B. O. Bekn azarov


Download 4.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/55
Sana03.09.2017
Hajmi4.41 Mb.
#14900
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55

263

sabab  boMgan.  0 ‘simliklar va  zamburug‘lar fiziologiyasidagi  geterotrof 

oziqlanish  mexanizmlari  bir  biriga  o‘xshash  boMishi  ham  mumkin. 

Masalan, 

zamburugMar 

giflari 

plazmolemmasida, 

achitqilar 

hujayralarida  H+pompalari  faoliyat  ko‘rsatadi  va  ulaming  faoliyati 

tufayli  tashqi  muhitga  turli  xil  nordon  gidrolazalar  ajraladi.  Bu  o‘z 

navbatida  murakkab  organik  birikmalaming  gidrolizlanishiga 

(hujayra 

tashqarisidagi  hazm  jarayoni)

  va  hosil 

boMgan  moddalaming 

so‘rilishiga olib keladi.

Hujayralaming  so‘rish  mexanizmlari  ham  plazmolemmalarning  H+- 

pompalari  faoliyatiga  bogMiqdir.  Masalan,  membrananing  tashqi  yuza 

qismining  zangsimonlanishi  organik  kislotalarining  dissotsiyalanishini 

kamaytiradi  va  ular  neytral  molekulalar  sifatida  hujayraga  kiradi. 

Zamburug‘  giflari  sitoplazmasiga qandlar va aminokislotalarning kirishi 

ularning  H -г  ionlari  bilan  maxsus  lipoprotein  tashuvchilar  yordamidagi 

importi tufayli ro‘y beradi.

Organik 

moddalaming 

H+ 

ionlari 


bilan 

simport 


bo‘yicha 

ko‘chirilishida  energiya  manbayi  boMib  plazmalemma  H+  pompasining 

ishi  tufayli  yuzaga keladigan  va o‘z  ishiga elektrik membrana potensiali 

hamda pH ko‘rsatkichini oladigan proton harakatlantiruvchi kuch xizmat 

qiladi.

Saprofit  oziqlanish  ko‘proq  o‘simliklar  olamining  suv  oMlariga 



xarakterlidir.  Masalan,  okean  tublarida  quyosh  yorugMigi  nurlari  yetib 

bormaydigan  oMa  chuqur  joylarda  o‘suvchi  diatom  suv  oMlari  atrof 

muhitdagi  organik  moddalami  o‘zlashtirishi  tufayli  oziqlanadilar. 

Shuningdek,  suv  havzalarida  organik  moddalar  ko‘plab  to‘planishi 

natijasida  xlorokokklar,  evglenalar  va  boshqa  suv  o‘tlari  avtotrof 

oziqlanishdan geterotrof oziqlanishga oMishi  mumkin.  Ammo  bu  holda 

ham  qandlaming  hujayralarga  ko‘chirilishi  H+  ionlari  bilan  simporti 

holida  ro‘y  beradi,  ya'ni  plazmolemmaning  proton  harakatlantiruvchi 

kuchidan foydalaniladi.

Yopiq  urugMi  o‘simliklarda  saprofit  oziqlnish  juda  kam  uchraydi. 

Bunday o‘simliklarda xlorofill  umuman yo‘q yoki  boMsa ham juda kam 

miqdorda  boMib  avtotrof oziqlanish  uchun ya'ni  fotosintez jarayonining 

borishiga  yetarli  emas  xolbuki  ulaming  orasida  fotosintezlovchi  turlari 

ham  bor.  Ular  o‘z  tanalarini  qurish  uchun  hayvon  va  o‘simliklaming 

chiriyotgan  qoldiqlaridan  foydalanadilar.  Masalan,  chala  butalarga 

taalluqli 

Gidiophytum  formisarum

  o‘simligi  poyasi  katta  ildizpoya 

shaklida  boMib  uni  minglarcha  kanalchalar  teshib  oMgan  va  ularda 

ko‘plab  chumolilar joylashgandir.  Ushbu  tur o‘simliklari  ildizpoyalarda



264

joylashgan  chumclilarning  hayot  faoliyati 

mahsulotlari  evaziga 

oziqlanadilar.  Bu  hoi  nishonlangan  tajribalar  quyish  orqali  isbotlangan. 

Bunda pashshalarning lichinkalarining chumolilar tufayli  ushbu o‘simlik 

tanasiga  ko‘chirilishi  va  ulaming  bir  oydan  so‘ng  batamom  o‘simliklar 

tomonidan  hazm  qilinishi  hamda  barglari  va  yer  ostki  qismlarda 

uchrashi tasdiqlangan.

0 ‘simliklarning ayrim xlorofillsiz  turlari o‘zlarini  organik oziq bilan 

ta’minlash  uchun  zamburug‘lar  bilan  simbioz  holatida  yashashadi.  Ular 

mikotrof 



0

‘simliklar

 deyiladi  va orxideyalar oilasining  ko‘pchilik turlari 

ushbu  oziqlanish  tipiga  mansubdir.  Bu  o‘simliklar  urug‘larida  ularning 

unishi  uchun  nihoyatda  kam  oziq  moddasi  bo‘lganligi  sababli 

rivojlanishning  boshlangMsh  davridayoq  zamburug‘lar  bilan  simbioz 

holatiga  oMishadi.  Zamburug‘  giflari  urug‘lar  qobigMni  teshib  kirishi 

tufayli  o‘sayotgan murtakka turli  organik moddalami  va  bijg‘ib chirigan 

muhitdan mineral tuzlarni yetkazib beradi.

M ikotrof  tip  oziqlanishli 

orxideyalarning  yetuk  o‘simliklarida 

zamburug‘  giflari  ildizlaming  yuza  qismlarigacha  kirishi  mumkin, 

ammo  chuqur  kiraolmaydi.  Chunki,  zamburug1  giflarining  keyingi 

o‘sishi  nisbatan  ichkarilikda joylashgan  ildiz to‘qimalaridan  ajraladigan 

fungitsidlarning  ta'siri  va  fagotsitlarga  o‘xshash  yirik  yadroli  katta 

hujayralar  qarshilik  qiladilar.  Ushbu  hujayralar  zamburug4  giflarini 

hazm  qilish  va  ajraladigan  energiya'ni  o‘zlashtirish  xususiyatiga 

egadirlar.  Ammo  giflarning  tashqi  membranasi  orqali  ro‘y  berishi 

mumkin  bo‘lgan  o‘simlik  va  zamburug‘lar  orasidagi  moddalar 

almashinuvi jarayoni ham ehtimoldan xoli emas.

Xlorofillsiz  boMgan 

Monotropa

  o‘simligi  ham  an’anaviy  holda 

saprofitlarga  talluqli  deb  qaraladi.  Ammo  bu  holda  saprofit  oziqlanish 

usuli  bevosita  emas,  balki  mikoriz  holatida  zamburug‘  bilan  simbioz 

ko‘rinishida  boMadi  va  ko‘pchilik  hollarda  tekinxo‘rlik  deb  qaraladi. 

Chunki,  ushbu  o‘simlik  uning  ildizlariga 

o‘sib  kirgan  zamburug4 

giflarini o‘zlashtirib hazm qiladi.

Binobarin  zamburug‘, 

xususan,  saprofit  boMib,  o‘simlik  esa 

tekinxo‘r  hisobidadir.  Zamburug‘  giflari  tufayli  ushbu  o‘simlik  ildizlari 

boshqa  avtotrof  o‘simliklaming  xususan,  daraxtlaming  ildizlari  bilan 

bogManishi  va  ulardan tekinxo‘r sifatida  organik  oziq  moddalami  olishi 

mumkin.

Mikoriz  holati  ko‘pchilik  o'simliklarda  mineral  tuzlar  va  suv 



yutilishini ko‘paytirish uchun xizmat qiladi.

265


Tekinxo‘rlar.  Yuqoridagi  va 

Monotropa

  o‘simliklari  misolida 

yuksak o‘simliklaming oziqlanishi  tekinxo‘rligi  holatining namunasidir. 

Ammo  mikoriz  zamburugMari  ham  o‘zaro  yoki  yakka  holda  tekinxo‘r 

holatida yashashadi.

Zamburug‘lar ildizlar  hujayralariga qattiq yopishgan  yoki  ildizlarga 

kiruvchi 

o‘simta-hosilalarni, 

ya'ni 


guastoriyalar

 

hosil 



qilish 

xususiyatiga  ega.  Guastoriyalar 

0

‘simliklardan 



oziqa  moddalami, 

avvalo  uglevodlami  so‘rib  oladi.  Ushbu  holning  mexanizmi 

o‘z 

navbatida H+-pompalar faoliyati asosida boMishi mumkin.



Asosiy  tekinxo‘r yuksak o‘simliklar odatda tayyor organik moddalar 

bilan  oziqlanuvchi  va  ushbu  sharoitga  oMa  yuqori  darajada  moslashgan 

hamda  evolutsiya  mobaynida  barglari  redutsirlangan  yoki  toMa 

yo‘qolgan  bir  va  ikki  yillik   o‘simliklardir.  Ular  o‘rtasida  barglarini 

batamom  yo‘qotgan  va  fotosintez jarayonini  amalga  oshira  olmaydigan 

turlari 


ham 

mavjud. 


Masalan, 

ko‘pchilik 

qishloq 

xo‘jalik 

o‘simliklarining  ildizlarida  tekinxo‘rlik  qilib  yashovchi 

Orabamhe 

shular jumlasidandir.  Uning  urugMari  faqatgina  u  tekinxoMlik  qiluvchi 

o‘simlik 

ildizlarining  ajratmalari 

ta'siridagina  unish 

va  o‘sish 

xususiyatiga  ega.  0 ‘simtalar  murtak  ildiz  qinchalarining  uchi  xo‘jayin- 

o‘simlik  ildizlariga  tegishi  bilan  ularda  gidrolazalar  ajratish  xususiyati 

tufayli  hujayra  devorlarini  erituvchi  va  ildizlarga  faol  kiruvchi 

guastoriyalar  (suruvchilar)  hosil  boMa  boshlaydi.  Ushbu  o‘simlik 

o‘zining o‘sishi  va rivojlanichi  mobaynida xo‘jayin-o‘simlik ildizlaridan 

ko‘p  miqdorda  azotli  birikmalami,  uglevodlarni,  mineral  tuzlarni, 

ayniqsa,  fosforli  birikmalami  va  suvni  o‘zlashtiradi.  Masalan,  zarazixa 

bilan  zararlangan  pomidor  o‘simligida  azotli  oqsillarning  miqdori  3 

marta,  qanlar  esa  16  marta  kamayib  ketishi  kuzatilgan.  Ildizlarda 

tekinxo‘rlik  qiluvchilarga  butalar va  daraxtlarda  tekinxo‘rlik  qiluvchi  - 

Lathraea sguamaria o‘simligini ham kiritish mumkin.

Tekinxo'r  o‘simliklar orasida faqatgina ildizlarda emas balki  boshqa 

xo‘jayin-o‘simliklar  tanasiga  chirmashib  o‘suvchi  turlar  ham  mavjud. 

Masalan,  oMsimon 

Sussuta


  ipsimon  tanasi  bilan  xo‘jayin-o‘simlikning 

tanasiga  oMalib  olib  o‘zining  redutsirlangan  likopchasimon  barglaridan 

o‘sib chiqqan  guastoriyalari  bilan  oziq moddalami  soM-adi.  Povilikaning 

guastoriyalari  koMinishi  o‘zgargan  ildiz yon  hosilalaridir.  Guastoriyalar 

xo‘jayin-o‘simlik 

po‘stlogMga 

qattiq 

yopishgan 



halqa-belbog‘ 

ko‘rinishiga ega boMadi.

Halqaning  markazidagi  bir  guruh  hujayralar  xo‘jayin-o‘simlikning 

po‘stlogMga  teshib  kirib  uning  o‘zagidagi  navchalargacha  yetib  boradi



266

va  ulardan  suv  organik  moddalar  hamda  mineral  tuzlami  so‘rib  ola 

boshlaydi.  Povilikaning  o‘simtalarida  o‘simlik-xo‘jayinning  ildiz 

ajratmalari  va  namlikka  nisbatan  aylanma  o‘sish  harakatlari  mavjud 

(xemotropizm)  va  ular  shu  tufayli  tekinxo‘rlik  qiluvchi  o‘simligini 

topadi.

Tekinxo‘r  o‘simliklaming 



boshqa  bir 

vakili 


rafleziya 

tropik 


muhitda  o‘suvchi 

liana 


daraxtining  ildizlari  shirasi  bilan  oziqlanadi. 

Uning  guastoriyasi  o‘simlik  hujayra  devorini  buzuvchi  selluloza  va 

boshqa  fermentlami  ajratadi  va  shu  tufayli  o‘z  qurbonining  tanasiga 

botib  kirib  u  yerda  (yer  ostida)  deyarli  butun  ontogenizini  o‘tkazadi. 

Faqatgina  uning  gullari  yer o‘stiga  chiqadi.  Radiofaol  nishonlash  orqali 

rafleziyaning  xo‘jayin-o‘simlikdan,  asosan,  saxaroza  va  glutamin, 

asparagin kislotalari va ularning amidlarini olishi ko‘rsatilgan.

Hasharotxo‘r  o‘simliklar  va  ularning  ahamiyati. 

Hozirgi  vaqtda 

fanda  kichik  hasharotlar  va  boshqa  mayda  umurtqasiz  hayvonlami  tutib 

ulardagi organik moddalami qo‘shimcha oziq sifatida foydalanuvchi 400 va 

undan ortiq o‘simlik turlari mavjud. Ulaming  ko‘pchiligi azotga kambag‘al 

botqoq tuproqlarda uchraydi.  Ammo ulaming epifit va suv o‘tlari  formalari 

ham  bor.  Umuman  ko‘pchilik  hasharotxo‘r o‘simliklar  mineral  elementlar 

juda  kam  boMgan  tuproqlarda  yashaydi.  Ulaming  ildizlari  kuchsiz 

rivojlangan va boshqa botqoq o‘simliklaridan  farqli o‘laroq, ularda mikoriz 

yo‘q.  Shuning  uchun  ham  ulaming  o‘sishi  va  rivojlanichida  tutib  olingan 

(ovlangan)  narsaning  ahamiyati  kattadir.  Hasharotxo‘r  o‘simliklar  o‘z 

qurbonining tanasidan azot,  fosfor,  kaliy  va oltingugurt elementlarini oladi. 

Shuningdek,  aminokislotalar  va  boshqa  parchalanuvchi  birikmalar 

tarkibidagi uglerod ham hasharotxo‘r o‘simliklar metabolizmida qatnashadi. 

Masalan, 

rosyanka 

o‘simligi  go‘sht  parchalari  bilan 

oziqlantirilganda 

nazorat varianti o‘simliklariga nisbatan bir qancha ko‘rsatkichlari-xususan, 

ko‘payish  organlarining  yaxshi  rivojlanishi  bilan  farqlangan.  Shuningdek, 

puzirshatka 

o‘simligi  faqatgina  hayvonlar  bilan  oziqlangandan  so‘ngina 

gullash xususiyatiga ega.

V III.1 . H A SH A R O T X O ‘R  0 ‘S IM L IK L A R N IN G  

O Z IQ L A N IS H I

Hozirgi  vaqtda  mayda  hasharotlar  va  boshqa  kichik  organizmlarni 

tutuvchi  va  hazm  qiluvchi  ya'ni  ulardan  qo‘shimcha  oziq  sifatida 

foydalanuvchi  400  tadan  ortiq  yopiq  urugMi  o‘simliklar  vakillari 

aniqlangan.  Ulaming ko‘pchiligi tarkibida azotli  birikmalar kam boMgan

267


botqoqli  joylarda  uchraydi.  Hasharotxo‘r  o‘simlikIaming  epifit  va  suv 

o‘tlari  formalari  mavjud  ammo  ulaming  barchasining  ovlovchi 

mexanizmlari o‘xshashdir.

Ovlovchi  mexanizmlar. 

Hasharotxo‘r  o‘simliklaming  barglari 

o‘zgarib  maxsus  «

qopqonlami

»  tashkil  qiladi  va  fotosintez  bilan  birga 

o‘ljani  tutish  uchun  ham  xizmat  qiladi.  Umuman  hasharotxo‘r 

o‘simliklaming  ulardagi  ovlash  mexanizmlariga  qarab  ikki  guruhga 

bo‘lib qarash mumkin.

OMjani loqayd ovlash tipi. Bunda ikki xil holat kuzatiladi:

a)  mayda hayvonlar  hasharotxo‘r o‘simliklar  barglari  maxsus  bezli 

tukchalaridan  ajralgan  tarkibida  nordon  polisaxaridlar  ko‘p  boMgan 

yopishqoq  quyuq shiraga yopishib qolishi 

(biblis, rosolist);

b)  hasharotxo‘r  o‘simliklardagi  yorqin  rangga  ega  boMgan  va 

xushbo‘y 

hid 

qismi 


hujayralarida 

plazmolemmalaridagi 

H+- 

pompalarining  faoliyati  tufayli  boMadi.  Oshqozon  muhitiga  H+- 



ionlaridan  sung  protonlaming  chiqishini  almashtira  oluvchi  xlor 

ionlarining 

chiqishi 

boshlanadi. 

0 ‘simliklar 

uchun 


xlor 

makroelementining  ahamiyati  unchalik  kuchli  emas  va  shuning  uchun 

ham  hujayralarda  u  ko‘plab  to‘planmaydi.  Shuning  uchun  ham 

hasharotxoM*  o‘simliklar  ovqat  hazm  qilish  tizimi  shira  ajratuvchi 

hujayralardan  H+-sung  xlor  ionlari  emas,  balki,  organik  kislotalar,.ing 

ionlari,  avvalo  chumoli 

kislotasi  anioni 

chiqadi.  Hasharotxo‘r 

o‘simliklardagi  nordon proteazaning  xossalari  maksimal  faolligi pH  1-2 

atrofida buluvchi oshqozon pepsiniga o‘xshashdir.

V III.2 . O R G A N IK  M O D D A LA R  H IS O B IG A  G E T E R O T R O F  

O Z IQ L A N IS H

Hasharotxo‘r  o‘simliklaming  hayvon  qoldiqlari  bilan  ovqatlanishi 

xususiyatlari  asosida  ular  hujayralarining  boshqa  organlardan  oqib 

keluvchi  yoki  zaxira  birikmalardan  ajraluvchi  organik  moddalar  bilan 

oziqlanishi  yotadi.  0 ‘simliklar  organizmi  avtotroflardir,  ammo  ularning 

barglarida  fotosintez  jarayonida  C 0 2  va  H20   birikmalaridan  hosil 

boMgan  uglerodli  moddalar  boshqa  organlar  va  qismiarga  o‘tib  u  yerda 

ular  tomonidan  geterotrof  foydalaniladi.  Ammo  o‘simllk  organizmi 

tomonidan  zaxira  uglevodlar,  oqsillar,  yogMar  yoki  qariyotgan 

barglardagi 

kabi 


boMadigan 

sitoplazmaning 

biopolimerlaridan 

foydalanilsa,  ushbu 

moddalar  avvalo, 

nisbatan  kichik  holdagi 

birikmalarga  gidrolizlanishi,  ya'ni  tashish  va  o‘zlashtirish  murnkin

268


bo‘lgan  holga o‘tishi  lozim.  Bu hoi  hasharotxo‘r o‘simliklardagi hayvon 

qoldiqlari  bilan oziqlanish jarayonidan tubdan farq qilmaydi.

Endospermdagi oziqlanish jarayonlari. 

0 ‘simliklarda  ovqat hazm 

qilish  jarayonini  o‘rganish  uchun  mos  hoi  bu  endospermasi  tarkibida 

organik  moddalar  mavjud  boigan  unayotgan  urug‘lar  va  ulaming 

maysalaridir.  Boshoqlilarning  pishgan  urug‘lari 

murtagi  endosperm 

to‘qimalari  bilan  bevosita  aloqada  emas.  Shuning  uchun  ham  zaxira 

organik  moddalaming  (oqsillar,  polisaxaridlarning  )  parchalanishi  va 

boshqa  to‘qimalar  hujayralari  tomonidan  o‘zlashtirilishi  ko‘rinishi 

o'zgargan  urug'palla-sutasimon 

hosila

  tufayli  ro‘y  beradi.  Qoida 



jihatidan  hosilaning vazifasi hayvonlar oshqozoniga o‘xshashdir.

Binobarin,  urug‘laming  unishi  va  maysalarning  o‘sishi  mobaynida 

endospermdagi  erimaydigan  polisaxaridlar  hamda  oqsillar  kabi  organik 

birikmalaming  hazm  bo‘lish  mexanizmi  hasharotxo‘r  o‘simliklarda 

ovqat  hazm  bo‘lishidagi  hayvonlardagiga  o‘xshash  to‘qimalari  va 

hayvonlar oshqozonidagi jarayonlarga o‘xshash boMishi  mumkin.

Haqiqatdan  ham  hosilaning  epitelial  hujayralarida  H+-pompalar 

mavjud  bo‘lib,  hosila endospermga organik  kislotalarni  (limon  kislotasi 

va  boshq.)  ajratadi.  Endospermning  yarim  o‘lik  holatida  (donlaming 

pishishi  vaqtida  endosperm  hujayralarining  yadrosi  va  ko‘pchilik 

organoidlari  yemirilib  ketadi)  nordon  gidrolazalar  faollashadi.  Masalan, 

a-amilazaning faollashishi tufayli  avvalo kraxmal  maltoza va glukozaga 

parchalanadi.  Kislotalar  chiqarish  bilan  birga  hosilaning  epitelial 

hujayralari  endospermga  nordon  gidrolazalar  Masalan,  a-  va  (3- 

amilazalar,  sellyulaza,  proteaza,  har  xil  glyukanazalar,  fosfatazalar, 

R N K  azalar va boshqalarni ajrata boshlaydi.

Urug‘  .unishining  3-4  kuni  hosilaning  oziq  hazin  qilish  tizimiga 

endospermning  birdan  bir  tirik  hujayralar  qavati  ya'ni  atrof  aleyron 

qavati  hujayralari  kirishadi.  Aleyron  hujayralar  ham  endospermga 

organik  kislotalar va  nordon  gidrolazalarni  (a-amilazalarni,  proteazalar, 

RNKazalar  va  boshqa.)  ajrata  boshlaydi.  Mana  shu  hosilaning  va 

aleyron  qavatning  birgalikdagi  ishi  tufayli  endospermdagi  zaxira 

moddalaming parchalanishi ro‘y beradi (VHI.l-rasm ).

Hosila  suruvchi 

organ  ham  hisoblanadi.  Hosilaning  endosperm 

bilan  o‘rtasidagi  epitelial  hujayralarining  plazmolemmasida  qandlar, 

aminokislotalar,  anorganik  ionlar  va  anionlaming  endospermdan  hosila 

sitoplazmasiga  tashiluvi  ro‘y  beradi.  Hosila  sitoplazmasidan  oziq 

birikmalari  avvalo,  o‘tkazuvchi  to‘qima-bog‘larga so‘ngra esa o‘suvchi 

murtakka yetkazib beriladi.

269


Vlll.l-rasm . 

Makkajo‘xori donchalarining endospermasi hujayra tashqi 

nordon oziq hazm qiluvchi  i zimi sxemasi (V.V.Polevoy,  1989)

1—maysci,  2—о 'tqazuvchi :uiam,  3-qobiq,  4—aleyron qavat.

Ushbu  jarayon  proton  harakatlantiruvchi  kuchni  hosil  qiluvchi 

membranalar  H+-pompalarining  ishi  bilan  bog‘liqdir.  Hosilanir.g 

epitelial  hujayralar 

plazmalemmaiari  orqali  organik  moddak  ling 

tashiluvi H+-ionlari bilan simport holida amalga oshiriladi.

Bu  yerda 

shuni  ta'kidlab  o4tish  lozimki,  endospermdagi  oziq 

moddalarning  ishlatilishi  doimiy  :  vishda  gormonlar  nazorati  ostida 

boiadi.  Masalan,  hosilaning  sekretorlik  faoliyati  sitokinin  va  auksin 

tomonidan  faollansa,  aleyron  hujayralardagi  gidrolazalaming  sintezi  va 

sekretsiyasi  murtak  va  hosiladan  aleyron  hujayralarga  keluvchi 

gibberellin gormonining doimiy nazoratida boiadi.

Shuni  aytib  o iish   kerakki,  ko‘pchilik  o‘simliklar  urugiarida  zaxira 

moddalar  to‘planadi,  bu  ulaming  oziqlanishiga  va  himoyalanishiga 

yordam beradi (VIII.2-rasm ).

Unuvchi 


urugiarda 

zaxira 


oqsillarning 

foydalanilishL 

0 ‘simliklarning 

mavsumiy  rivojianishi  tinchlik  davrlarini  ham  o‘z 

ichiga  oladi.  Tinchlik  davridan  oldin  barglardan  oqib  kelayotgan 

assimilatlar zaxira  holatiga  oikaziladi.  Bu  zaxiralangan  oziq  moddalari 

o‘simlikning keyingi o‘sish  vegetatsiyasi davri uchun zarurdir.

270


VIII.2-rasm . Turli 

0

‘simliklar urugMaridagi zaxira moddalar: A



-Bug'doy 

(Tritieum vulgare) endospermasidagi zaxiralovchi to ‘qima:  l-aleyro qavati, 

2—kraxmal saqlovchi to 'qima:  B-Tamaki (Nisotiana)  uriig 'i-ко 'ndalang kesimda: 

i-endosperma,  2—murtak:  C -iavlagi (Beta vulgaris)  urug'i:  I-perisperm,

2—endosperm,  3-nutselyar perisperm,  5-urug 'oyoqcha,  6-xalaza,  l-urug

 ‘ 


qobig

 7, 


7 - (A  va B-V.G . Aleksandrov,  1966, B-N.S.Kiseleva, N.V.Sheluxina,  1969)

UrugMarning, 

ildizlar, 

poyalar  va  mevalarning  zaxiralovchi 

to‘qimalari  zaxira  oziq  moddalar  to‘planadigan  idishni  tashkil  qiladi. 

Hujayralarda azot,  uglerod  va  shu  kabi  boshqa  elementlarining  ko‘plab 

to‘p!anishi  osmotik  jihatidan  kuchsiz  faollikka  yoki  umuman  osmotik 

faol  emas  birikmalar yig‘ilishiga  olib  keladi.  Hujayralarda  yig‘iladigan 

makromolekulyar  zaxira  moddalar,  Masalan,  oqsillar,  polisaxaridlar  va 

yogMar  xuddi  shunday  osmotik  faollikga  ega  emas  moddalar 

hisoblanadi.

Uruglardagi 

oqsillarning  miqdori  anchaginadir.  Masalan,  quruq 

moddaga  nisbatan  dukkakli  o‘simliklar  donlaridagi  umumiy  oqsilning 

miqdori  20-30%  bo‘lsa  moyli  urug‘lar  va  boshoqdoshlar  donlarida 

ushbu ko‘rsatkich mos ravishda  17-42% va 7-14% atrofidadir.

Aleyron  donchalarda  va oqsil  tanachalarida  yig‘ilgan  zaxira  oqsillar 

asosan  globulinlar  (ikkipallalilardagi  asosiy  forma)  va  albuminlar 

holatida  boMadi.  Shuningdek,  o‘simliklar  urugMardagi  zaxira  oqsillar 

glutelinlar prolaminlar holatida ham boMishi mumkin.

Aleyron  donchalar-hujayraning

 asosiy  zaxiralovchi  organellalaridan 

hisoblanadi 0,1-25  mkm kattalikda boMishi  mumkin.  Aleyron donchalar 

bir  qavatli  membrana  bilan  o‘ralgan  boMib  tarkibining  70-80%(quruq 

ogMrlikga nisbatan) oqsillardan iboratdir.  Shuningdek, aleyron donchalar 

tarkibiga  oqsillardan  tashqari  fosfolipidlar,  uglevodlar,  fitin,  R N K   va 

shavel (otquloq) kislotasi kiradi.

Aleyron  donchalar tarkibi va tuzilishiga qarab  ikkiga, ya'ni  oddiy va 

murakkab  guruhlarga boMinadi.  Murakkab aleyron  donchalar ayrim  ikki

271


urug‘pallali  o‘simliklar  urugiariga  xos  boiib,  ikki  tipdagi-globoid  va 

kristalloid  tipidagi  va  amorf  material  bilan  o‘ralgan  hosilalami  o‘z 

ichiga oladi.

Aleyron 


donchalardagi 

mavjud 


umumiy 

oqsillaming 

60% 

kristalloidlarda,  35-40%  amorf  zonada  va  3-5%  globoidlarda 



joylashgandir.  Aleyron  donchalardagi  oqsillaming  bir  qismi  fitin, 

uglevodlar  va  lipidlar  bilan  kompleks  hosil  qilgan  bo‘lib  urug‘ning 

unishi  mobaynida  birinchi  navbatda  gidrolitik  fermentlar  ta'sirida 

parchalanadi.

Globoidlarda  inozitfosfat kislotasining kalsiyli, magniyli, kaliyli tuzi 

joylashgandir.  Urugiaridagi 

endospermasi  tarkibida  kraxmali  ko‘p 

boigan  donli  o‘simliklar donlaridagi  aleyron  donchalari  nisbatan  oddiy 

tuzilishga  ega.  Oddiy  aleyron 

donchalaming  ulchami  murakkab 

donchaldarga  nisbatan  kichikroq  boiib,  tarkibida  hosilalar  yo‘q. 

Ulardagi  fitin  oqsilli  amorf  matriksda 

joylashgandir.  Aleyron 

donchalarda  ayrim nordon gidro;izalar ham mavjud.

O qsilli  tanachalar.  Ular  boshoqdoshlarning  donlarining  kraxmali 

ko‘p  boigan  endosperm  qismida  joylashgandir.  Ular  bir  necha 

mikrometr  oicham ga  ega  bo iib,  geterogen  tuzilishga  ega,  ya'ni 

tarkibida  zaxira  oqsillardan  tashqari  kraxmal,  lipidlar  va  bir  qancha 

nordan gidrolazalar mavjud.

Urugiardagi 

oqsillaming 

parchalanishi 

urugiam ing 

bc'kish 


davrining  boshidayoq  ro‘y  beradi  va  uchbu  jarayon  bir  nechta 

proteazalar  faoliyati  tufayli  amalga  oshadi.  Gidrolizning  birlamchi 

bosqichida oqsillar zaxirasining juda  kam  m aiurn  bir  miqdori  proteoliz 

natijasida  parchalanadi  xolos.  Bunda  murtakning  o‘q  organlaridagi, 

aleyron  donchalaming  aleyron  qavatidagi  albuminlar  va  globulinlar 

parchalanadi.  Oqsillaming  eruvchanligi  va  harakatchanligi  ortadi. 

Oqsillar 

gidrolizining  ushbu  bosqichi  davomida,  asosan,  urugb 

unishining  keyingi  davrlari  metabolizmida  ishlatiladigan  yangi  ferment 

oqsillaming sintezi uchun zarur boigan aminokislotalar hosil boiadi.

Oqsiilar  parchalanishining 

ikkinchi  bosqichi  urug‘  unishining 

keyingi  5-10  kuni  mobaynida  davom  etib  zaxira  organlaridagi  oqsillar 

tezlikda 

aminokislotalarga 

gidrolizlana 

boshlaydi. 

Ushbu 


aminokislotalar  o‘suvchi  murtakga  tashilib  uning  geterotrof oziqlanishi 

uchun  foydalaniladi.  Oqsilli  tanachalar  gidrolizining  oxirgi  bosqichda, 

zaxira  organlaridagi  murtak  hujayralarini  geterotrof oziq  hazm  qilishni 

ta'minlagan  tuzilma  va  ferment  oqsillari  to ia   degradatsiyaga  uchrab 

yo‘qolib ketadi.


Download 4.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling