Вставка диаграмм oynasida ishchi varaq berilganlaridan foydalanib, qadamma-qadam diagrammani avtomatik tarzda hosil qilinadi. Diagrammalami joriy ishchi varaqda yoki joriy ishchi kitobning yangi varag‘iga joylashtirish mumkin. Diagrammalami yaratishda ishlatiladigan ma’Iumotlar satr va ustunlarda joylashgan bo'lishi kerak. Bundan tashqari ma'lumotlami yonma-yon bo‘lma- gan yacheykalar diapazonini belgilash uchun «Ctrl» klavishini bosib turgan holda belgilanadi.
Diagramma yaratish uchun:
Diagramma uchun ma’Iumotlar diapazonini belgilang.
Menyuning Вставка bandida Диаграммы tugmasini bosib, ochilgan ro‘yxatdan diagramma turiga mos ko‘rinishni tanlang (6.22-rasm).
6.22-rasm. Yaratiladigan diagramma turi va ko‘rinishini tanlash.
3. Varaqda tanlangan ko‘rinishdagi diagramma yaratiladi (6.23-rasm).
6.23-rasm. Yaratilgan diagramma.
Agar Диаграммы guruhida mos keladigan diagramma turi va ko‘rinishi tasvirlanmasa, Диаграммы guruhining tugmasini bosib, Вставка диаграммы oynasida diagramma turini tanlang (6.24- rasm).
6.24-rasm. Yaratiladigan diagramma turi va ko‘rinishini tanlash.
Standart turdagi diagramma yaratish uchun varaqning fragmentini belgilab, Fll klavishasini bosish kifoya.
Diagrammani o‘chirish uchun uni belgilab, Delete klavishasi bosiladi.
Diagramma turini o‘zgartirish. Diagramma yaratilgach, uning turini va ko‘rinishini o‘zgartirish mumkin.
Menyuning Работа с диаграммами/Конструктор bandi Тип panelidagi Изменить тип диаграммы tugmasini bosing.
Ochilgan Изменение типа диаграммы muloqot oynasida kerakli diagramma turi va ko‘rinishini tanlang (6.25-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |