Число bandi. Ushbu band orqali sonning formati o‘rnatiladi. Числовые форматы ro‘yxatida sonning kerakli ko‘rinishidagi formatini tanlash mumkin. Masalan, joriy yacheyka uchun Числовые форматы ro‘yxatidan sana ma’lumotini tasvirlash formati tanlansa, Тип ro‘yxatida sana aynan qanday ko‘rinishda tasvirlanishini belgilash mumkin (6.4-rasm). Shunga o‘xshash yacheykaga kiritiladigan ixtiyoriy qiymati uchun mos format o‘matilishi mumkin.
6.4-rasm. Sana ko’rinishi formatini tanlash.
Pul formatlarining turli belgilari Excel standart formatlari ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, foydalanuvchi kerakli pul birligi belgisini tanlab, joriy etishi mumkin (6.5-rasm).
6.5-rasm. Pul birligi formatlari.
Выравнивание (tekisiash) bandi. Ushbu bandning bosh- qarish elementlari yacheykalar ichidagi matnni yoki ma’lumotlami joylashish holatini (tekislashni) boshqarish imkonini yaratadi (6.6- rasm).
6.6-rasm. Выравнивание bandi.
Выравнивание bandi faollashtirilganida oynadagi Выравнивание bo‘limida yacheykadagi ma’lumotni gorizontal va vertikal joylashish hamda tekisiash boshqariladi. По горизонтали pastlab chiquvchi ro‘yxatdan quyida keltirilgan qiymatlardan birini tanlash mum kin.
По левому краю - yacheyka ma’lumoti chap chegara bo‘yicha tekislanadi.
По правому краю - yacheyka ma’lumoti o‘ng chegara bo‘yicha tekislanadi.
По центру - yacheyka ma’lumoti yacheyka markazi bo‘yicha tekislanadi.
По значению - Excel dasturining o‘zi ma’lumotni yacheykaga qiymat turi boyicha joylashtirib tekislaydi.
С заполнением - ekranda yacheyka ichidagi matnning faqat yacheykaning gorizontal oMchaniga sig‘gan qismigina tasvirlanib, qolgan qismi yashiriladi (6.7-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |