B. S. Axrarov


Download 3.61 Mb.
bet107/141
Sana09.10.2023
Hajmi3.61 Mb.
#1695859
TuriУчебное пособие
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   141
Bog'liq
Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari. Axarov B.S

6.1-rasm. MS Excel 2010 foydalanuvchi interfeysi.

  1. O‘tkazish yo‘lakchalari (gorizontal va vertikal) ishchi kitobi tarkibini ko‘rish imkoniyatini yaratadi. Ushbu yo‘lakchalar- dagi yugurdak orqali oynada ishchi kitobi bo‘yicha harakatlanish mumkin.

  2. Ishchi varaqlar yorliqlari ishchi varaq nomlarini lo‘rsatib, ular orqali varaqlar ustida amallar bajarish mumkin. Odatda MS Excel ishga tushirilganida bo‘sh ischi kitobida ishchi varaqlar Лист 1, Лист 2 va Лист 3 nomlari bilan belgilanadi. Biroq foydalanuvchi o‘z xohishiga qarab, ulaming nomlarini o‘zgartirishi mumkin.

  3. Holat satri odatda ekranning quyi qismida joylashgan bo‘lib, oynadagi joriy holat parametrlarini tasvirlaydi.

  4. Masshtab yugurdagi - oynadagi ishchi kitob masshtabini boshqarish uchun ishlatiladi.

  5. Ishchi kitobini ko‘rish rejimlarini tez almashtirish tugmalari.

  6. Faol ishchi varaq uchun ajratilgan ish sohasi va undagi faol yacheyka. Faol yacheyka joriy vaqtda belgilanib, unga ma’lumot kiritish mumkin bo’lgan yacheykadir.

  1. Jadvalga ma’lumot kiritish

Ishchi kitobi yacheykasiga turli axborotlami kiritish mumkin. Kiritish har doim faol yacheykada amalga oshiriladi. Kiritilayotgan ma’lumot formulalar satrida va yacheykaning o‘zida tasvirlanadi.
Ma’lumotlami kiritish ulaming turlariga qarab turlicha amalga oshirilishi mumkin. MS Excel da yacheyka ichiga ma’lumotlaming quyidagi turlaridan biri kiritilishi mumkin:

Matn. MS Excel uchun matn ixtiyoriy raqamlar, harflar va tinish belgilaridan iborat satrdir. Matn kiritishda so‘zlardagi bo‘g‘in ko'chirish uchun belgisini ishlatish tavsiya etilmaydi.
Agar yacheykaga kiritilgan matn ustun kengligidan oshib ketsa, matn o‘ng tomondagi qo‘shni yacheykalar, agar bo‘sh bo‘lsa, ularda mos matn qismi tasvirlanadi. Agar o‘ng tomondagi qo‘shni yacheykalarda ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, matn o‘z yacheykasidagi qismi ko‘rinib, qolgan qismi ko'rinmaydi. Biroq matn formulalar satrida to‘liq tasvirlanadi.
J Odatda yacheyka ichidagi barcha ma’lumotlar bitta satr sifa- tida qabul qilinadi. Agar yacheyka ichida yangi satr kiritish kerak bo‘lsa, u holda ko‘rsatkichni yacheyka ichidagi yangi satr pozitsi- yasiga keltirib. Alt + Enter klavishalarini birgalikda bosish kerak.
J Matn ko‘rinishida boshqa turdagi ma’lumot kiritish uchun kiritishni tuyuq (‘) belgisidan boshlash kerak. Ushbu belgi faqat for­mulalar satrida ko‘rinadi, biroq chop etilayotganda chiqarilmaydi.
J MS Excel ixtiyoriy ma’lumotni matnli turdagi ma’lumot deb qabul qilishi uchun yacheykaga matn formatini o‘matish kerak. Buning uchun yacheyka(lar) belgilanib, menyuning Главная bandidagi Число panelkida joylashgan Числовой формат ro‘yxa- tidan Текстовый rejimi tanlanadi).
J MS Excel avtomatik tarzda matnni yacheykaning chap chegarasi bo’yicha tekislaydi.

Download 3.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling