B. S. Axrarov


Пуск menyusini klaviaturadagi Яг? klavisha orqali ham ochish mumkin. Компьютер -


Download 3.61 Mb.
bet52/141
Sana09.10.2023
Hajmi3.61 Mb.
#1695859
TuriУчебное пособие
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   141
Bog'liq
Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari. Axarov B.S

Пуск menyusini klaviaturadagi Яг? klavisha orqali ham ochish mumkin.
Компьютер - iyerarxik (daraxtsimon) fayl tizimining o‘zagi, tizimli papka. Ish stolida doim tasvirlanishi kerak.
'J
Корзина - tizim bilan ishlash jarayonida
o'chirilgan fayl va papkalarni vaqtincha saqlovchi tizimli papka. Korzinadagi fayl va papkalarni yana joyiga tikiash mumkin. Agar fayl va papkalar korzinadan ham o‘chirilib yuborilsa, ular tizimdan to‘liq o‘chiriladi.
Yorliq - qandaydir obyektga havola bo‘lib, ushbu obyektning ikkilamchi tasviri hisoblanadi. Yorliqda obyektning joylashgan o‘mi (yo'li) ko‘rsatiladi. Windows muhitida ko‘plab ishlatiladigan muhim obyektlardan biri yorliqdir. Yorliq ekranda chap quyi qismida qora rangli strelka belgisi orqali tasvirlanadi.


4.4-rasm. Yorliq ko‘rinishi.
Yorliq hujjat, dastur yoki ilovalami tez ishga tushirish uchun ishlatiladi. Odatda obyekt va uning yorlig‘i turli joyda saqlanadi. Yorliq sig‘imi 1 Kbayt bo'lgan maxsus faylda saqlanadi. Uni osonlik bilan yaratish va o‘chirish mumkin. Biroq yorliq bilan bog'langan obyekt o'chirilgan bo'lsa, undan foydalanishda xatolik yuzaga keladi. Yorliq ustida faylga o‘xshash turli amallami bajarish mumkin. Yorliqning xususiyatini ko‘rsatuvchi oynada ushbu yorliq qaysi obyekt bilan bog‘langanligini ko‘rish mumkin.
Gadjet - ish stoliga joylashtiriladigan, foydalanuvchiga qo'shimcha imkoniyatlar yaratuvchi kichik dasturdir. Windows XP operatsion tizimidan farqli ravishda Windows 7 operatsion tizimida “gadjet” tushunchasi ishlatiladi. Gadjetlar foydalanuvchi ixtiyoriga qarab ish stoliga o‘matilishi yoki unda boMmasligi ham mumkin.
Kontekstli menyu - obyekt bilan bog‘liq bo'lgan menyu. Kontekstli menyu belgilangan obyekt ustida sichqoncha o‘ng klavishasi bosilganida ochiladi. Kontekstli menyu asosida obyekt xususiyatlarini ko‘rish mumkin (va ulami o‘zgartirish ham mum- kin). Shuningdek, obyekt ustida kontekstli menyu ro‘yxatida ko‘rsatilgan buyruq va amallami bajarish mumkin. Kontekstnoye menyu obyekt Selgilangach, sichqoncha о‘ng tugmasi bosilib yoki klaviaturada SHIFT va F10 klavishalarini birgalikda yoki KONTEKST maxsus kalavishasi bosilib ochiladi.
Oyna — monitor ekranidagi to‘g‘ri to‘rtburchakli ramka ichi- ga joylashgan soha bo‘lib, unda ilova, hujjat, ma’lumotlar tasvir- lanadi. Oyna faol (joriy) oyna deyiladi, agar u bilan foydalanuvchi joriy vaqtda ishlayotgan bo‘lsa.
Windows tizimi bilan ishlashda oynalami o‘zlarida tasvirla- nayotgan ma’lumotlardan kelib chiqqan ho Ida mos ravishda bir necha turga ajratish mumkin. Ulaming tarkibi ishlab chiqilgan standartlar asosida shakllanadi. Bunday oynalar papkalar oynasi, muloqot oynasi, hujjat oynasi va ilova oynasi turlariga ajraladi. Yordam ma’lumotlari berish oynasi ham muloqot oynasining ko'rinishiga o‘xshash bo‘lib, unda bir bo‘limdan ikkinchi bir bo‘limga tez o‘tish uchun gipermurojaatlardan foydalaniladi.

Download 3.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling