  terminal  oksidaza  deb 

ataluvchi  yana  bir  oxirgi  ferment  faoliyat  ko‘rsatadi.  U  elektronlami 

koenzim 

birikmasidan 



oladi 

va 


uning 

faoliyati 

energiya 

zaxiralanishiga  bog‘liq  emas.  Ushbu  tizimning  faoliyati  o‘simlik  nafas 

olish  mitoxondriyalarining  hayvon  hujayralari  o‘xshash  organoidlariga 

nisbatan  sianid  moddasiga  kuchsiz  sezuvchanligi 

bilan  ifoda- 

lanadi.Terminal  oksidazalaming tabiati  haqidagi  ma’lumotlar juda kam. 

Terminal  oksidazalaming  kislorodga  sezuvchanligi 

sitoxromok- 

sidazalarga nisbatan ancha past, lekin faolligi yetarli darajada yuqori.

Shuni  aytib  o‘tish  lozimki,  o‘simlik  mitoxondriyalardagi  alternativ 

nafas  olishning  (sianidga  chidamli) vazifasi  noma’lum.  Nafas  olishning 

ushbu  yo‘li  hujayrada  ATF  miqdori  yuqori  holatida  va  nafas  olish 

faoiligining 

asosiy 


E T Z  

bo‘ylab 


pasayganida, 

ya’ni 


N A D H  

birikmasining  oksidlanishini  yuzaga  chiqaruvchi  holatda  ro‘y  beradi. 

Ayrim   o‘simliklarning  so'tasida  ushbu  tizim  termogenezda  ishtirok 

etishi  va  buning  natijasida  to‘qimalardagi  harorat  atmosfera  havosi 

haroratiga nisbatan  10-20°C yuqori bo'lishi mumkin.

Hujayralar  sitoplazmasida  tarkibida 

mis 

ionlarini 



saqlovchi 

askorbatoksidaza  hamda  polifenoloksidaza  fermentlari  faoliyati  tufayli 

piridinnukleotidlarning  oksidlanishli  qaytarilishini  yuzaga  chiqaruvchi 

tizim  ham  mavjud.  Askorbatoksidazaning  hujayradagi  nafas  olish 

jarayonidagi  ahamiyatidan  biri  bu  uning  muhim  qaytaruvchilardan 

ekanligi,  ya’ni  glutation  va  N A D (P)H   tizimlaridan  iborat  bo‘lib,  u 

glutationning  eng  muhim  qaytaruvchisi  hisoblanadi.  Shuningdek, 

hujayra  devorlarida  ham  askorbatoksidaza  faolligi  kuzatilgan.  Ammo 

ushbu  fermentning  hujayra  devoridagi  vazifasi  hozircha  yaxshi 

o‘rganilmagan.

Polifenoloksidazalar  o-ikkifenollami,  p-ikkifenollarni,  monofenollar 

va  boshqalarni  oksidlovchilardir.  Fenollarning  oksidlanishi  N A D (P)H  

yoki  askorbat  kislotasining oksidlanishi  bilan  birga boradi.  Shuningdek, 

Polifenoloksidazalar  o‘simliklardagi  «jarohatlar»ning  bitishida  ham 

qatnashadi.  Masalan,  o‘simliklar  to‘qimalar jarohatlanganda  fenollarni 

xinonlarga  aylantiradi.  Xinonlar  esa  o‘simlikning  jarohatlangan 

joylariga mikroorganizmlar qarshilik qiladi, ya’ni  ular mikroorganizmlar 

uchun  zaharli  bo‘lganligi  uchun  infeksiya  tushishiga  qarshilik  qiladi.



Download 4.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling