B. O. Bekn azarov


Download 4.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/55
Sana03.09.2017
Hajmi4.41 Mb.
#14900
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   55

6

IX.3-rasm. Yo'ldosh hujayralar va elaksimon naylaming tuzilishi 

(V .V . Polevoy.  1989):  1-eiaksimon plastinka, 2-plazmodesma, 3-sitoplazma,

4—plazmalemma, 5-elaksimon plastinka g‘ovaklaridagi kalloza, 6-F-oqsil,

7—vadro, 8-mitoxondriya, 9—plastida,  10—vakuola,  11—Goldji apparati, 

12-ribosoma,  13-endoplazmatik to‘r.

Barg 

plastinkasida 



o‘tqazuvchi 

tiziinning 

tashkiHznishL 

Barglardagi  mavjud  umumiy  to‘qimaIarning  25%  o‘tkazuvchi  tizirn 

hissasiga  to‘g‘ri  keladi.  0 ‘tkazuvchi  tizimning  uzunligi  1  sm  yuzaga 

nisbatan  20-100  sm  atrofida  boMishi  mumkin.  Ammo  ushbu 

ko‘rsatkichning  faqatgina  5%  yirik  o‘tkazuvchi  to‘qimalar  hissasiga 

to‘g‘ri keladi. Qolgan 95% ingichka o‘tkazuvchi to‘qimalardir.

0 ‘tkazuvchi  to‘qimalar tutamlariga  kiruvchi  nisbatan  qattiq  tomirlar 

ksilema  va  yaxshi  rivojlangan  floemadan  iboratdir.  Eng  kichik tutamlar 

tarkibiga  bir-uchta  traxeal  elementlar  kirib  floema  esa  kuzatuvchi 

hujayra  bilan  bitta  tursimon  naydan  iboratdir.  Floema  tutamlarining 

oxirgi qismi faqat parenxima hujayralarini tutadi.

Binobarin  barglarda  suitezlangan  assimilatlarning  floemaning 

o‘tkazuvchi  tizimiga  o‘tishi  avvalo  kuzatuvchi  hujayralar va  parenxima 

hujayralariga  oMishidan,  so‘ngra  esa  uzoqqa  tashishga  moslashgan 

maxsus elaksimon elementlarga oMishi tufayli  boMadi.

Barglardagi  assimilatlarning  tashiluvi  qattiq  tartiblashgandii,  ya'm  

mezofil 

hujayralaridagi 

bar  qaysi 

mikrozonada  (70-130  rrkr 

radiusdagi)  sintezlangan  foto*:n*.?z 

v:  i  v ’  "

tutam-o‘tqazuvchi  to'qimaga.  so'ngra e:*-,  tloema  hujayrafcri  orqali  y ir l

290


tomirlar tomonga  qarab  harakatlanadi.  Shunday  qilib  har  bir  mikrozona 

tarkibiga bor-yo‘g‘i bir nechta mezofill hujayralari kiradi xolos.

Floema  shirasining  tarkibi. 

Floema  shirasidagi  qandlaming 

tashiluvchi  asosiy  formasi  bu  saxarozadir.  Shu  sababli  floema  shirasi 

tarkibida  saxarozani  glukoza  va  fruktozaga  parchalovchi  ferment 

invertaza  fermentining  faolligi  juda  ham  kam.  Floema  shirasidagi 

saxarozaning  miqdori  barg  mezofill  hujavralaridagiga  nisbatan  10-30 

marotaba  ortiq  boMib  qumq  tnoddaga  nisbatan  80-85%  yoki  0,8-1,0 

mol/1  atrotldadir.  Floemaning  to‘rsimon  naylarida  boshqa  qandlar, 

Masalan,  rafnoza  va  saxioza,  spirtlar  (sorbit)  ham  tashilishi  mumkin. 

Floema  shirasi  tarkibidagi  azotli  birikmalar  masalan,  oqsillar,  amidlar, 

aminokislotalaming miqdori 0,5% atrofida boMadi.

Floema  shirasi  tarkibida  organik  kislotalar,  vita’minlar,  fitogor­

monlar  masalan,  auksin,  gibberellinlar,  sitokininlar  va  anorganik  tuzlar 

(1-3%  atrofida)  ham  uchraydi.  Fitogormoniarning  miqdori  juda  ham 

kam  bo'lib  5-50  nmol/1  atrofidadir.  Floema  shirasining  o‘ziga  xos 

tomonlaridan  biri  bu  unda  K7  ionlarining  ko‘pligi  (50-200  mmol/1)  va 

pH  ko‘rsatkichining  balandligidir  (8,0-8,5)  hamda  yoMdosh-hujayralar 

faoliyati  tufayli  boiadigan  A T F  miqdorining  0,4-0,6  mM/1  atrofida 

boMishligidir.

Floemadagi 

tashiluv 

mexanizmlari. 

Floemaning 

to‘rsimon 

naylaridagi  assimilatlaming  harakatlanish  tezligi  50-100  sm/s  bo‘lib 

asosan  uchta  bir-biriga  bogMiq  jarayonlardan  iboratdir.  Bular  floema 

shirasining  to‘lishi,  assimilatlaming to‘rsimon  elementlarda tashiluvi  va 

floemadan shiraning chiqishi.

Floema shirasining to'lishi.

  Hujayra devorlarining erkin  bo‘shlig‘ida 

(apoplastda)  barglardagi  umumiy  qandlaming  20%  qismiga  yaqini 

boMishi  mumkin.  Ushbu  qandlar  asosan  saxarozadan  iborat  bo‘lib  barg 

mezofill  hujayralarining  fotosintezi  natijasida  hosil  boMadi.  Hozirgi 

vaqtgacha  mezofill  hujayralaridan  floemaga  qandlaming  tashiluvi 

jarayoni  yaxshi o‘rganilmagan va turli  tur o‘simliklarida har xil  kechadi 

deb faraz qilinadi.

Qandlaming 

osmotik 


konsentratsiyasining 

miqdori, 

ingichka 

o‘tkazuvchi  tutamlardagiga qaraganda,  mezofill  hujayralarida,  nisbatan, 

kam  boMadi.  Qandlaming  keyingi  tashiluv  jarayonlarida  ham 

qandlaming  miqdori  bir  muncha  orta  boradi.  Masalan,  ingichka 

tutamlardan  o‘rtacha  tutamlarga  undan  esa  barg  tutamlariga  o‘tgan  sari 

qandlaming miqdori orta boradi, ammo mezofill hujayralaridan ingichka 

tutamlarga o‘tganidagiga nisbatan ancha kam o‘zgaradi.

291


Binobarin  bargdagi  o‘tkazuvchi  tizimning  assimilatlar  bilan  to‘lishi 

qandlaming  konsentratsiyasi  gradiyentiga  qarama-qarshi  rayishda, 

energiya sarflanishi  bilan  boradi.  Bu yerda A T F  manbayi  bo‘lib qo‘shni 

parenxima  hujayralariga  nisbatan  nafas  olish  jadalligi  3-4  marotaba 

yuqori  boMgan,  mitoxondriyalarga juda  boy  yoMdosh-hujayralar xizmat 

qiladi.


Hozirgi  zamon  adabiyotlar  ma’lumotlariga  qaraganda  yoMdosh- 

hujayralar  plazmalemmasida  ya'ni  floemaning  boshlang‘ich  parenxima 

hujayralari 

membranalarida  tashqariga  ishlaydigan  H+-pompalari 

mavjud.  Apoplastdagi  ushbu  H+-pompalarining  ishi  tufayli  K +  ionlari 

va  saxaroza  xlorenxima  hujayralariga  o‘tadi.  Shuning  bilan  bir  vaqtda 

floemaning boshlang‘ish hujayralari  plazmolemmalarida vujudga kelgan 

pH(ApH)  gradiyenti  ushbu  hujayralarga  saxarozaning  H+-ionlari 

simporti bilan birgalikda ko‘chirilishiga olib keladi.

Membranalar  orqali  H+  ionlarining  ko'chirilishi  ushbu  holda 

gradiyent  konsentratsiyasi  bokvicha  ketsa.  qandlaming  tashiluvi  uning 

teskarisi  boMadi.  Ushbu  jaravon  plazmalemmadagi  oqsil-tashuvchilar 

ishi 

tufayli 


ro‘y 

berib 


ulaming 

protonlashishi 

saxarozaning 

ko‘chirilishiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi.

Hujayraga  kirgan  H+  ionlari  faoliyati  K +  ionlariga  bogMiq  boMgan 

H+-pompasining  ishi  tufayli  yana  tashqariga  chiqariladi.  Saxaroza  va 

K +  ionlari  ko‘p  sonli  plazmodesmalar  orqali  to‘rsimon  naylar 

bo‘shligMga o‘tkaziladi.

.  Floema  to‘qimalariga  mezofilldan  aminokislotalar  va  boshqa 

metabolitlar ham yuqoridagi  kabi o‘tadi.

Yuqorida  keltirilgan  mexanizm  faqatgina  to‘rsimon  naylarda 

saxarozaning  yigMlishini  tuchuntirib  qolmasdan,  balki,  nima  sababdan 

to‘rsimon  naylarda  protonlar  konsentratsiyasining  kam,  ammo  kaliy 

miqdorining  esa  ko‘pligi  sababining  ham  izohidir.  To‘rsimon  naylarda 

osmotik faol  moddalar miqdorining ortishi  unga atrof muhitdan  suvning 

kelishiga, avvalo ksilema to‘qimalaridan o‘tishiga sababchi boMadi.

Floema  shirasida  bir  qancha  ionlar  ham  mavjud.  Nishonlangan 

izotoplar  uslubida  shu  narsa  aniqlanganki,  ksilema  shirasi  tarkibidan 

floema tarkibiga natriy,  kaliy,  niagniy,  fosfor va azot juda yengil  o‘tadi. 

Shuningdek,  floema  orqali  temir,  marganes,  rux,  molibden  kabi 

elementlaming yetuk barglardan yosh barglarga oqishi kuzatilgan.

Floema  va  ksilema  shiralaridagi  ionlarning  bir  biriga  o‘tishi 

o‘simliklar poyasi misolida ham boMishi mumkin.

292


To‘rsimon  naylarda  moddalarning  tashiluvi. 

Assimilatlaming 

to‘rsimon  elementlarda  harakatlanishi  simplast  tashiluvning  o‘ziga  xos 

tomonlari bo‘lib uning mexanizmi hozircha aniqlangan emas.

Hozirgi  vaqtda  birmuncha  asoslangan  deb  E.Myunxenning  (1926) 

bosim  ostidci  oqish  gipolezasi

  qaraladi. 

Ushbu  gipotezaga,  asosan, 

sipmlast  asosida  fotosintezlovcm  hujayralarda  to‘planuvchi  saxa. jza 

tufayli  va  assimilatlardan  foydalanuvchi  to‘qimalar  o‘rtasida  (masalan, 

ildiz  hujayralari)  osmotik  gradiyent  vujudga  keladi  va  u  to‘rsimon 

naylarda  gidrostatik  bosim  gradiyentiga  aylanadi.  Buning  natijasida 

tloemada  barglardan  ildizlarga  yo"nalgan  suyuqlik  harakati  yo‘nalishi 

hosil  boMadi.  Hozirgi  vaqtda  ushbu  gipoteza  assimilatlaming  uzoqga 

tashiluvi 

omili 


boMgan 

floemaning 

toMishi 

va 


bo‘shashishi 

mexanizrnlarini  o‘rganish  tufayli  birmuncha  tasdiqlangan.  To‘rsimon 

naylar plazmalemmasida saqlanib qolgan tanlab o'tkazuvchanlik  xossasi 

bosim ostida floema shirasining harakatlanishining asosiy omilidir.

Yuqorida  ko‘rsatib  oMilgan  floema  shirasining  tashiluvi  mexanizmi 

qaysidir  jihatlaridan  ksilema  shirasining  ildiz  bosimi  natijasida 

ildizlardan  barglarga  tashiluvi  jarayoniga  o‘xshab  ketadi.  Ushbu 

o‘xshashlik  ayniqsa  bahor  vaqtlarida  jarohatlangan  daraxtlar  va 

toklarning 

«yig'lashi»

  misolida  shira  tarkibida  qandlaming  anchagina 

ko‘pligi jihati bilan yanadayaqqol  tasdiqlanadi.

Floemaning  bo‘sha!ishi. 

Floemaning  bo‘shalishi  uchun  asosiy  hoi 

bu  to‘rsimon  naylardagi  gidrostatik  bosimning  oshishidir.  Bundan 

tashqari  jadal  o'suvchi  va  zaxiralovchi  organlarlaming  floemadan 

assimilatlami  tortishi  ham  alohida  o‘rin  tutadi.  Akseptor  zona 

hujayralarining  plazmolemmasida  H+-pompalari  ishlaydi.  U  bir 

tomondan  to‘rsimon  naylarga  ta'sir  qilib  apoplastning  hujayra 

devorlariga  K +  ionlari  va  saxarozaning  berilishini  amalga  oshirsa, 

ikkinchi  tomondan  kaliy  ionlari  va  saxarozani  akseptor  to‘qimalarining 

simplastiga  o‘tishini  amalga  oshiradi.  Saxarozaning  yutilishi  protonlar 

simporti  bilan  membrana  tashuvchilari  orqali  amalga  oshsa,  kaliy 

ionlarining yutilishi elektrik gradiyent asosida boMadi.

Zaxiralovchi 

organlar 

hujayralarida, 

masalan, 

qand 

lavlagi 


ildizmevalarida  saxaroza  vakuolalarda  yigMladi.  Bunda  apoplast  orqali 

K + ionlari  faol  ko‘chiriladi  va  bu  hoi  saxarozaning  tashiluviga  yordam 

beradi  deb  faraz  qilinadi.  Vakuolaga 

К

  ionlarining  yoki  saxarozaning 



tashiluvi mexanizmi haqida aniq bir fikr yo‘q.

Floemali  tashiluvning  boshqariluvi. 

Assimilatlaming  mezofill 

hujayralari  sitoplazmasidan 

(donor)  akseptor-organlar

  hujayralariga

293


tashiluvi,  masalan,  ildizga tashiluvi  o‘z  mexanizmlariga ega  bo‘ lgan  bir 

qancha  tashiluv  tizimlarini  o‘z  ichiga  oladi.  Masalan,  donor  darajasida 

bu  xloroplastlarda  fotosintez  jadalligini  boshqarish,  triozofosfatlaming 

sitoplazmaga  kirishi  va  ulaming  saxaroza  sintezi  uchun  ishlatilishidir. 

Fotosintez  shuningdek,  assimilatlaming  membranalar  orqali  faol 

tashiluvi uchun energiya manbayi bo‘lib ham xizmat qiladi.

Floemali 

tashilish 

mexanizmida 

asosiy 


o‘rinni 

floemaning 

boshlang‘ich 

qismlarining 

bo‘shalishi 

tutadi. 


Ushbu 

floema 


hujayralarining  bo‘shalishi  asosida  fitogormonlar,  xususan,  auksin 

tufayli  faollanuvchi  H+-pompalarining  ishi  yotadi.  Abstsizat  kislotasi 

esa  H+/K+  almashinuvni  to‘xtatadi.  Avval  aytib  o‘tganimizdek, 

hujayralardagi  A B K   miqdori  noqulay  muhit  omillari  ta'sirida  masalan, 

suv yetishmasligida ortadi.

Floemali  tashiluvning  boshqarilishida  yana  bir  asosiy  hoi  bu 

assimilatlaming  foydalanilishi 

zonasidagi 

floemaning  bo‘shalishi 

jadalligidir.  A B K   gormonining  atroflicha  ta'sai  bo‘shalish  zonasidagi 

assimilatlaming berilishini  yengillashtiradi.

Floemali 

tashiluvning 

boshqaniuvi 

saxarozaning 

mcmbrana 

tashuvchilari  tufayli  ham  boMishi  mumkin.  Masalan,  xloroplasilardagi 

jadal  fotosintez  jarayonining  borisiu  tufayli  to‘rsunon  naylarda 

assimilatlaming  miqdori  ortadi.  Ushbu  assimilatlardan  foydalanuvchi 

organlar  to‘rsimon  naylarida  esa  turgor  bosimi  ortadi  va  bu  ikki  ho! 

qandlar tashuvchilari ishini  ingibirlaydi ,

Floema  bo‘ylab  assimilatlar  tasliiluvining  faollashishi  o‘tkazuvchi 

tutamlar orqali  elektrik  impulsning o‘tishi  tufayli  ham  boMishi  mumkin. 

Shuningdek,  floemali  tashiluv  o‘simlik organizmining yetarli  miqdorda 

kaliy  bilan  ta’minlanganligi  hamda  haroratga  ham  bogMiqdir.  Chunki, 

assimilatlar  harakatlanishining  mexanizmi  fermentlar  va  ion  nasoslari 

ishiga  tubdan  bogMiqdir. 

Shuningdek, 

membranalar  tashiluvida 

qatnashuvchi  nasoslaming  energiya  bilan  ta’minlanishi  uchun  kislorod 

ham zarurdir.

0 ‘simlik bo‘ylab moddalarning uzoq masofaga tashiluvi oMkazuvchi 

to‘qimalar  bo'ylab  amalga  oshiriladi,  Ksilema  traxeidlari  va  naylar 

bo‘ylab suv va unda erigan  moddalar ildizdan poyaning yuqorigi  uchiga 

tashiladi.

Ksilema  tashiluvida  harakatlantiruvchi  kuch  boMib  ildiz  bosimi  va 

transpiratsiya  xizmat  qiladi.  Barglardan  va  zaxiralovchi  organlardan 

assimilatlaming  chiqishi  floemaning  to‘rsimon  naylari  orqali  amalga 

oshadi.

294


Ksilema  (ildizlarda)  va  floema  (barglarda)  to‘qimaiarining  to‘lishi 

H+-pompalarining,  ya'ni  membrana  nasoslarining  faol  faoliyati  tufayli 

ro‘y  beradi.  Ushbu  nasoslar to‘rsimon  naylar va tutamlar atrofidagi tirik 

hujayralar  plazmalemmasida  faoliyat  ko‘rsatadi.  To‘rsimon  naylar  va 

tutamlarga  osmotik  faol  moddalaming  kirishi  bilan  osmos  qonuni 

asosida  suv  ham  kiradi  va  moddalaming  to‘qimalar  bo‘ylab  keyingi 

harakati  gidrostatik bosimning ortib borishi natijasida bo‘ladi.

N A Z O R A T  S A V O L L A R I

1.  lonlarning vaqinga tashiluvi.

2.  Moddalar tashiluvining hujayra ichki mexanizmlari.

3.  Moddalar simplastga qanday tushadi?

4.  Ionlar tashiluvining xususiyatiari.

5.  lonlarning apoplast bo‘yicha tashiluvi xususiyatlari.

6.  lonlarning tashiluvi yo ila ri, unga ia’sir qiluvchi omillar.

7.  Barglar va poyalarda ionlarning vaqinga tashiluvi.

8.  Ionlarning  uzoqga tashiluvi  yo‘llamini  tanlashga qaysi  tashqi 

va ichki omillar ta’sir qiladi va yo‘nalishi nimaga boqliq?

9.  Ksilema orqali tashiluv.

10.  Ksilema shirasining tarkibi.

11.  Ksilemali tashiluvning boshqarilishi.

12.  Ionlarning  ksilema  to‘qimalaridan  floemaning  to‘rsimon 

naviariga o'tishi qaerda  ro‘y beradi?

'3.  Moddalarnmg elaksimon naychalardan tashiluvi.


X. M O D D A LA R N IN G   A JR A L IS H I

0 ‘simliklardan  moddalar ajralishi jarayoni  keng  tarqalgan  bo‘lib  bir 

xil  vazifalami  bajarishi  mumkin.  Masalan,  zararlanishdan  va  hujayraga 

infeksiya  kirishidan  hujayra  devori  himoya  qiladi.  Hujayra  devorining 

o‘zi 

esa 


sitoplazmadan 

kelayotgan 

polisaxaridlar 

va 


boshqa 

birikmalardan sintezlanadi. Shuningdek, shilimshiq polisaxaridlar tufayli 

bir  qancha  organlar  masalan,  ildiz  tukchalari  changchi  naychalar  va 

boshqalar himoyalanadilar.

Barglar yuzasida himoya vazifasini  bajaruvchi  mumli  ajratmalaming 

ham  o‘simliklaming  o‘sishi  va  rivojlanishidagi  ahamiyati  katta. 

Sho‘rlangan  muhitlarda  o‘suvchi  galofit  o‘simliklar hujayralarida  ionlar 

nisbatining doimiyligini  ham  hujayralaming  ajratmalari  asosida  faoliyat 

ko‘rsatadigan  tuz  bezchalari  va  tuz  tukchaiari  ta’minlaydi.  Avval  aytib 

o‘tganimizdek, hasharotxo‘r  o^imliklarda oziqning hujayra tashqarisida 

hazm  boMishi  ham  hujayra ajratmalari-fermentlar  faoliyatiga  bogMiqdir. 

Nektaming  ajralishi  esa  gullaming  changlanishiga  va  boshqa  hollarga 

sababchi boMadi.

0 ‘simliklar metabolizmining mahsulotlari  atrof muhitga kuchli  ta'sir 

ko‘rsatadi.  Masalan,  ildiz  ajratmalari  tuproqning  faqatgina  fizik- 

kim yoviy  xossalariga  ta’sir  etib  qolmasdan,  balki  unda  yashayotgan 

organizmlar avvalo mikrofloraga katta ta'sir qiladi (X.l-rasm ). 

mg/s - o'simlik

Vaqt, kun soatlari

X.l-rasm. 0 ‘simlik ildizlaridan moddalaming chiqishi va unga 

kirishining ritmi (Gunar,  1957; V.V.Kuznetsov, G.A.Dmitrieva, 2005

bo‘yicha).



296

0 ‘simliklaming hayot faoliyati  natijasida har y ili atmosfera havosiga 

175 mln tonna uchuvchan uglevodorodlar, terpenoidlar va shu jumladan, 

o‘simliklar  tomonidan  ajratiladigan  efir  moylari  ajraiadi.  Suv  o‘tlari 

tomonidan  gidrosferaga  ajratiladigan  ajratmalar  ular  tomonidan 

o^zlashtirilayotgan  umumiy  uglerodning  20-40%  qismini  tashkil  qiladi. 

E fir  moylari  kabi  kuchli  qaytarilgan  uchuvchi  metabolitlaming 

chiqarilishi  o'simliklarning  modda  almashinuvini  muvofiqlashishiga 

olib keladi.

Evolutsiya 

davomida 

uchuvchan 

moddalarning 

ajralishi 

xususiyatlarini  saqlanib va mustahkamlanib borishi  boshqa  hollar uchun 

ham  foydalidir.  Masalan,  ayrim  organizmlardan  saqlanish  yoki 

ayrimlarini  chaqirishda  ajratmalarning  o‘mi  beqiyosdir.  Shuningdek, 

hujayra  ajratmalari  tufayli  atrof  muhit  o‘simliklarini  ayrimlarining 

o'sishi  va  rivojlanishini  kuchayishi  yoki  susayishi  fitogenozdagi 

o'simliklarning 

o‘zaro 


munosabatlarini 

belgilaydi. 

0 ‘simliklar 

jamoasidagi bundav kimyoviy munosabatiar 

a I ielopatiya

 deyiladi.

M oddalar  ajratishning  uslubiari.  0 ‘simliklarda  ham  xuddi 

hayvonlardagi  kabi  moddalarning  ajralishi  faol  yoki  kuchsiz  boMishi 

mumkin.  Modda almashinuvi  mahsulotlarining konsentratsiya gradiyenti 

bo‘yicha  kuchsiz  ajralishi 

eksretsiya

  faol  ajralishi  esa 

sekretsiya 

deyiladi.  Sekretsiya  jarayonida  moddalarning  faol  tashiluvi  ro‘y  berib 

metabolik energiya sarflanishi  bilan boradi.

0 ‘simliklarda  ham  xuddi  hayvonlardagi  kabi  moddalar ajralishining 

3ta, ya'ni merokrin, apokrin va galokrin tiplari kuzatiladi.

1. 


Sekretsiyaning  merokrin  tipi

  ham  ikki  xil  boiadi.  Bular: 

a)  membranalar  orqali  boMadigan  hamda  ionlar  nasosi  yoki  faol 

tashuvchiiar  ishtirokida  boMadigan 

erkrin

  sekretsiyasi.  b) 



granulokrin 

5e^re/5(y<35/-ajratmalarning  «membranaga  o‘ralgan»,  ya'ni  pufakchalar 

(vezikulalar)  holida  ajralib  plazmalemmalar  bilan  uchrashganda  yoki 

vakuolaga kirganda ta'sir qiladi.

2.  Apobin sekretsiyasi.

  Bunda ajraluvchi  modda sitoplazmaning bir 

qismi  bilan  qo‘shilib  chiqadi.  Masalan,  galofit  o‘simliklardagi  tuz 

ajratuvchi bezlar boshchalarining uzilib tushishi.

3. 

Galokrin sekretsiyasi.



  Bunday  holda  hujayradagi  sekretsiyaning 

o‘ta  faolligi  tufayli  butun  hujayra  ajratmaga  aylanadi.  Masalan.  ildiz 

qinchalari yuzasida  shilimshiq  massaning  hosil  boMishi  va  ildiz 

tukchalarining harakatlanishini yengillashtirishi.

Sekretsiya  jarayoni  i.iaxsus  hujayralar  yoki  to‘qimalar  faoliyati 

tufayli  ro‘y beradi.  Ammo shuning bilan birga sekretsiya hodisasi har bir

297


o‘sirnlik  hujayrasi  uchun  xosdir.  Masalan,  barcha  hujayralaming 

devorida  ion  nasoslari  (H +-pompalari  va boshq.) va  ikkilamchi  tashiluv 

mexanizmlari faoliyat ko‘rsatadi.

0 ‘simliklar  organizmida  hayvonlardan  farqli  o‘laroq  yagona 

sekretsiya  ajratuvchi  organ  yo‘q.  Shuning  uchun  ham  ajratma 

hujayraning 

ichida, 

Masalan, 

vakuolada, 

maxsus 


zaxiralovchi 

tuzilmalarda,  masalan,  mumlaming  yigMlishi  yoki  boMmasa  o‘simlik 

yuzasiga chiqarilishi  mumkin.

Ekrin sekretsiyasining nisbatan o‘rganilgan  mexanizmi  ionlar nasosi, 

avvalo  H +-pompalaridir.  Granulokrin  yoki  vezikular  sekretsiyasining 

fiziologiyasi 

kamroq 

o‘rganilgandir. 



Vezikular 

sekretsiyasning 

molekular  mexanizmi  o‘simlik  organlarida  umuman  o‘rganilmagan. 

Ammo bu holatda ham Ca2+ ionlarining zarurligi aniqlangan.

Binobarin,  Ca2+  o‘simlik  hujayralaridagi  sekretsiya jarayonlari  ham 

xuddi hay von hujayralaridagi kabi boMishi mumkin.

Х .1 . 0 ‘S IM L IK L A R D A   M A X S U S  A JR A T M A L A R  

T IZ IM IN IN G   F A O L IY A T I

Maxsus  ajratmalar  ajratuvchi  tuzilmalar  asosan  ikki  xil  tipda  tashqi 

va ichki  boMadi.

Tashqi  sekretor  tuzilmalarga  temirsiinon  tukchalar  (trixonalar), 

bezchalar  (tuzli,  hasharotxo‘r  o'sim iiklar),  nektarchilar,  osmoforlar, 

ya'ni  gulning  har  xil  qismlarida  joylashgan  va  ularga  turli  xushbo‘y 

hidlarni beruvchi bezchalar, va gidatodlar misol boMadi (X.2-rasm).

Ichki  sekretor tuzilmalarga  kiruvchi-idioblastlar g‘aroyib  hujayralar 

boMib,  ayrim  moddalarning  yigilishiga  xizmat  qiladi  va  boshqa 

hugayralardan o‘zlarining oMchamlari va к o‘rinishi bilan farq qiladi.

Oqsilli  shira  ajratuvchi  hujayralaming  o‘ziga  xos  xususiyatlaridan 

biri  bu  ularda  ajraluvshi  oqsillarni  sintezlovshi  donador  E R   va  ko‘plab 

mitoxondriyalarning  boMishligidir.  Shuningdek,  ushbu  hujayralarda  GA 

faol  holda  boMishi  ham  oqsillarning  qandlashishiga  va  giikoproteinla; 

hosil  boMishiga olib keladi. 

Nektar

 ko'p komponenth mahsulotdir.  Am mo 



uning  asosini  bir  muncha  o‘zgargan  floema  shirasi  tashki!  qiladi.  Ammo 

floema  shirasida  saxaroza  ko'p  boMsa,  nektar  tarkibida  c-datda  glukoza. 

fruktoza  va  saxaroza  ko‘p  boMadi.  Shuningdek,  kichik  miqdorda  boMsa 

ham  r.ektar tarkibida  K +,  N a r,  Ca2+,  Mg  ",  P 0 43’  kabi  ior.lar,  ikki  va  usb 

karbon  organik  kislotalar,  vita’mlnl^r  (askorbat;  nikoiinat  kislotalar^ 

хг 

boshq.). oqsillar, ayrim hollarda iipidiar ham uchraydi.

298


X.2-rasm. Tashqi chiqaruvchi tuzilmlar (Ezau,  1980).

a,  b,


  v- 

Lavandura vera

 o‘simligi barglarining chiqaruvchi tukchalari;

b,

  v- ajratma yig‘ilayotgan kutikulaning cho‘zilish i(l); 



g-P elargonium 

o‘simligining bir hujayrali boshchali ajratma tukchasi; 

d-Urtisa urens 

o‘simligining kuydiruvchi tukchasi; 

e—Vitis vinifera

 uzum barglarining

ajratuvchi tukchalari

\ j-Gossipium arboreum

 g‘o‘za barglarining 

ajratuvchi tukchalari.

Nektarchilardagi  qandlarning  miqdori 

nektarchi laming  tipiga, 

0

‘simliklarning  turiga,  namlikga  va  haroratga  qarab  7-87  %   atrofida 



bo6 lishi  mumkin.  Floral  nektarniklar  hasharotlaming  reproduktiv 

ko‘payishi  uchun zarur boMgan steroid gormonlar tipidagi moddalar ham 

boMishi mumkin.

Nektarning  chiqishiga  fotosintez  mahsuldorligi  katta  ta'sir  qiladi. 

Nektaming  ajralishi  uchun  shu  nektarchiga  yaqin  boMgan  bargga 

assimilatlarning  tashiluvi  muhimdir.  Nektarchi  to‘qimalarida  floema 

shirasi  tarkibidagi  qandlar glukoza,  fruktoza va boshqalarga  aylanadi  va 

ularga  nektarchining  kraxmalidan  hosil  boMgan  qandlar  qo‘shiladi. 

Nektarchidan  nektarning  ajralishi  ular  to‘qimalarining  jadal  kislorod 

yutilishi 

bilan  borib,  haroratga  bogMiqdir.  Nektarchidan  nektaming 

chiqishi  kislorod  yetishmasligi,  nafas  olish  zanjirining  va oksidlanishli 

fosforlanishning  ihgibitorlari  tufayli  to'xtashi  yoki  sekinlashishi

299


mumkin.  Noqulay  muhit  sharoitida  nektarchi  to‘qimalari  nektar 

moddalari va uning birikmalarini ham yutishi mumkin.

Nektaming  hosil  boMishi  va  uning  ajralishi  jarayonlari  yaxshi 

o‘rganilmagan  hoi  hisoblanadi.  Faraz  qilinadiki,  uning  tashiluvining 

birinchi  halqasi  bo‘lib  tursimon  naychalardan  floema  shirasining 

chiqishi  xizmat  qiladi.  Nektar  hosilalarining  keyingi  tashiluvi  hujayra 

devorlari  bo‘ylab  (apoplast  bo‘yicha)  hamda  plazmodesmalar  orqali 

simplast bo‘yicha boMishi mumkin.

Yopiq  urugMilarda floral  nektarchilar mezozoy  erasining bur davrida 

hosil  boMgan  deb  qaraladi.  Rangli  gultojibarglar va  xushbo‘y  hid  bilan 

birga  nektar  yopiq  urugMilar  gullarining  chetdan  changlanishidagi 

entomofiliya  hodisasida  muhim  o‘rin  tutgan  deb  qaraladi.  Nektaming 

paydo  boMishi  o‘simliklar  va  hayvonlar  evolutsiyasida  alohida  o‘rin 

tutadi.  Masalan,  o‘simliklar  gullarining  rang-barangiigi,  changlatuvchi 

hasharotlarning oziqlanish  apparatining  o‘zgarishi  va ularda  maMum  bir 

oziqlanish  rejimining  paydo  boMishi  shular jumlasidandir.  O fcsimliklar 

gullaridan  ajraluvchi  nektar  bilan  bir  qancha  umurtqasiz  hayvonlar 

vakillari, 

masalan, 

chumolilar, 

ariiar 

va 


boshqa 

hasharotlar 

oziqlanadilar.

Nektar  o‘z  tarkibida  fitonuidlar  tutgani  va  bakteriostatik  xossasiga 

ega  boMgani  uchun  zigota  va  uning  hosilasini  mikroorganizmlardan 

himoya qiladi.

Polisaxaridlarning  ajralishi. 

O'simliklarda  polisaxarid  shirasini 

ajratuvchi  maxsus  tuzilmalar  ham  mavjud.  Shira  hujayra  devori  va 

plazmolemma o‘rtasidagi  idioblastlarda hosil boMadi.

Ajratilayotgan  polisaxarid  shira  nordan  va  neytral  polisaxaridlardan 

tashkil  topgan  boMib  xususiyatlari jihatidan  pektin  moddalariga  nordon 

mukopolisaxaridlarga  o‘xshashdir.  Suv  o‘tlarining  shirasi  sulfatlan- 

gandir.  0 ‘simliklaming  barcha  polisaxarid  shiralari  kuchli  darajada 

suvlidir.  Polisaxarid  shiralarini  ajratuvchi  hujayralaming  o‘ziga  xos 

tomonlari bu o‘zlarida ko‘p sonli  pufakchaii  diktiosomalarga ega Golldji 

apparatining  miqdorining  odatdagidan  ко  pligidir.  Shiraning  ajralishi 

granulokrin tipida boMadi.

Ildiz  tukchalari  qinchalari  hujayralarida  shira  avvalo  hujayra  devori 

va  plazmalemma  orasida  yigMladi  va  so‘ngra  hujayra  devorini  teshib 

tashqariga  chiqadi.  Goldji  apparatining  har  bir  vezikulasidan  30 

soniyada  polisaxarid  ajralib  turadi.  Hujayralaming  sekretorlik  faoiiigi 

esa  davriy  ravishda  har  bir  uch  soalda  roky  berib  turadi.  Shira- 

polisaxarid  ajralishi  davrida  hujayraning  o‘zi  vakuoiaga  ayJana

.m


boshlaydi  va  oxir-oqibatda  o‘zlari  ham  shiraga  aylanadi,  ya'ni  golokrin 

sekretsiyasi  ro‘y  beradi.

Hujayraning  polisaxaridlar  tipidagi  shirali  ajratmalarining  ahamiyati 

katta.  Masalan,  hasharotxo‘r  o‘simliklarda  ov  shirasi,  moxlaming 

arxegoniyasida  esa  spermatozoidlarning  harakatlanuvchi  muhiti.  Ildiz 

qinchalarining  polisaxarid  ajratmalari  ildiz  tukchasi  yuzasini  himoya 

qilish  bilan  birga  ulaming  tuproq  zarrachalari  orasidagi  harakatini  ham 

yengillashtiradi. 

Shuningdek, 

ushbu 


shirali 

ajratmalar 

o‘simlik 

to‘qimalari  va  uning  yuzasida  suv  ushlab  qolinishiga  yordam  beradi  va 

urug‘laming  unishida  qatnashadi  ya'ni  urugMar  ivitilganda  ulaming 

epidermial  hujayralari  shira  ajratish  xususiyatiga  ega.  0 ‘simliklar 

hujayralaridan  ajralgan  shira tarkibida  ayrim  oqsillar,  Masalan,  lektinlar 

ham boMishi  mumkin.  Lektinlar hujayra, to‘qima va organlami  infeksiya 

kirishidan  saqlaydi  yoki  ma’lum  bir  o‘simlik  uchun  xos  boMgan 

mikrofloraning shakllanishiga yordam  beradi.



Download 4.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling