6.7-rasm. To'ldirish bilan tekislash.
По ширине - ushbu rejim tanlanganida MS Excel dasturi yacheyka kengligi boyicha ma’lumotlarni joylashtiradi. Bunda agar ma’lumot belgilari ycheyka chegarasiga kelsa, ma’lumot keyingi satrga ko'chiriladi va tasvirlanadi. Agar ma’lumot bir necha so‘zdan iborat bo‘Isa, yacheyka ichida chegaradan so‘ng so‘z bo‘yicha ko‘chirilib keyingi satrda joylashtiriladi. Agar so‘z belgilari ko‘p bo‘Isa, belgilar bo‘yicha keyingi satrga ko‘chirib o‘tkazadi.
По центру выделения - agar ma’lumot kiritilayotgan yacheyka belgilangan bo'lsa, u markaz bo‘yicha tekislanadi. Agar ma’lumot kiritilayotgan yacheykadan tashqari boshqa yacheyka yoki diapazon ham belgilangan bo‘lsa, yozuv belgilangan soha markazi bo‘yicha tekislanadi.
Отображение boTimining bayroqchali maydonlari yacheyka ichidagi ma’lumotni tasvirlashning qo‘shimcha parametrlarini boshqarish imkonini beradi.
Переносить по словам - yacheyka ichidagi ma’lumot uning kengligiga sig‘masa, ushbu maydonga bayroqcha o‘matiladi. Bunda matn yacheyka ichida bir necha satrga ko‘chirilgan holda tasvirlanadi (6.8-rasm).
Автоподбор ширины (yacheka kengligini avtomatik tanlash) - ushbu bayroqcha yacheyka gorizontal kengligini o'zgar- tirish imkoni bo‘lmasa, yacheyka ichiga kiritilayotgan ma’lumot sig‘masa o‘matiladi. Bunda shrift o‘lchami ham avtomatik tarzda o‘zgaradi.
Объединение ячеек - ushbu maydonga bayroqcha o‘rna- tilsa, belgilangan yacheyka ichidagi ma’lumot uning kengligiga sig'magan holda qo‘shni yacheykalr birlashtiriladi va bitta yacheyka maqomini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |