B. O. Bekn azarov


ЪЛгра  o ‘simligini


Download 4.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/55
Sana03.09.2017
Hajmi4.41 Mb.
#14900
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   55

381

ЪЛгра  o ‘simligini  gibberellin  bilan  ishlash  pivo  ichimligini  ishlab 

chiqarishda 

asosiy 

ko‘rsatkichi 



boMgan 

solod 


birikmasining 

dondagi  miqdorini  oshirishda  asosiy  o‘rinni  tutuvchi  amilazaning  hosil 

bo‘lishini tezlashtiradi.

R e ta rd a n tla r. 

Poyaning 

uzayishini 

to‘xtatuvchi 

moddalar 

retardantlar  nomi  bilan  ataladi.  Ulaming  ta’sir  mexanizmi  gibberellin 

sintezini to‘xtatishi bilan ifodalanadi.  Hozirgi vaqtda retardantlar sifatida 

xlorxolinxlorid (XXX,  TUR) va boshqalardan keng foydalaniladi.

CI

3



CN

9

C



1

 - CN


2

 - +N - CH,C,



C I 3

xlorxolinxlorid

Retardantlar  xususan,  xlorxolinxlorid  ko‘proq  g‘alla  ekinining 

shamolda  yotib  qolishiga  qarshi  ishlatiladi.  Shuningdek,  ular  poliz 

ekinlari  o ‘simliklarining,  manzarali  o‘simliklaming  va  butalaming 

haddan  tashqari  o ‘sib ketishini oldini olish uchun ham qoMlaniladi.

Mevali  daraxtlami  ular  bilan  ishlash  esa  ulaming  shoxlanishini 

tig‘izroq 

boMishiga 

va 

yosh 


daraxtlaming 

meva 


berishini 

tezlashtirilishiga olib keladi.

Etilen  (CH

2

  =  CH2).  Ushbu  gormon  yashil  mevalarni  pishishini 



tezlashtirish  uchun  qo‘llaniladi.  Ayrim  boshqa  maqsadlar  uchun  esa 

qishloq  xo‘jaligida  etilenning  hosilasi  etrel  ishlatiladi.  Etrel  nordon 

muhitga  chidamlidir.  Ammo  o ‘simlik  hujayrasiga  kirganidan  so‘ng 

kuchsiz  ishqoriy  muhitda  parchalanadi.  Buning  natijasida  esa  etilen 

gormoni  hosil  bo"ladi.

Etrel  preparati  mevalaming  pishishini  tezlashtirishi  bilan  birgalikda 

ulami  mashinalar  yordamida  yig‘ib  olishni  ham  yengillashtiradi. 

Shuningdek,  u  shonalar va  gullami  kamaytirish  uchun  ham  qoMlaniladi. 

Bodring,  qovoq  va  boshqa  o‘simliklar barglariga  etrel  preparatini  sepish 

ularda  onalik  gullarining  ko‘plab  hosil  boMishiga  yordam  berib,  meva 

hosilining oshishiga olib keladi.

G erbitsidlar. 

Ular  o ‘simliklarni 

o‘sishdan 

to‘xtatishda 

va 


begona o ‘tlarga qarshi  kurashda ishlatiladi.'Ularning tabiati xilma xildir.

1.  Yoppasiga ta’sir etuvchilar.

2. Tanlab ta’sir etuvchilar.

Ko‘pchilik gerbitsidlar tanlab ta’sir etish  xususiyatiga ega,  ya’ni  ular 

ma’lum  oila  yoki  turga  kiruvchi  o‘simliklamigina  oMdiradi.  Ammo 

m a’lum bir gerbitsid  o ‘zining  past  konsentratsiyasida  tanlab  ta’sir 

etsa, 

yuqori  konsentratsiyada  esa  yoppasiga  ta’sir  etishi  mumkin.



382

Gerbitsidning  asosiy  ta’siri  shundan  iboratki,  u  hujayraga  kirib,  uning 

yog‘simon  moddalarida  eriydi  va  hujayra  metabolizmidagi  tabiiy 

jarayonlami  buzadi.  Ularga  biz  2,4-dixlorfeniloksiatsetat  (2,4 

D),


2—metil~4  xlorfenoksiatsetat  (2 

М-4 


X)  birikmalarini  misol  qilib 

ko‘rsatishimiz  mumkin.  Ular  1  mg/1  miqdorda  ikki  urug‘pallali 

o ‘simliklarga  sepilsa,  ulami  nobud  qilishi  mumkin,  ammo  ushbu 

miqdorda  bir  urug‘pallali 

o ‘simliklarga 

mutlaqo  ta’sir  etmaydi. 

Qishloq  xo‘jaligida  makkajo‘xori  ekilgan  maydonlarda  begona  o‘tlarga 

qarshi  simazin  moddasi  qo‘llaniladi.  Simazin  ildiz  orqali  ta’sir  etadi. 

Shuning  uchun  u  tuproqqa  solinadi.  Ushbu  birikma  mitoz  jarayoni 

bosqichlari  davomiyligini  o ‘zgartiradi.  Shuningdek,  u  uglevodlar 

almashinuvini 

ham 


buzadi. 

Bizning 


respublikamizda 

g‘o ‘za 


maydonlarida  begona  o ‘tlarga  qarshi  kurashda  kotaran,  monouron  va 

boshqalar qo'llaniladi.  Ushbu  birikmalar begona  o‘tlardagi  fotosintez va 

nafas  olish jarayonlarini  izdan  chiqaradi.  Hozirgi  kunda  kimyoviy  yo‘l 

bilan  sintezlangan  gerbitsidlaming  soni  anchagina  bo‘lib  (200-250) 

hozirgi  kunda  ham  ularning  sintezi  davom  etmoqda.  Gerbitsidlami 

qo'llashning  salbiy  tomonlari  ham  bor,  chunki  ular  o‘simlik  dunyosi 

bilan  birgalikda  o‘sha  yerda  mavjud  bo‘lgan  hayvonot  dunyosiga  ham 

ta'sir  qilishi  mumkin.  Gerbitsidlami  qo‘llashda  anchagina  ehtiyotkorlik 

va bilim talab qilinadi.

Defoliant  va  desikantlar. 

0 ‘simliklar  barglarini  to‘kib  yuboradigan 

defoliantlarga  sun’iy  ingibitorlar  kiradi.  0 ‘simliklami  tezda  quritib 

yuboradigan kimyoviy  moddalar desikantlar deyiladi.

Qishloq  xo‘jaligi  dehqonchiligida  defoliantlar paxtachilikda mashina 

terimini  amalga  oshirish  uchun  g‘o‘za  barglarini  to‘kishda  keng 

qoMlaniladi.  Defoliantlar  ta’sirida  barg  bandi  asosida  ajratuvchi  qatlam 

hosil  bo‘Iadi  va  barglami  tezda  to‘kilishini  tri’minlaydiv Shuning  bilan 

birgalikda  ular  ko‘saklarni  pishishini  ham  tezlashtiradi.  Paxtachilikda 

defoliant  sifatida  ko‘pincha  magniy  xloratning  [Mg(CI

0 3

)2]  5-12  foizli 



eritmasi  ishlatiladi.  Shuni  aytib  o ‘tish  lozimki,  avvalgi  vaqtlarda 

defoliant  sifatida  butifos  moddasi,ko‘plab  qo‘llanilgan. Keyingi уЩаюйа 

ushbu  birikmaning  zaharli  ekanligi,  ekologiyani  buzlslii  va  bir  qancha' 

kasalliklarga  sabab  bo‘lishi  ma’lum" bo‘ldi  ya  respublikamiz  hudu^lda 

butifosni  qo‘llash  taqiqlandi.  Qand  l^Vlagi  va  kartoshkajni  kombaynlar 

bilan  yig‘ib  olishda  ulaming  yer  ustki  qisfnlarkla  dessikatsjya 

o ‘tkaziladi.  Shu  usul  bilan  ular  barglarining  qarishi  tezlashtiriladi. 

Buning  uchun  [M g(CI03)2]  yuqori  konsentratsiyada,  ya’ni  bir  gektar 

ekin  maydoni hisobiga 25-30 kg miqdorda sepiladi.

383


NAZORAT SAVOLLARI

1.  0 ‘sish tiplari.

2.  0 ‘sish fazalari  va o‘rganish usullari.

3.  0 ‘sish  ingibitorlari.

4.  Tropizm va uning yo‘llari.

5.  Fotoperiodizm.

6.  Gerbisidlar va ulaming qoMIanilishi.

7.  Defolyatsiya.

8.  0 ‘sishga tashqi  muhit omillarining ta’siri.

9.  Rivojlanish bosqichlari va ulaming tavsiflari.

10.  Hujayralar hayotida qaysi  bosqichlar ajratiladi?

11.  Embrional  bosqichda boMgan hujayralar qayerda joylashgan?

12.  Totipotentlik nima?

13.  Izoiirlangan  hujayra va  to‘qimalar.

14.  0 ‘simliklami  sun’iy o‘stirish usullari.

15.  Tabiiv  tinimni  buzish va tinimni  uzavtirish usullari?

16.  UrugMar  unishida  suvning  o ‘rni  va  zaxira  moddalarning 

sarflanishi.

17.  UrugMar unishida nafas olishning ahamiyati.

18.  UrugMarning nish  urishi  va ularning o ‘sish tiplari.

19.  0 ‘simliklar o ‘sishining tashqi  muhitga bogMiqligi.

20.  0 ‘sishga haroratning ta’siri.

21.  0 ‘simliklar  o ‘sishiga  yoruglik  sifatining  va  davomiyligining

ta’siri.


22.  Ontogenezning asosiy qonuniyatlari.

23.  Monokarp va polikarp o ‘simliklar.

24.  Umumiy va  individual yosh  nima?

25.  Qarish  nima va o ‘simliklar qanday qariydi  hamda uning 

ahamiyati?

26.  Bargning qarishiga qaysi jarayonlar xos?

27.  0 ‘simliklaming oMimi  nima?

384


XIII. 0 ‘SIMLIKLARNING KO‘PAYISH FIZIOLOGIYASI

Ma’lumki,  evolutsiya jarayonida  barcha  tirik  organizmlar  o‘zlaridan 

avlod  qoldirib yashashga,  ko‘payishga  moslashgandirlar.  Shu jumladan, 

yosh  o ‘simliklar  ham  ko‘payish  bosqichiga  o ‘tish  ya’ni  geterotrof 

oziqlanuvchi  ko‘payish  organlarini  hosil  qilish  uchun  yetarli  darajada 

vegetativ  massa  va  zaxira  moddalami  yig‘ish  uchun  to‘xtovsiz  o‘sib 

rivojlanadi.

0 ‘simliklarning  ko‘payishi-ushbu  turning  va  uning  vakillarining 

atrof muhitga  tarqalib  yashab  qofishga  imkon  beruvchi  o ‘ziga  o‘xshash 

organizmlami hosil qilishdan iborat fiziologik jarayondir.

0 ‘simliklarning  ko‘payish  usullari.  0 ‘simliklarda  ko‘payishning 

uchta xili: jinsiy, jinssiz va vegetativ ko‘payish farqlanadi.



Jinsiy  ко ‘payishda  yangi  organizm  ikkita  jinsiy  hujayralaming 

qo‘shilishidan hosil boMadi.



Jinssiz  ko'payish  sporali  o ‘simliklar  uchun  xos  bo‘lib,  u  yoki  bu 

darajada  aniq  navbatlashadigan  jinssiz  diploid  (sporofit)  va  jinsiy 

gaploid  (gametofit)  ko‘payishni  o ‘z  ichiga  oladi.  Jinssiz  ko‘payishda 

yangi organizm sporofitlarda hosil boMadigan sporalardan rivojlanadi.



Vegetativ  ko'payish  -  

0

‘simliklaming  vegetativ  qismlaridan,  ya’ni 



tallom  boMakchasidan yoki  tuban o‘simliklarda ayrim  bir hujayralardan, 

yuksak  o ‘simliklarda  organlar  hamda  ulaming  ayrim  qismlaridan  yangi 

organizm paydo boMishini o ‘z ichiga oladi.

V.V.Skripchinskiyning  (1985)  ma’lumotlari  bo‘yicha  o‘simliklarda 

ko'payish  evolutsiyasi  quyidagicha  boMgan  boMishi  mumkin.  Birinchi 

bosqichda  hujayralaming  oddiy  boMinish  yoMi  bilan  ko‘payish  usuli, 

spora  hosil  qiluvchilarga,  keyinroq  esa  jinsiy  ko‘payishga  almashgan. 

So‘ngra  jinsiy 

va  jinssiz 

ko‘payishning 

birlashishi 

natijasida 

avlodlaming 

navbatlashishi 

xos 

boMgan 


turlar 

hosil 


boMgan. 

Keyinchalik  nisbatan  yuksakroq  rivojlangan  suv  o ‘simliklarida yashash 

muhitiga  ko‘proq  moslashgan  ko‘payishning  bitta  turi  dominantlik  qila 

boshlagan.  Yer  usti  o ‘simliklarida  bu  hoi  yanada  yaqqolroq yuz  bergan, 

masalan,  moxlarda  sporofit  yakka  o‘zi  yashay  olmaydi  va  gametofit 

hisobiga  yashaydi.  Qolgan  yuksak  o ‘simliklarda  buning  teskarisi  yuz 

berib,  gametofit  reduksiyalangandir,  ya’ni  paporotniksimonlarda  ular 

hali  o ‘simta  ko‘rinishida  mustaqil  holda  saqlanib  qolgan  boMsa,  gulli 

o ‘simliklarda  mikrogametofit  2-3  hujayraga  redusirlangan  boMib, 

makrogametofit  ertangi  bosqichda  sakkiz  yadroli  murtak  xaltaga 

aylangandir.

385


XIII.  1. YOPIQ  URUG‘LILARNING  JINSIY  K O ‘PAYISHI

Ko‘payish  bu  organizmning  o ‘ziga  o ‘xshash  organizmlami  hosil 

qilish  fiziologik  jarayoni  bo‘lib,  ular  shu  tufayli  o ‘z  turlarining 

to‘xtovsiz  yashab  turishi  va  atrof  muhitda  tarqalishini  ta ’minlaydilar. 

Urug‘li  o ‘simliklar  ikki  xil  jinsiy  va  vegetativ  ko‘payadilar.  Yopiq 

urug‘lilarning  vegetativ  rivojlanishdan  generativ  rivojlanishga  o ‘tishi 

gullash  initsiatsiyasi bilan bog‘liqdir.

Gullash  initsiatsiyasi  bu  apikal  meristemalar  tomonidan  gul 

hosilasining  hosil  qilishi  boMib,  o ‘z  ichiga  ikki  bosqichni  induksiya  va 

evokatsiyani  oladi.  Mana  shu  bosqichlardan  so‘ng  floral  morfogenez 

ro‘y  berib gul shakllanadi.

Gullash  induksiyasi  bu  gulning  hosilasini  shakllantirish  uchun 

o‘simlikning  tashqi  va  ichki  omillarga  sezgirligidir.  Ushbu  bosqich, 

ekologik  omillar  harorat 

(yarovizatsiya),  kun  va  tunning  navbatlanishi 

(fotoperiodizm)  yoki  o ‘simlik  yoshi  bilan  bog‘liq  boMgan  endogen 

omillarga bog‘liqdir.

Yarovizatsiya-bu bir yillik,  ikki yillik va ko‘p yillik o ‘simliklaming 

nisbiy  past  harorat  ta’sirida  generativ  organlaming  rivojlanishining 

tezlashishiga olib keladigan jarayondir.

Yarovizatsiyaga  muhtoj  o‘simliklami,  y a ’ni  past  haroratda  o ‘sish 

davri  zarur  o ‘simliklami  kuzgi,  muhtojmaslarini  bahorgi  deyiladi, 

Birinchi  bor,  boshoqdoshlarda  xususan,  bug‘doyda  yarovizatsiya 

jarayonini  o ‘rganish  1918-yilda  G.Gasner  tomonidan  boshlangan.  Ikki 

va  ko‘p  yillik  o ‘simliklar  uchun  yarovizatsiya  jarayoni  zarur 

hisoblanadi. Bir yillik o ‘simliklar uchun esa yarovizatsiya fakultativdir.

Yarovizatsiya  past  haroratda  boMib  o ‘tganligi  tufayli  o ‘simliklardagi 

o ‘sish  jarayonlari  to‘xtaydi,  ammo  boshqa  bir  qancha  fiziologik 

jarayonlar  u  yoki 

bu  darajada  davom  etib  turadi. 

Masalan, 

yarovizatsiyadan  so‘ng  o ‘simlikning  o‘sish  yo‘nalishidagi  o ‘tkazuvchi 

to‘qimalaming  soni  oshadi.  Buning  natijasida  meristema  trofik  va 

boshqaruvchi  omillar  bilan  yanada  yaxshi  ta’minlanadi.  Shuningdek, 

boshoqdoshlaming  xususan,  bug‘doyning  to‘planishi  ham  yuqori 

darajada  boMadi.  Bu  o‘z  navbatida  faqatgina  o ‘simliklaming  yuqori 

hosildorligini  ta’minlabgina  qolmasdan,  balki  1  ga  maydonga  sepilishi 

zarur  boMgan  bug‘doy  donlari  miqdorini  bahorgisiga  nisbatan  ikki 

baravar karti boMishiga olib keladi.

Hozirgi  vaqtda  ekinlarga  yarovizatsiyaning  zarurligi  ushbu  davrda 

past  harorat  tufayli  o ‘simliklarda  qandaydir  gullashni  kuchaytiruvchi

386


moddaning 

yig‘ilishi 

bilan 

bogMiq 


deb 

qaraladi. 

Gullashni 

kuchaytiruvchi  vernal in  (lotincha-vemalin-bahorgi)  deyiladi.  Ayrim 

olimlaming  fikricha  vemalin  GA  gormonining  faol  boMmagan  shakli 

ham boMishi mumkin.

Yarovizatsiya  jarayonida  hodisalaming  ketma  ket  kelishligini 

quyidagi  sxema orqali ko‘rsatish mumkin.

Past------►Yarovizatsiya------►

  V em alin------►

  Gullashni  ------►

  Gul


harorat 

holati 


kuchaytiruvchi 

hosil 


(GAga o‘xshash)

boMishi.


0 ‘simliklami  past haroratga nisbatan sezuvchanligi  bitta gen yoki  bir 

nechta  gen  tufayli  boshqarilishi  mumkin.  Masalan,  past  haroratga 

sezuvchanlik  lunariya,  belina o ‘simliklarida bitta  gen  orqali  boshqarilsa, 

arabidopsis  o‘simligida  bir  nechta  gen  tufayli  amalga  oshadi. 

Arabidopsis 

o‘simligi 

urug* lari 

ivitilgandan 

kundan 


so‘ng 

yarovizatsiya  qilinsa  ularning  gullashi  40—45  kundan  so‘ng  ro‘y  bersa, 

uning  10-15  kunlik  o‘simtalarini  yarovizatsiya  qilish  arabidopsisning 

105-110 kundan so‘ng gullashiga olib keladi.

Yarovizatsiya  odatda  1-3  oy  davom  etadi  va  nisbatan  samarali 

harorat  0-7°C  hisoblanadi.  Issiqsevar  o‘simliklar  yarovizatsiyasi 

mobaynidagi  eng  muqobil  harorat  10-13°C  hisoblanadi.  Ayrim 

o ‘simliklarda,  masalan,  suli  va  karam  o ‘simliklarida  past  haroratning 

boMinib-boMinib  turishi  yarovizatsiyaning  samaradorligini  kamaytiradi. 

Yarovizatsiyaning  eng  muhim  sharoiti  bu  boMinuvchi  hujayralaming 

mavjudligidir.  Ushbu  hoi  murtakda  yoki  poya  hamda  yosh  barglarning 

apikal  meristemalarida  ro‘y  beradi.  Shuningdek,  saqlab  qo‘yilgan  sabzi 

va  karam  poyalari  tepasida  ham,  yarovizatsiya  yaxshi  yuradi. 

Yarovizatsiya 

jarayonida 

hosil 


boMgan 

o ‘zgarishlar 

faqatgina 

hujayralaming boMinishi orqali  berilishi  mumkin.

Yarovizatsiyaning  fiziologik-biokimyoviy  tabiati  hozircha  maMum 

emas.  Ammo  ayrim  o‘simliklarda  yarovizatsiya  davrida  yoki  undan 

keyin GA gormoni miqdorining ko‘payishi  kuzatilgan.

Fotoperiodizm .  Fotoperiodizm  tushunchasi  1920—1923-yillarda 

amerikalik  olimlar  U.  Garner  va  G.Allerlar  tomonidan  fanga  kiritilgan. 

Ularning  tajribalar  asosida  qilgan  xulosalariga  asosan  o‘simliklaming 

vegetatsiyadan  gullashga  o ‘tishida  hal  qiluvchi  omil  boMib  kun  va 

tunning nisbiy uzunligi xizmat qiladi.

Kunning  uzunligi  har  xil  o ‘simliklaming  gullashiga  turlicha  ta’sir 

ko‘rsatadi,  Bu jihatdan  o ‘simliklami  quyidagi  5  guruhga  boMib  qarash 

mumkin.

387


1.Кип  uzunligiga  befarq  o'simliklar.  Ularga  keng  arealda  tarqalgan 

ko‘pchilik o ‘simliklar va ayrim tropik o‘simliklar turlari kiradi.  Masalan, 



g ‘o ‘za,  no ‘xot va grechka o ‘simliklari.

2. Uzun  кип  о 'simliklari.  Ular  uzun  kunda  va  ayrim  vaqtlarda  to‘la 

yorug‘likda  ham 

gullashi 

mumkin. 


Ularga  mo‘tadil 

iqlim 


o ‘simliklari,  Masalan,  boshoqdoshlar,  karamguldoshlar oilalari  vakil lari 

va ukrop,  lavlagi kabi o‘simliklar hamda kleverning ayrim turlari  kiradi.



3.Qisqa  kun  о 'simliklari.  Bu  o ‘simliklar  uzoq  tunli  kunlarda 

gullaydilar.  Ular  ekvatordan  shimolroq  yoki  janubroqda  o ‘sadi.  Qisqa 

kun  ekinlariga  makkajo'xori,  sholi,  soya  va xrizantema  kabi 

0

‘simliklar 



misol  bo‘la oladi.

4.Uzun-qisqa  kunli  o'simliklar.  Ushbu  o ‘simliklaming  gullash 

davriga  o‘tishi  uchun  ular  avvalo  uzun  kunlarda,  so‘ngra  esa  qisqa 

kunlarda  o ‘sishi  zarur.  Shunday  o ‘simliklarga  Bryophyllum  srenatum, 

Sestrum nosturnum kiradi.

5.Qisqa-uzun  kunli  o'simliklar.  Bu 

0

‘simliklar  a w a l  qisqa  kunda 



so‘ngra uzun kunda o ‘ssalargina ulaming gullashi  ro‘y beradi.  Shunday 

o ‘simliklarga  o'rmalovchi  sebarga  va  qo'ng'iroqguldoshlaming  ayrim 

turlari  misol bo‘la oladi.

0 ‘simliklaming  kun  uzunligiga  sezgirligi  bitta  gen  tufayli,  masalan, 

mamont  navli  tamakida,  arabidopsisning  mutant  o ‘simligida  yoki  bir 

nechta  gen  tufayli  (sorgo,  jenshin)  boMishi  mumkin.  Ammo  gL'llashni 

indutsirlovshi  genlar  maxsus  genlar  emas.  Bu  genlar  pleyotrop  (ko‘p 

qirrali)  samaradorlikga  ega.  Masalan,  bug‘doydagi  gullashga  javobgar 

gen  uning  bo‘yiga  ham  ta’sir  qiladi.  N o‘xotdagi  shunday  genlar  esa 

bo‘g‘im 


oraliqlari 

uzunligiga, 

shonalashga 

va 


barglaming 

morfologiyasiga ta’sir qiladi.

Evokatsiya  bu  lotincha-«evocatio»  chaqirish  m a’nosini  anglatadi  va 

gullash  initsiatsiyasining  tugallovshi  fazasi  bo‘lib,  apeksda  gul  hosilasi 

vujudga  keladi.  Agar  biz  fotoperiodning  gullash  initsiatsiyasini  barg 

fazasi  deb  qarasak,  evokatsiya  uning  poya  bosqichidir.  Bunda  poya 

apikal  meristemasida  ketma-ket  eruvchan  qandlar  miqdori,  invertaza 

fermenti  faolligi,  mitoxondriyalar  soni,  nafas  olish  jadalligi  hamda 

nuklein  kislotalar  va  oqsillar  sintezi  kuchayib  oqsilning  miqdor  va  sifat 

o'zgarishlari  ro‘y  beradi.  Buning  natijasida  hujayralaming  mitotik 

faolligi oshadi  va gul hosilasining hosil boMishi  uchun sharoit yaratiladi.

Apikal  meristemaning  gul  hosil  qilishga  qatiy  o‘tishi  determinatsiya 

deyiladi. 

Bunday 


vaqtda 

apeksda 


gistologik 

va 


morfogenetik 

o‘zgarishlar kuchli  boshlanadi.



388

Binobarin  evokatsiya  o ‘z  ichiga  molekular  va  hujayra  ichki 

jarayonlarini olib floral morfogenez, ya’ni gul shakllanishi  uchun sharoit 

yaratib beradi.

Rossiyalik  olim  M.Shaylaxyan  1937-yilda  o ‘zining  o‘simliklar 

gormonal  rivojlanishi  nazariyasini  yaratdi.  Bu  nazariyaga  asosan 

o ‘simliklar uchun  qulay  fotoperiodda  uning  barglarida  florigen  gormoni 

hosil bo‘lib buning natijasida o‘simlikning gullashiga induksiya beriladi.

Floral  morfogenez.  Gullash  initsiatsiyasi  (induksiya va  evokatsiya) 

gulning 

rivojlanishi 

uchun 

sharoit 


yaratadi. 

Shakllangan 

gul 

kosachabarglar,  gultojibarglar,  androtsey  (changchilar)  va  ginetsey 



(mevabarglardan) 

iborat. 


Changchilar  mikrosporofillardan, 

meva 


barglari  esa megasporofillardan iboratdir.

Changchilar  changchi  ipidan  va  changdondan  iboratdir.  Changdon 

odatda ikki  qismdan  iborat va ulaming har bir yarmida ikkitadan uyacha 

yoki  chang  xaltachasi  boMib,  ular  mikrosporangiylarga  o ‘xshashdir. 

Changchi  tashqi  tomondan  epiderma  bilan  qoplangan.  Uning  ostida 

uchta  qavat  boMib,  ulaming  eng  keyingisi  tapetum  deyiladi.  Tapetumda 

ko‘p yadroli  hujayralar boMib, oziq to‘qimasi vazifasini  bajaradi.  Har bir 

uyacha  markazida  sporogenli  to‘qima  joylashgan  boMib,  uning 

hujayralarida mikrosporalar (changdonlari) hosil  boMadi.

Urug‘chi  3  qismdan,  ya’ni  tumshuqcha,  poyacha  va  tugunchadan 

iborat.  Tugunchada  meva  barglaridan  hosil  boMgan  bir yoki  bir  qancha 

urug‘  kurtaklar bor.  Meva barglarining ichkarisida urug‘  murtak mavjud. 

Urug*  murtak ichida esa sakkiz yadrolik murtak xaltasi joylashgan.

XIII.2. JINS DETERMINATSIYASI

Jins 

determinatsiyasi 



yoki 

jinsning 

aniqlanishi 

bu 


yopiq 

urugMilaming  ma’lum  bir jinsli  gul  va  gullar  hosil  qilishga  tayyorgarlik 

holatidir.

Jins  determinatsiyasi  genlar  faoliyati  va  tashqi  va  ichki  muhit 

faktorlariga  bogMiqdir.  Gullar  bir  jinsli  yoki  har  xil  jinsli  boMishi 

mumkin.  Har  xil  jinsli  gullar  bitta  o‘simlikning  o‘zida  (bir  uyli)  yoki 

har xil  o ‘simliklarda (ikki uyli)  shakllanishi mumkin.  Tabiatdagi  mavjud 

o ‘simliklarning  ko‘pchiligi  evolutsiya  mobaynida  bir  uyli  o‘simliklar 

boMib  shakllangandir.  Ikki  uyli  o‘simliklar  turlari  nisbatan  juda  kam 

boMib,  biz  ularga  ismaloq,  terak,  tol  kabilarni  misol  qilib  ko‘rsatishimiz 

mumkin.  Gullari  tuzilishini  hisobga  olmagan  holda,  morfologik 

ko‘rinishi 

jihatidan 

ikki 


uyli 

o ‘simliklar 

bir-biridan 

keskin


389

farqlanmasligi  mumkin.  Masalan,  maymunjon  o ‘simligining  ota-ona 

xillari  deyarli  farqlanmaydi.  Ammo,  kanop,  ismaloq  va  terak 

o ‘simliklarining ota-ona formalari bir-biridan kuchli farqlanadi.

Jins  determizmi  faqatgina  anatomik  tuzilishi  va  morfologik  belgilar 

bilangina  ajralib  qolmasdan,  balki  biokimyoviy  va  fiziologik  xossalari 

bilan  ham  farqlanadilar.  Masalan,  ismaloq  o ‘simligining  ona  xillari  ota 

o‘simliklarga  nisbatan  anchagina  baquw at  hamda  ko‘p  yashaydi. 

Shuningdek,  ona  o‘simliklar  har  xil  qismlarining  to‘qimalari  faol 

tiklanadi.

Ota  o ‘simliklar  hujayralarida  oksidlanish  jarayonlarining  jadalligi 

anchagina  yuqoridir.  0 ‘simliklarda  onalik  belgilarini  hosil  boMishiga 

qaratilgan 

o ‘zgarishlar 

feminizatsiya, 

otalik 

belgilari 



tomonga 

o‘zgarishlar maskulinizatsiya deyiladi.

Jinsning  fenotipik  aniqlanishi.  Har  xil  jinsli  gullarda  jinsning 

paydo  boMishi  va  ikki  uyli  o ‘simliklaming  paydo  boMishi  tashqi  muhit 

omillariga,  y a’ni  yorugMikning  spektral  tarkibiga,  yorugMik  kuchiga  va 

davriga,  haroratga,  mineral  oziqlanishga,  havoning  tarkibiga  va  boshqa 

hollarga  bogMiq.  Masalan,  qisqa  kunli  ekinlar  boMgan  makkajo‘xori, 

kanop  o ‘simliklarda  yorugMik  miqdorining  kamayishi  ko‘proq  onalik 

belgilarini  kuchaytiradi.  Running  uzun  boMishi  esa  maskulinizatsiyani 

kuchaytiradi.  Shuningdek,  qisqa  toMqinli  yorugMik  miqdori  bodring 

o ‘simligida feminizatsiyani chaqiradi.

Yuqori  namlik va nisbatan past harorat onalik gullari hosil  boMishiga 

olib kelsa,  haroratning yuqori boMishligi  otalik gullarining rivojlanishiga 

olib  keladi.  Shuningdek,  azotli  o ‘gMtlar  feminizatsiyani  yuzaga  keltirsa, 

kaliyli o‘gMtlar maskulinizatsiyaga sabab boMadi.

Jinsning  genetik  aniqlanishi.  Ikki  uyli  o ‘simliklardan  ismaloq  va 

kanopda  jinsiy  xromosomalar  XX  va  XY  topilgan.  Jinsga  xos  genlar 

faqatgina  jinsiy  xromosomalarda  emas,  balki  autosomalarda  ham 

joylashishi  mumkin.  Bunga  misol  tariqasida biz kenaf o ‘simligini  ko‘rib 

chiqamiz.  Kanop  o ‘simIigining  vegetativ  hujayralarida  18  dona 

autosoma  va  X  hamda  Y  xromosomalar  mavjud.  Demak,  undan  2  dona 

gameta hosil  boMib 9 X yoki  9 Y boMadi

Bundan  tashqari  kanop  o‘simligida  kuchsiz  feminizatsiyani  yuzaga 

chiqaruvchi  allel  genlar  Xm  ham  mavjud  boMib  va  uning  natijasida  Xm 

xromosomali  o ‘simliklarda  onalik  to‘pgullari  ham  jwsil  bo‘|ishi 

mumkin.  Ammo  ushbu  o‘simliklarning  o ‘zi  doimo  ham  ona  o ‘simlikga 

o ‘xshash  boMaveripaycJj.  Shuningdek,  XnlXm-xrpm osomaIar  onalik


Download 4.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling