B. O. Bekn azarov
Download 4,41 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- -Bugdoy (Tritieum vulgare) endospermasidagi zaxiralovchi to ‘qima: l-aleyro qavati
- 2—endosperm, 3-nutselyar perisperm, 5-urug oyoqcha, 6-xalaza, l-urug
263 sabab boMgan. 0 ‘simliklar va zamburug‘lar fiziologiyasidagi geterotrof oziqlanish mexanizmlari bir biriga o‘xshash boMishi ham mumkin. Masalan, zamburugMar giflari plazmolemmasida, achitqilar hujayralarida H+pompalari faoliyat ko‘rsatadi va ulaming faoliyati tufayli tashqi muhitga turli xil nordon gidrolazalar ajraladi. Bu o‘z navbatida murakkab organik birikmalaming gidrolizlanishiga (hujayra tashqarisidagi hazm jarayoni) va hosil boMgan moddalaming so‘rilishiga olib keladi. Hujayralaming so‘rish mexanizmlari ham plazmolemmalarning H+- pompalari faoliyatiga bogMiqdir. Masalan, membrananing tashqi yuza qismining zangsimonlanishi organik kislotalarining dissotsiyalanishini kamaytiradi va ular neytral molekulalar sifatida hujayraga kiradi. Zamburug‘ giflari sitoplazmasiga qandlar va aminokislotalarning kirishi ularning H -г ionlari bilan maxsus lipoprotein tashuvchilar yordamidagi importi tufayli ro‘y beradi. Organik moddalaming H+ ionlari
bilan simport
bo‘yicha ko‘chirilishida energiya manbayi boMib plazmalemma H+ pompasining ishi tufayli yuzaga keladigan va o‘z ishiga elektrik membrana potensiali hamda pH ko‘rsatkichini oladigan proton harakatlantiruvchi kuch xizmat qiladi. Saprofit oziqlanish ko‘proq o‘simliklar olamining suv oMlariga xarakterlidir. Masalan, okean tublarida quyosh yorugMigi nurlari yetib bormaydigan oMa chuqur joylarda o‘suvchi diatom suv oMlari atrof muhitdagi organik moddalami o‘zlashtirishi tufayli oziqlanadilar. Shuningdek, suv havzalarida organik moddalar ko‘plab to‘planishi natijasida xlorokokklar, evglenalar va boshqa suv o‘tlari avtotrof oziqlanishdan geterotrof oziqlanishga oMishi mumkin. Ammo bu holda ham qandlaming hujayralarga ko‘chirilishi H+ ionlari bilan simporti holida ro‘y beradi, ya'ni plazmolemmaning proton harakatlantiruvchi kuchidan foydalaniladi. Yopiq urugMi o‘simliklarda saprofit oziqlnish juda kam uchraydi. Bunday o‘simliklarda xlorofill umuman yo‘q yoki boMsa ham juda kam miqdorda boMib avtotrof oziqlanish uchun ya'ni fotosintez jarayonining borishiga yetarli emas xolbuki ulaming orasida fotosintezlovchi turlari ham bor. Ular o‘z tanalarini qurish uchun hayvon va o‘simliklaming chiriyotgan qoldiqlaridan foydalanadilar. Masalan, chala butalarga taalluqli Gidiophytum formisarum o‘simligi poyasi katta ildizpoya shaklida boMib uni minglarcha kanalchalar teshib oMgan va ularda ko‘plab chumolilar joylashgandir. Ushbu tur o‘simliklari ildizpoyalarda 264 joylashgan chumclilarning hayot faoliyati mahsulotlari evaziga oziqlanadilar. Bu hoi nishonlangan tajribalar quyish orqali isbotlangan. Bunda pashshalarning lichinkalarining chumolilar tufayli ushbu o‘simlik tanasiga ko‘chirilishi va ulaming bir oydan so‘ng batamom o‘simliklar tomonidan hazm qilinishi hamda barglari va yer ostki qismlarda uchrashi tasdiqlangan. 0 ‘simliklarning ayrim xlorofillsiz turlari o‘zlarini organik oziq bilan ta’minlash uchun zamburug‘lar bilan simbioz holatida yashashadi. Ular mikotrof 0 ‘simliklar deyiladi va orxideyalar oilasining ko‘pchilik turlari ushbu oziqlanish tipiga mansubdir. Bu o‘simliklar urug‘larida ularning unishi uchun nihoyatda kam oziq moddasi bo‘lganligi sababli rivojlanishning boshlangMsh davridayoq zamburug‘lar bilan simbioz holatiga oMishadi. Zamburug‘ giflari urug‘lar qobigMni teshib kirishi tufayli o‘sayotgan murtakka turli organik moddalami va bijg‘ib chirigan muhitdan mineral tuzlarni yetkazib beradi. M ikotrof tip oziqlanishli orxideyalarning yetuk o‘simliklarida zamburug‘ giflari ildizlaming yuza qismlarigacha kirishi mumkin, ammo chuqur kiraolmaydi. Chunki, zamburug1 giflarining keyingi o‘sishi nisbatan ichkarilikda joylashgan ildiz to‘qimalaridan ajraladigan fungitsidlarning ta'siri va fagotsitlarga o‘xshash yirik yadroli katta hujayralar qarshilik qiladilar. Ushbu hujayralar zamburug4 giflarini hazm qilish va ajraladigan energiya'ni o‘zlashtirish xususiyatiga egadirlar. Ammo giflarning tashqi membranasi orqali ro‘y berishi mumkin bo‘lgan o‘simlik va zamburug‘lar orasidagi moddalar almashinuvi jarayoni ham ehtimoldan xoli emas. Xlorofillsiz boMgan Monotropa o‘simligi ham an’anaviy holda saprofitlarga talluqli deb qaraladi. Ammo bu holda saprofit oziqlanish usuli bevosita emas, balki mikoriz holatida zamburug‘ bilan simbioz ko‘rinishida boMadi va ko‘pchilik hollarda tekinxo‘rlik deb qaraladi. Chunki, ushbu o‘simlik uning ildizlariga o‘sib kirgan zamburug4 giflarini o‘zlashtirib hazm qiladi. Binobarin zamburug‘, xususan, saprofit boMib, o‘simlik esa tekinxo‘r hisobidadir. Zamburug‘ giflari tufayli ushbu o‘simlik ildizlari boshqa avtotrof o‘simliklaming xususan, daraxtlaming ildizlari bilan bogManishi va ulardan tekinxo‘r sifatida organik oziq moddalami olishi mumkin. Mikoriz holati ko‘pchilik o'simliklarda mineral tuzlar va suv yutilishini ko‘paytirish uchun xizmat qiladi. 265
Tekinxo‘rlar. Yuqoridagi va Monotropa o‘simliklari misolida yuksak o‘simliklaming oziqlanishi tekinxo‘rligi holatining namunasidir. Ammo mikoriz zamburugMari ham o‘zaro yoki yakka holda tekinxo‘r holatida yashashadi. Zamburug‘lar ildizlar hujayralariga qattiq yopishgan yoki ildizlarga kiruvchi o‘simta-hosilalarni, ya'ni
guastoriyalar
hosil qilish xususiyatiga ega. Guastoriyalar 0 ‘simliklardan oziqa moddalami, avvalo uglevodlami so‘rib oladi. Ushbu holning mexanizmi o‘z navbatida H+-pompalar faoliyati asosida boMishi mumkin. Asosiy tekinxo‘r yuksak o‘simliklar odatda tayyor organik moddalar bilan oziqlanuvchi va ushbu sharoitga oMa yuqori darajada moslashgan hamda evolutsiya mobaynida barglari redutsirlangan yoki toMa yo‘qolgan bir va ikki yillik o‘simliklardir. Ular o‘rtasida barglarini batamom yo‘qotgan va fotosintez jarayonini amalga oshira olmaydigan turlari
ham mavjud.
Masalan, ko‘pchilik qishloq xo‘jalik o‘simliklarining ildizlarida tekinxo‘rlik qilib yashovchi Orabamhe shular jumlasidandir. Uning urugMari faqatgina u tekinxoMlik qiluvchi o‘simlik ildizlarining ajratmalari ta'siridagina unish va o‘sish xususiyatiga ega. 0 ‘simtalar murtak ildiz qinchalarining uchi xo‘jayin- o‘simlik ildizlariga tegishi bilan ularda gidrolazalar ajratish xususiyati tufayli hujayra devorlarini erituvchi va ildizlarga faol kiruvchi guastoriyalar (suruvchilar) hosil boMa boshlaydi. Ushbu o‘simlik o‘zining o‘sishi va rivojlanichi mobaynida xo‘jayin-o‘simlik ildizlaridan ko‘p miqdorda azotli birikmalami, uglevodlarni, mineral tuzlarni, ayniqsa, fosforli birikmalami va suvni o‘zlashtiradi. Masalan, zarazixa bilan zararlangan pomidor o‘simligida azotli oqsillarning miqdori 3 marta, qanlar esa 16 marta kamayib ketishi kuzatilgan. Ildizlarda tekinxo‘rlik qiluvchilarga butalar va daraxtlarda tekinxo‘rlik qiluvchi - Lathraea sguamaria o‘simligini ham kiritish mumkin. Tekinxo'r o‘simliklar orasida faqatgina ildizlarda emas balki boshqa xo‘jayin-o‘simliklar tanasiga chirmashib o‘suvchi turlar ham mavjud. Masalan, oMsimon Sussuta
ipsimon tanasi bilan xo‘jayin-o‘simlikning tanasiga oMalib olib o‘zining redutsirlangan likopchasimon barglaridan o‘sib chiqqan guastoriyalari bilan oziq moddalami soM-adi. Povilikaning guastoriyalari koMinishi o‘zgargan ildiz yon hosilalaridir. Guastoriyalar xo‘jayin-o‘simlik po‘stlogMga qattiq yopishgan halqa-belbog‘ ko‘rinishiga ega boMadi. Halqaning markazidagi bir guruh hujayralar xo‘jayin-o‘simlikning po‘stlogMga teshib kirib uning o‘zagidagi navchalargacha yetib boradi 266 va ulardan suv organik moddalar hamda mineral tuzlami so‘rib ola boshlaydi. Povilikaning o‘simtalarida o‘simlik-xo‘jayinning ildiz ajratmalari va namlikka nisbatan aylanma o‘sish harakatlari mavjud (xemotropizm) va ular shu tufayli tekinxo‘rlik qiluvchi o‘simligini topadi. Tekinxo‘r o‘simliklaming boshqa bir vakili
rafleziya tropik
muhitda o‘suvchi liana
daraxtining ildizlari shirasi bilan oziqlanadi. Uning guastoriyasi o‘simlik hujayra devorini buzuvchi selluloza va boshqa fermentlami ajratadi va shu tufayli o‘z qurbonining tanasiga botib kirib u yerda (yer ostida) deyarli butun ontogenizini o‘tkazadi. Faqatgina uning gullari yer o‘stiga chiqadi. Radiofaol nishonlash orqali rafleziyaning xo‘jayin-o‘simlikdan, asosan, saxaroza va glutamin, asparagin kislotalari va ularning amidlarini olishi ko‘rsatilgan. Hasharotxo‘r o‘simliklar va ularning ahamiyati. Hozirgi vaqtda fanda kichik hasharotlar va boshqa mayda umurtqasiz hayvonlami tutib ulardagi organik moddalami qo‘shimcha oziq sifatida foydalanuvchi 400 va undan ortiq o‘simlik turlari mavjud. Ulaming ko‘pchiligi azotga kambag‘al botqoq tuproqlarda uchraydi. Ammo ulaming epifit va suv o‘tlari formalari ham bor. Umuman ko‘pchilik hasharotxo‘r o‘simliklar mineral elementlar juda kam boMgan tuproqlarda yashaydi. Ulaming ildizlari kuchsiz rivojlangan va boshqa botqoq o‘simliklaridan farqli o‘laroq, ularda mikoriz yo‘q. Shuning uchun ham ulaming o‘sishi va rivojlanichida tutib olingan (ovlangan) narsaning ahamiyati kattadir. Hasharotxo‘r o‘simliklar o‘z qurbonining tanasidan azot, fosfor, kaliy va oltingugurt elementlarini oladi. Shuningdek, aminokislotalar va boshqa parchalanuvchi birikmalar tarkibidagi uglerod ham hasharotxo‘r o‘simliklar metabolizmida qatnashadi. Masalan, rosyanka o‘simligi go‘sht parchalari bilan oziqlantirilganda nazorat varianti o‘simliklariga nisbatan bir qancha ko‘rsatkichlari-xususan, ko‘payish organlarining yaxshi rivojlanishi bilan farqlangan. Shuningdek, puzirshatka o‘simligi faqatgina hayvonlar bilan oziqlangandan so‘ngina gullash xususiyatiga ega. V III.1 . H A SH A R O T X O ‘R 0 ‘S IM L IK L A R N IN G O Z IQ L A N IS H I Hozirgi vaqtda mayda hasharotlar va boshqa kichik organizmlarni tutuvchi va hazm qiluvchi ya'ni ulardan qo‘shimcha oziq sifatida foydalanuvchi 400 tadan ortiq yopiq urugMi o‘simliklar vakillari aniqlangan. Ulaming ko‘pchiligi tarkibida azotli birikmalar kam boMgan 267
botqoqli joylarda uchraydi. Hasharotxo‘r o‘simlikIaming epifit va suv o‘tlari formalari mavjud ammo ulaming barchasining ovlovchi mexanizmlari o‘xshashdir. Ovlovchi mexanizmlar. Hasharotxo‘r o‘simliklaming barglari o‘zgarib maxsus « qopqonlami » tashkil qiladi va fotosintez bilan birga o‘ljani tutish uchun ham xizmat qiladi. Umuman hasharotxo‘r o‘simliklaming ulardagi ovlash mexanizmlariga qarab ikki guruhga bo‘lib qarash mumkin. OMjani loqayd ovlash tipi. Bunda ikki xil holat kuzatiladi: a) mayda hayvonlar hasharotxo‘r o‘simliklar barglari maxsus bezli tukchalaridan ajralgan tarkibida nordon polisaxaridlar ko‘p boMgan yopishqoq quyuq shiraga yopishib qolishi (biblis, rosolist); b) hasharotxo‘r o‘simliklardagi yorqin rangga ega boMgan va xushbo‘y hid qismi
hujayralarida plazmolemmalaridagi H+- pompalarining faoliyati tufayli boMadi. Oshqozon muhitiga H+- ionlaridan sung protonlaming chiqishini almashtira oluvchi xlor ionlarining chiqishi boshlanadi. 0 ‘simliklar uchun
xlor makroelementining ahamiyati unchalik kuchli emas va shuning uchun ham hujayralarda u ko‘plab to‘planmaydi. Shuning uchun ham hasharotxoM* o‘simliklar ovqat hazm qilish tizimi shira ajratuvchi hujayralardan H+-sung xlor ionlari emas, balki, organik kislotalar,.ing ionlari, avvalo chumoli kislotasi anioni chiqadi. Hasharotxo‘r o‘simliklardagi nordon proteazaning xossalari maksimal faolligi pH 1-2 atrofida buluvchi oshqozon pepsiniga o‘xshashdir. V III.2 . O R G A N IK M O D D A LA R H IS O B IG A G E T E R O T R O F O Z IQ L A N IS H Hasharotxo‘r o‘simliklaming hayvon qoldiqlari bilan ovqatlanishi xususiyatlari asosida ular hujayralarining boshqa organlardan oqib keluvchi yoki zaxira birikmalardan ajraluvchi organik moddalar bilan oziqlanishi yotadi. 0 ‘simliklar organizmi avtotroflardir, ammo ularning barglarida fotosintez jarayonida C 0 2 va H20 birikmalaridan hosil boMgan uglerodli moddalar boshqa organlar va qismiarga o‘tib u yerda ular tomonidan geterotrof foydalaniladi. Ammo o‘simllk organizmi tomonidan zaxira uglevodlar, oqsillar, yogMar yoki qariyotgan barglardagi kabi
boMadigan sitoplazmaning biopolimerlaridan foydalanilsa, ushbu moddalar avvalo, nisbatan kichik holdagi birikmalarga gidrolizlanishi, ya'ni tashish va o‘zlashtirish murnkin 268
bo‘lgan holga o‘tishi lozim. Bu hoi hasharotxo‘r o‘simliklardagi hayvon qoldiqlari bilan oziqlanish jarayonidan tubdan farq qilmaydi. Endospermdagi oziqlanish jarayonlari. 0 ‘simliklarda ovqat hazm qilish jarayonini o‘rganish uchun mos hoi bu endospermasi tarkibida organik moddalar mavjud boigan unayotgan urug‘lar va ulaming maysalaridir. Boshoqlilarning pishgan urug‘lari murtagi endosperm to‘qimalari bilan bevosita aloqada emas. Shuning uchun ham zaxira organik moddalaming (oqsillar, polisaxaridlarning ) parchalanishi va boshqa to‘qimalar hujayralari tomonidan o‘zlashtirilishi ko‘rinishi o'zgargan urug'palla-sutasimon hosila tufayli ro‘y beradi. Qoida jihatidan hosilaning vazifasi hayvonlar oshqozoniga o‘xshashdir. Binobarin, urug‘laming unishi va maysalarning o‘sishi mobaynida endospermdagi erimaydigan polisaxaridlar hamda oqsillar kabi organik birikmalaming hazm bo‘lish mexanizmi hasharotxo‘r o‘simliklarda ovqat hazm bo‘lishidagi hayvonlardagiga o‘xshash to‘qimalari va hayvonlar oshqozonidagi jarayonlarga o‘xshash boMishi mumkin. Haqiqatdan ham hosilaning epitelial hujayralarida H+-pompalar mavjud bo‘lib, hosila endospermga organik kislotalarni (limon kislotasi va boshq.) ajratadi. Endospermning yarim o‘lik holatida (donlaming pishishi vaqtida endosperm hujayralarining yadrosi va ko‘pchilik organoidlari yemirilib ketadi) nordon gidrolazalar faollashadi. Masalan, a-amilazaning faollashishi tufayli avvalo kraxmal maltoza va glukozaga parchalanadi. Kislotalar chiqarish bilan birga hosilaning epitelial hujayralari endospermga nordon gidrolazalar Masalan, a- va (3- amilazalar, sellyulaza, proteaza, har xil glyukanazalar, fosfatazalar, R N K azalar va boshqalarni ajrata boshlaydi. Urug‘ .unishining 3-4 kuni hosilaning oziq hazin qilish tizimiga endospermning birdan bir tirik hujayralar qavati ya'ni atrof aleyron qavati hujayralari kirishadi. Aleyron hujayralar ham endospermga organik kislotalar va nordon gidrolazalarni (a-amilazalarni, proteazalar, RNKazalar va boshqa.) ajrata boshlaydi. Mana shu hosilaning va aleyron qavatning birgalikdagi ishi tufayli endospermdagi zaxira moddalaming parchalanishi ro‘y beradi (VHI.l-rasm ). Hosila suruvchi organ ham hisoblanadi. Hosilaning endosperm bilan o‘rtasidagi epitelial hujayralarining plazmolemmasida qandlar, aminokislotalar, anorganik ionlar va anionlaming endospermdan hosila sitoplazmasiga tashiluvi ro‘y beradi. Hosila sitoplazmasidan oziq birikmalari avvalo, o‘tkazuvchi to‘qima-bog‘larga so‘ngra esa o‘suvchi murtakka yetkazib beriladi. 269
Vlll.l-rasm . Makkajo‘xori donchalarining endospermasi hujayra tashqi nordon oziq hazm qiluvchi i zimi sxemasi (V.V.Polevoy, 1989) 1—maysci, 2—о 'tqazuvchi :uiam, 3-qobiq, 4—aleyron qavat. Ushbu jarayon proton harakatlantiruvchi kuchni hosil qiluvchi membranalar H+-pompalarining ishi bilan bog‘liqdir. Hosilanir.g epitelial hujayralar plazmalemmaiari orqali organik moddak ling tashiluvi H+-ionlari bilan simport holida amalga oshiriladi. Bu yerda shuni ta'kidlab o4tish lozimki, endospermdagi oziq moddalarning ishlatilishi doimiy : vishda gormonlar nazorati ostida boiadi. Masalan, hosilaning sekretorlik faoliyati sitokinin va auksin tomonidan faollansa, aleyron hujayralardagi gidrolazalaming sintezi va sekretsiyasi murtak va hosiladan aleyron hujayralarga keluvchi gibberellin gormonining doimiy nazoratida boiadi. Shuni aytib o iish kerakki, ko‘pchilik o‘simliklar urugiarida zaxira moddalar to‘planadi, bu ulaming oziqlanishiga va himoyalanishiga yordam beradi (VIII.2-rasm ). Unuvchi
urugiarda zaxira
oqsillarning foydalanilishL 0 ‘simliklarning mavsumiy rivojianishi tinchlik davrlarini ham o‘z ichiga oladi. Tinchlik davridan oldin barglardan oqib kelayotgan assimilatlar zaxira holatiga oikaziladi. Bu zaxiralangan oziq moddalari o‘simlikning keyingi o‘sish vegetatsiyasi davri uchun zarurdir. 270
VIII.2-rasm . Turli 0 ‘simliklar urugMaridagi zaxira moddalar: A -Bug'doy (Tritieum vulgare) endospermasidagi zaxiralovchi to ‘qima: l-aleyro qavati, 2—kraxmal saqlovchi to 'qima: B-Tamaki (Nisotiana) uriig 'i-ко 'ndalang kesimda: i-endosperma, 2—murtak: C -iavlagi (Beta vulgaris) urug'i: I-perisperm, 2—endosperm, 3-nutselyar perisperm, 5-urug 'oyoqcha, 6-xalaza, l-urug ‘
qobig 7,
7 - (A va B-V.G . Aleksandrov, 1966, B-N.S.Kiseleva, N.V.Sheluxina, 1969) UrugMarning, ildizlar, poyalar va mevalarning zaxiralovchi to‘qimalari zaxira oziq moddalar to‘planadigan idishni tashkil qiladi. Hujayralarda azot, uglerod va shu kabi boshqa elementlarining ko‘plab to‘p!anishi osmotik jihatidan kuchsiz faollikka yoki umuman osmotik faol emas birikmalar yig‘ilishiga olib keladi. Hujayralarda yig‘iladigan makromolekulyar zaxira moddalar, Masalan, oqsillar, polisaxaridlar va yogMar xuddi shunday osmotik faollikga ega emas moddalar hisoblanadi. Uruglardagi oqsillarning miqdori anchaginadir. Masalan, quruq moddaga nisbatan dukkakli o‘simliklar donlaridagi umumiy oqsilning miqdori 20-30% bo‘lsa moyli urug‘lar va boshoqdoshlar donlarida ushbu ko‘rsatkich mos ravishda 17-42% va 7-14% atrofidadir. Aleyron donchalarda va oqsil tanachalarida yig‘ilgan zaxira oqsillar asosan globulinlar (ikkipallalilardagi asosiy forma) va albuminlar holatida boMadi. Shuningdek, o‘simliklar urugMardagi zaxira oqsillar glutelinlar prolaminlar holatida ham boMishi mumkin. Aleyron donchalar-hujayraning asosiy zaxiralovchi organellalaridan hisoblanadi 0,1-25 mkm kattalikda boMishi mumkin. Aleyron donchalar bir qavatli membrana bilan o‘ralgan boMib tarkibining 70-80%(quruq ogMrlikga nisbatan) oqsillardan iboratdir. Shuningdek, aleyron donchalar tarkibiga oqsillardan tashqari fosfolipidlar, uglevodlar, fitin, R N K va shavel (otquloq) kislotasi kiradi. Aleyron donchalar tarkibi va tuzilishiga qarab ikkiga, ya'ni oddiy va murakkab guruhlarga boMinadi. Murakkab aleyron donchalar ayrim ikki 271
urug‘pallali o‘simliklar urugiariga xos boiib, ikki tipdagi-globoid va kristalloid tipidagi va amorf material bilan o‘ralgan hosilalami o‘z ichiga oladi. Aleyron
donchalardagi mavjud
umumiy oqsillaming 60% kristalloidlarda, 35-40% amorf zonada va 3-5% globoidlarda joylashgandir. Aleyron donchalardagi oqsillaming bir qismi fitin, uglevodlar va lipidlar bilan kompleks hosil qilgan bo‘lib urug‘ning unishi mobaynida birinchi navbatda gidrolitik fermentlar ta'sirida parchalanadi. Globoidlarda inozitfosfat kislotasining kalsiyli, magniyli, kaliyli tuzi joylashgandir. Urugiaridagi endospermasi tarkibida kraxmali ko‘p boigan donli o‘simliklar donlaridagi aleyron donchalari nisbatan oddiy tuzilishga ega. Oddiy aleyron donchalaming ulchami murakkab donchaldarga nisbatan kichikroq boiib, tarkibida hosilalar yo‘q. Ulardagi fitin oqsilli amorf matriksda joylashgandir. Aleyron donchalarda ayrim nordon gidro;izalar ham mavjud. O qsilli tanachalar. Ular boshoqdoshlarning donlarining kraxmali ko‘p boigan endosperm qismida joylashgandir. Ular bir necha mikrometr oicham ga ega bo iib, geterogen tuzilishga ega, ya'ni tarkibida zaxira oqsillardan tashqari kraxmal, lipidlar va bir qancha nordan gidrolazalar mavjud. Urugiardagi oqsillaming parchalanishi urugiam ing bc'kish
davrining boshidayoq ro‘y beradi va uchbu jarayon bir nechta proteazalar faoliyati tufayli amalga oshadi. Gidrolizning birlamchi bosqichida oqsillar zaxirasining juda kam m aiurn bir miqdori proteoliz natijasida parchalanadi xolos. Bunda murtakning o‘q organlaridagi, aleyron donchalaming aleyron qavatidagi albuminlar va globulinlar parchalanadi. Oqsillaming eruvchanligi va harakatchanligi ortadi. Oqsillar gidrolizining ushbu bosqichi davomida, asosan, urugb unishining keyingi davrlari metabolizmida ishlatiladigan yangi ferment oqsillaming sintezi uchun zarur boigan aminokislotalar hosil boiadi. Oqsiilar parchalanishining ikkinchi bosqichi urug‘ unishining keyingi 5-10 kuni mobaynida davom etib zaxira organlaridagi oqsillar tezlikda aminokislotalarga gidrolizlana boshlaydi. Ushbu
aminokislotalar o‘suvchi murtakga tashilib uning geterotrof oziqlanishi uchun foydalaniladi. Oqsilli tanachalar gidrolizining oxirgi bosqichda, zaxira organlaridagi murtak hujayralarini geterotrof oziq hazm qilishni ta'minlagan tuzilma va ferment oqsillari to ia degradatsiyaga uchrab yo‘qolib ketadi.
Download 4,41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling