B. S. Axrarov


Sonlar. MS Excel kiritilayotgan qiymatlarni son deb qabul qilishi uchun qiymatlar tarkibida quyidagi belgilar qatnashishi zarur: 0123456789 + -()/$%Ee


Download 3.61 Mb.
bet108/141
Sana09.10.2023
Hajmi3.61 Mb.
#1695859
TuriУчебное пособие
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   141
Bog'liq
Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari. Axarov B.S

Sonlar. MS Excel kiritilayotgan qiymatlarni son deb qabul qilishi uchun qiymatlar tarkibida quyidagi belgilar qatnashishi zarur: 0123456789 + -()/$%Ee
Yacheyka ichiga kiritilayotgan sonlar o‘zgarmas sifatida qabul qilinadi. Son oldidagi plyus ishorasi (+) inobatga olinmaydi.
Sonni yacheykaga dastlabki kiritishda (ustun kengligini o‘zgartirmasdan avval) sonning dastlabki 11 xonasi tasvirlanadi. Biroq keyingi xonalar uchun ustun kengligi avtomatik tarzda o‘zgarib boradi. Katta sonlar kiritilganida ular eksponensial formatda tasvirlanadi, masalan, l,llE+5.
Ustun kengligi kamaytirilsa, agar son yacheyka ichiga sig‘masa, son o‘miga yacheykada # belgisi tasvirlanadi. Biroq ushbu son to‘liq ravishda formulalar satrida tasvirlanadi. Shuningdek ko‘rsatkich yacheyka ustiga keltirlganida ham son yordarn ma’lumoti ko‘rinishida tasvirlanadi.
Katta sonlami kiritish va ulami qulay ko‘rish uchun son triadalarga ajratilgan holda tasvirlanishi uchun ular o‘rtasiga bo'shliq klavishasini bosib kiritish mumkin. Masalan, 6899786925 sonini 6 899 786 925 kabi kiritish mumkin. Formulalar satrida ushbu son bo‘shliq belgilarisiz tasvirlanadi. Boshlang‘ich razryadlar triadani tashkil qilmasalar ham, keyingi triadalar albatta to‘liq kiritilishlari shart. Aks holda ular son deb qabul qilinmaydi.
Yacheykaga kiritish mumkin bo'lgan eng katta son 9,99999999999999 x IO307 ga teng. Son aniqligi - 15 xona (ahamiyatga ega bo‘lgan raqamlar). 15-xonadan so‘nggi xonalar nolga almashtiriladi.
MS Excel sonlami avtomatik tarzda yacheykaning o‘ng chegarasi bo'yicha tekislaydi.
Pul birligidagi axborot. Pul birligidagi axborot sifatida MS Excel pul birligidagi sonni qabul qiladi. Pul birligi belgisi operatsion tizimda o‘matilgan regional parametrlarga bog‘liq.
Sana, Microsoft Excel dasturida 1900-yil 1-yanvardan boshlangan sana qabul qilinadi. Undan avvalgi sana matn kabi qabul qilinadi. Eng katta sana qiymati - 9999 yilning 31 dekabridir.
Ixtiyoriy sanani quyidagi tartibda kiritiladi: kun, oy, yil. Bunda barcha qiymatlar son ko‘rinishida kiritiladi. Ajratuvchi belgi sifatida nuqta (.), defis (-) yoki kasr chizig‘i (/) ishlatatish munikin. Sana ma’lumoti oxirida nuqta qo‘yilmaydi.
S Agar kiritilayotgan sana 1930-yil 1-yanvaridan 2029-yil 31- dekabrigacha oralig‘ida bo‘lsa, yilning oxirgi ikki xonasini kiritish kifoya. Masalan, 1935-yilning 28-iyun kunini kiritish uchun yacheykaga 28/06/35 qiymatini kiritish yetarli.
J Joriy o‘n yil sanalari uchun yil qiymatini oxirgi raqami bilan kiritish kifoya. Masalan, 2004-yilning 28-iyun kuni uchun yacheykaga 28/06/4 ma’lumoti kiritilishi yetarli.
J Joriy yil sanasini kiritishda esa yil raqamlarinini umuman kiritmasa ham bo‘ladi. Masalan 2013-yli 28-iyun kuni uchun yacheykaga 28/06 ma’lumotini kiritish yetarli.
J Yacheyka ichiga joriy sanani kiritish uchun Ctrl + ; klavishalari birgalikda bosiladi.

Download 3.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling